Darvozamning qulfi bo‘lding,qo‘yib ketsam
Duo qilding garchi diling o‘yib ketsam.
Zor yig‘lading men dunyodan to‘yib ketsam.
Yolg‘izginam,munisginam Onajonim.
Qachon qaytsam eshik ochib kutganimsan.
Mexring kabi qaynoq taom tutganimsan.
Saksondaxam bolam deb g‘am yutganimsan.
Tanxoginam,mexribonim Onajonim.
Men turganda dunyolarni ko‘rmaysana.
Mingni berib hatto birni so‘rmaysana.
Sen bittasan sendek do‘stim bormi yana?
Bittaginam,mushfiqqinam,Onajonim.
Oq sutingni dunyo haqqi qanday to‘lay?
Poyingga yer qo‘llaringga xassang bo‘lay.
Ex men so‘qir,nobop farzand bo‘lmay o‘lay.
Topilmasim,sotilmasim,Onajonim.
Yomonmanu,yaxshim deysan,bolangmanda
Alloh bergan ham shodlik,ham nolangmanda.
Beminna
O'ng yelkamda tobut, ko'zlarimda yosh. Haqiqat oldida egilganda bosh. Tobutda yotardi, go'zal qora qosh. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Yotardi u jim, ko'zlari ochiq. Yotardi jilmayib, kulgular sochib. Ko'zimdan yosh oqardi, tinmayin achchiq. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. U kirmagan edi 20 ga ham. Endi qo'ygan edi, hayotga qadam. Karaxt b.b qolar eshitgan odam. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Ona voh dod deydi, hushin yo'qotib. Ota ne qilishin bilmaydi, qotib. Bola vidolashar, indamay yotib. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Seplar yig'gan edi, orzular qilib. Bezatib ham qo'ydik, liboslar ila. Onasi yig'laydi, bag'rini tilib. Yor-yor aytib bordik, mozorigacha. Taqdirmi, yo qaran