Oramizda onasi yo`q inson qancha,
Hayotining ma’nosi yo`q inson qancha.
Davlatimsiz hatto xasta holingizcha,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona.
Istasangiz, qo`lingizga tayoq bo`lay,
Oyog`ingiz o`rniga men oyoq bo`lay.
Yo`lingizni yoritguvchi chiroq bo`lay,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona.
Duo qiling, duoyingiz kerak menga,
Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga.
Achinmaydi o`zingizdan bo`lak menga,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona.
Siz tufayli birovdan kam bo`lmay o`sdim,
Shu yoshgacha zarra alam ko`rmay o`sdim.
Bu dunyoda bittagina sodiq do`stim,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona.
Duo qiling, duoyingiz zarur menga,
Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga.
Achinmayd