Yaxshiyu yomonni ko'rib qo'ydik biz
Kelib bu dunyoda ne qilding desa
Odamg'a odamlik qilib qo'ydik biz
Halolu poklikdan yiroqlab ba'zan
His va extirosga to'lib yotdik biz
Tumanlar ichida tentirab oxir
Iymon eshigini kelib ochdik biz
Kimdir jonimizga chang solmoq bo'ldi
Tavakkal Alloh deb turib qo'ydik biz
Yaxshilik yig'lab so'ng kulganin ko'rdik
Yomonlik javobin olganin ko'rdik
Sotqinning sharmusor bo'lganin ko'rib qo'ydik biz
Haqning haqligini bilib qo'ydik biz
Ey do'st bu dunyoning poyoni yo'qdir
Kim shoxu kim gado kim och kim to'qdur
Bunda kelganning ketgisi yo'qdur
Ajib bir dunyoga kelib qo'ydik biz
Hotami toylarni Alloh ham sevar
Mardlik ham nomardlik yonma yon yurar
G'irrom ham g'liblik davosin qilar
Bunga istehzoli kulib qo'ydik biz
Olamni yaratgan qodiriy qudrat
Kimga qilich bermish kimlarga hikmat
Niyyat shu tirikmiz baxoli qudrat
Yaratganga qullik qilmoq bo'ldik biz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 13