Kechagi kun unutildi... Bugunimda hech kim yo'q, xotiralardan shunchalik charchaganmidim?! Bugun ham ertaga o'tmishga aylanadi, uni unutishni esa xohlamasdim. O'tmishsiz yashash juda qiyin ekan...
Yig'layapsan közlaringda yosh,
Sen ham mendek og'rinibsan-da!
Sotqin közing qilib qöydi fosh,
Va nihoyat sog'inibsan-da...
Sog'inchlarim yurak tilar deb,
Aytmagandim,seni kular deb.
Ishonardim shu kun kelar deb,
Va nihoyat sog'inibsan-da...
Sog'inmayman degan eding yor,
Shu sözing-la berganding ozor.
Mana bugun ishqimda bedor,
Va nihoyat sog'inibsan-da...
Bugun diydor bizlardan yiroq,
Öz xukmini ötkazar firoq.
Jiringlaydi tinmay qöng'iroq,
Va nihoyat sog'inibsan-da!
§ N §