Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy "Qur'on" nozil bo'lgan oy ekan,
Ro'za tutgan zot iymonga boy ekan,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro'za bizga yordam qo'lin uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig'lab uni kuzatmish,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin,
Arazlashgan bir-birini kechirsin,
Olloh olov kamzullarni yechirsin,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo'lsang uyda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul- qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon
Duzax azoblariga chidayolmay darvozadan jannat tomonga qaragan 5 Ming sumlik pul ne koz bilan kursinki ,200 sumlik,100 sumlik mayda pullar jannatda yurishardi,5000 sumlikni jahli chiqib shunday dedi;Meni odamlar sevardilar.Tuylarida tuyona.Ishlari yurishishi uchun pora sifatida ishlatishardi.Bazi odamlar meni avaylab sandiqlarida saqlardilar.Oqibat duzaxdaman.xech kim nazariga ilmagan mayda pullar jannatda yursaya;Shunda usha eski 100 sumlik mayda pul javob beribdi.sen umringda masjidga borganmisan? Albatta yuq. Yoki yetim esir beva bechoralarga sadaqa bulganmiding???