Dardu xasrat yer ekan ko'ngil to'rini.
Ko'z yoshing yuvmaydi zamin cho'lini.
Ba'zan murda ham topaolmay qolar ekan go'rini.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
So'zing ham o'tmay qolar ekan goh.
Qochishadi oshna og'ayni seni ko'rgan chog'.
Qani ishongan bog' ,suyangan tog'.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Tashvishlar o'raydi to'rt tomoningdan.
Tish chiqaveradi yegan noningdan.
O'zingnikilar ham ba'zan o'tkazib yuboradi joningdan.
Yo'qchilik yiqitar yigit zorini.
Omad yo'q atalaga ham o'tmaydi tishing.
Yo'qlab kelmas ekan bir yaqin kishing.
Nomardu paskashlarga tushadi ishing.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Xudo o'zi bilar kim qachon ketar.
Bir kam bu dunyo ko'ngling xun e