Ko'kda qora bulutdan qorlar yog'sada Bu dunyo mushtdayin kaftga sig'sada. Garchi meni birov sevib qolsada Sizdan boshqasini sevgim kelmaydi. Yerda yotgan xazondan novda ulg'aysa Baxorda daraxtlar bargi sarg'aysa Kimlardir umrimni uzoq qilolsa Shunda ham birovni sevgim kelmaydi Qiyomat bo'lsayu o'lik tirilsa Oltindan hashamatli qasr qurilsa Quyosh ham to'satdan oyga urilsa Sizdan o'zgasini sevgim kelmaydi Chimildiq ichida o'zga yor tursa Go'zal nigoh ila menga termulsa Sevganim yuzini o'zgaga bursa Shunda ham o'zgani sevgim kelmaydi¤
Bog' ichida mayus jim, 6tirardim bir 6zim. Sevgilisin yetaklab, 6tib ketdi sevgilim. Lekin rawkim kelmadi, Ammo yig'loqda qoldim. Ikkisiga baxt tilab, Ortidan qarab qoldim.