Ota bilan o‘g‘il tog‘da kezib yurishardi. Birdan o‘g‘li qoqilib tushdi va joni og‘rib, baqirib yubordi. Uzoqdagi cho‘qqidan u chekkan “oh: aks-sadosi keldi. Bola bu sadoni eshitib, hayron qoldi va: “Sen kimsan?” deb baqirdi. Yana: “Sen kimsan?” deb aks-sado keldi. Bola g‘azab bilan: “Sen qo‘rqoqsan!” deb baqirdi. Tog‘dan ham: “Sen qo‘rqoqsan!” degan javob keldi.
Bola otasiga qarab:
— Dada, nima bo‘lyapti? — deb so‘radi.
— O‘g‘lim, buni bilib ol, — dediyu otasi toqqa qarab: “Senga hayronman!” deb baqirdi. Tog‘dan javob keldi: “Senga hayronman!” Otasi endi: “Sen muhtashamsan!” deb baqirdi. Javob keldi: “Sen muhtashamsan!” Bola hayron qoldi, ammo hali ham nimalar bo‘layotganini fahmlay
Bitta daraxt ag'darilib ketsa uning gumburlaganini hamma eshitadi,aksinchabutun o'rmon o'sib-ulg'aysa uning biron shovqini eshitilmaydi. Odamlar ham sening o'sib kamolga yetishingga e'tibor bermay,balki xato qilib qulashingga e'tibor qaratishadi.
Henrix Hayne deydi:
— Onam bolaligimda she’rlar o‘qib berardi, men shoir bo‘ldim. Amakivachcham Sulaymonning onasi faqat qaroqchilar haqida kitoblar o‘qib berardi, u bankir bo‘ldi.
Ingliz qiroli Genrix VIII fransuz shahzodasi Fransisga elchi orqali noxushroq bir xabarni yubormoqchi bo‘ladi. Shahzodaning qahri qattiqligini yaxshi bilgani uchun elchi bunday sovuq xabarni yetkazishga rag‘bat bildirmabdi.
– Siz qo‘rqmang, – debdi qirol. – Agar fransuz qiroli mabodo kallangizni olguday bo‘lsa, men Angliyadagi hamma frantsuz elchilarining kallasini olaman.
– Bu chindan ham shohona himmat, – debdi elchi, – lekin u kallalarning birontasi mening yelkamga to‘g‘ri kelarmikan?
* * *