Bitta biroq tuganmas firoqDillarimiz yaqinu lekinMasofalar yiroqdan yiroq...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 21
Charxning giryon palaklarida Aylanamiz devonalarday Ishqdan mastmiz mastonalarday Lek hayotda begonalarday
Xayollarda birgamiz abad Hech kim yo'qday bizlardan bo'lak Bizlarga yov shum qora qismat Afsonaday baxt degan tilak
Qancha kezdik sarson sargardon Sen yonda men esa bu yon Ming asrlar yashadik birga Bizga tordek endi keng osmon
Osmonlarga to'ldi faryodim Tinglaguvchi biror kimsa yo'q Seni ta'rif etmoqqa gulim Menda loqal bitta misra yo'q
Baxt deb chiqqan yo'llarimizga Ohularning ko'zlari toldi Ishqimizdan ertak ellarga Yorqin Nurning so'zlari qoldi.