Duo qilding garchi diling o‘yib ketsam.
Zor yig‘lading men dunyodan to‘yib ketsam.
Yolg‘izginam,munisginam Onajonim.
Qachon qaytsam eshik ochib kutganimsan.
Mexring kabi qaynoq taom tutganimsan.
Saksondaxam bolam deb g‘am yutganimsan.
Tanxoginam,mexribonim Onajonim.
Men turganda dunyolarni ko‘rmaysana.
Mingni berib hatto birni so‘rmaysana.
Sen bittasan sendek do‘stim bormi yana?
Bittaginam,mushfiqqinam,Onajonim.
Oq sutingni dunyo haqqi qanday to‘lay?
Poyingga yer qo‘llaringga xassang bo‘lay.
Ex men so‘qir,nobop farzand bo‘lmay o‘lay.
Topilmasim,sotilmasim,Onajonim.
Yomonmanu,yaxshim deysan,bolangmanda
Alloh bergan ham shodlik,ham nolangmanda.
Beminnatim,ko‘p ximmatim,Onajonim. Onajonim aytsam senga dardlarim ko‘p.
Bitilganu,bitilmagan baytlarim ko‘p.
Shuncha oldim endi qaytib berarim ko‘p.
Mexridaryom,kamtarginam, Onajonim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев