Xuvillaydi xonadonim,
Fayzsizdir ötar onlarim,
Cheksiz ohu nolalarim,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Alloh sizni qilsin raxmat,
Makoningiz bölsin jannat,
Unutmas sizni farzandingiz,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Yashardingiz ziyo bölib,
Oilaga fido bölib, Qoldik sizdan judo bölib,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Dardingizni topolmadim,
Holiz qanday sörolmadim,
Qol dedingiz qololmadim, Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Turar edim, ötdek yonib,
Boqar edim, mehrim qonib,
Endi yig'lay yonib-yonib,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Aytardingiz xandon böl deb,
O'z uyingda omon böl deb
Oilangga darmon böl deb,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Sözlaringiz qulog'imda,
Hidlaringiz dimog'imda,
O'lmagansiz hayolimda,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Nur yog'ardi yuzingizdan,
Bol tomardi sözingizdan,
Gul unardi izingizdan,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Dardimni siz bilardingiz,
Holimni köp sörardingiz,
Yupatardingiz, kuldirardingiz,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Quyoshdek nur sochardingiz,
Nasihatlar qilardingiz,
Könglimdagin bilardingiz,
Endi Sizni qaydan topay, dadajon?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3