Ulkan tog' bag'rida ikki qizg'aldoq
Bahor fasli bo'yin cho'zibdi,
Dosh berolmay daydi shamolga,
Essiz...Biri ado bo'libdi...
Ko'p chiranma ey alp qomat tog',
Osmonlarga yetsa ham boshing.
Vaqti kelsa asray olmaysan,
Bag'ringdagi qizg'aldoqlaring!
Vaqt sizga berilgan buyuk mukofotdir!
Dunyoda eng kuchli inson - SABR qiladigani bo'lsa, eng baxtlisi esa tangrining bergan yaxshi yomon kunlariga doim SHUKUR qiladigan inson hisoblanarkan.