Oqar daryoga ham kimdur band bergan
Hayot kimga asal kimga qand bergan
Sarkash deb ey do'stim koyima meni
G'anim senga emas menga pand bergan
Tinglang bu abadiy sado bo'ladi
Gadoning dushmani gado bo'ladi
Ikki bir birin tugatguncha to
O'rtada bu dunyo ado bo'ladi
G'iybatchining mish mishidan ranjimang aslo
Nima bo'lsa asli naslida bo'lgan
Onasin qornidan o'zi ham hatto
Turli mish mish bilan dunyoga kelgan
Deydilar it hurar o'tadi karvon
Ranju malomatda yonmasin joning
Lekin alam qilar ekan bir umr giryon
Itlar orasidan o'tsa karvoning
Eshitib qoldim kimdir o'lganligim aytib shod yurganmish
Men o'lgan so'ng go'yo unga shuhrat kelarmish
Ey o'g'lon avvalo otingni chu de
Ajal senu meni tanla
Ko'zdan yiroq tushsa qosh ham yig'larkan
Dunyoda keksa ham yosh ham yig'larkan
Kimsasiz soxilda ko'rdim bir oqshom
Yolg'iz boshim deya tosh ham yig'larkan
Har kim hayotning naqshi bo'lmagay
Agar fel yomondir yaxshi bo'lmagay
Sayragan har qarg'a xandali bo'lmas
Hangragan har eshshak baxshi bo'lmagay
Bozor to'ndan kirib yaktakdan chiqar
Har xil so'z sog' bilan tentakdan chiqar
Ko'ngilda pul nima qiladi nodon
Pul ko'ngildan emas cho'ntakdan chiqar
Hammasi bu ko'hna olamga bog'liq
Bolang senga senchi bolangga bog'liq
Xudodan ne kutsang neki so'rasang
Kechalari qilgan nolangga bog'liq
Dardimni hech kimdan ko'chirganim yo'q
Ko'rganimdan ko'ra ko'rmaganim ko'p
Ey do'st ey do'st ancha yo'lni yurib qo'ydik biz
Yaxshiyu yomonni ko'rib qo'ydik biz
Kelib bu dunyoda ne qilding desa
Odamg'a odamlik qilib qo'ydik biz
Halolu poklikdan yiroqlab ba'zan
His va extirosga to'lib yotdik biz
Tumanlar ichida tentirab oxir
Iymon eshigini kelib ochdik biz
Kimdir jonimizga chang solmoq bo'ldi
Tavakkal Alloh deb turib qo'ydik biz
Yaxshilik yig'lab so'ng kulganin ko'rdik
Yomonlik javobin olganin ko'rdik
Sotqinning sharmusor bo'lganin ko'rib qo'ydik biz
Haqning haqligini bilib qo'ydik biz
Ey do'st bu dunyoning poyoni yo'qdir
Kim shoxu kim gado kim och kim to'qdur
Bunda kelganning ketgisi yo'qdur
Ajib bir dunyoga kelib qo'ydik biz
Hotami toylarni Alloh ham sevar
Mard