Meni kutgin ey qadrdonim, Senga hali ko'p gap aytaman. Singani yo'q butun qanotim, Men tirikman hali qaytaman. Bir kun yig'lab bir kun yupanib, Yuribman o'zga yurt nonini tatib. Bir kun isib, bir kun sovuqdan qotib, Yashayabman, bir kun qaytaman. Xumor qilar do'stlar diydori, Eshtiladi onamning zori. Dilimni qiynar bularning bari, Sog'inch ezar qachon qaytaman!? Ko'kragimda qonli alam, Sher yozaman ko'zimda nam. Tugamoqda butkul bardoshlar, Ey Olloxim qachon qaytaman!? Yashayabman qiynalib unutilganday, Kimlardir uchun men xuddi o'lganday. Lekin bir kun o'z so'zim aytaman, O'lgani ketmadim hali qaytaman!!!
Kimga yoqar Qur'on ovozi Yana kimga shaytonni sozi Kimlar Alloh uchun yig'lasa Kim banda deb o'lmoqqa rozi. Kim kimnidir ko'nglini olgan Yana kimdir kimdan norozi Qiyomatda bilib olurmiz Alloh o'zi bo'lganda qozi. Keling do'stlar mo'min bo'laylik, Savobimiz bossin tarozi O'sha Kunda o'ngdan berilsin Har bandaning amal qog'ozi..