Ko'z yoshing yuvmaydi zamin cho'lini.
Ba'zan murda ham topaolmay qolar ekan go'rini.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
So'zing ham o'tmay qolar ekan goh.
Qochishadi oshna og'ayni seni ko'rgan chog'.
Qani ishongan bog' ,suyangan tog'.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Tashvishlar o'raydi to'rt tomoningdan.
Tish chiqaveradi yegan noningdan.
O'zingnikilar ham ba'zan o'tkazib yuboradi joningdan.
Yo'qchilik yiqitar yigit zorini.
Omad yo'q atalaga ham o'tmaydi tishing.
Yo'qlab kelmas ekan bir yaqin kishing.
Nomardu paskashlarga tushadi ishing.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Xudo o'zi bilar kim qachon ketar.
Bir kam bu dunyo ko'ngling xun etar.
Xusningdan ayirar kuning tun etar.
Yo'chilik yiqitar yigit zo'rini.
Orzu bog'ing darddan beradi hosil.
O'ylayverib oxiri o'zing ham bo'lasanku sil.
Osilsang ham sal pasroq dorga osil.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Yigit yiqilsa nopok xotin to'ra.
Ko'rmaganni ko'rgani qurip ketsin jo'ra.
So'rasang ham bandadan emas Xudodan so'ra.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Manman degan yigitlar sinadi hayot zo'rida.
Singanga kim ham joy beradi davra to'ridan.
Kim bo'shatip beradi issiq o'rnini.
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Yiqilganlar oyoqqa turib ketsin.
Xudo hammani omadini bersin.
Omon bo'linglar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 17