Haqiqat oldida egilganda bosh. Tobutda yotardi, go'zal qora qosh. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Yotardi u jim, ko'zlari ochiq. Yotardi jilmayib, kulgular sochib. Ko'zimdan yosh oqardi, tinmayin achchiq. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. U kirmagan edi 20 ga ham. Endi qo'ygan edi, hayotga qadam. Karaxt b.b qolar eshitgan odam. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Ona voh dod deydi, hushin yo'qotib. Ota ne qilishin bilmaydi, qotib. Bola vidolashar, indamay yotib. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Seplar yig'gan edi, orzular qilib. Bezatib ham qo'ydik, liboslar ila. Onasi yig'laydi, bag'rini tilib. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Taqdirmi, yo qarang, yosh ketdi essiz. Mevasi qolmadi, o'tdiku izsiz. Oq libos kiyvolib yotardi, hushsiz. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Mana so'ngi uyga kuzatdik, go'zal. So'ngi bor qo'limiz uzatdik, go'zal. Bu dunyodan ko'ra, u dunyo afzal. Yor-yor tugab qoldi, mozorigacha
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев