Ishi tushsa sen-la o'tar fursatlari, Ishing tushsa ko'rinar o'z "kulfat"lari. So'zim tinglang, ey, davronim ulfatlari, Kaminaga chin do'st kerak, ulfat emas. Xatoyimni bir tasodif- ertak deysiz, Sen tog'dirsan, qolganlari kesak deysiz. Bad felimga baho berib-bezak deysiz, Kaminaga chin do'st kerak, ulfat emas. Hushomadga to'lib borar ummoningiz, Asli, cho'ksam yorug' bo'lar osmoningiz. Yoqadi deb o'ylaysiz-da yolg'oningiz, Kaminaga chin do'st kerak, ulfat emas. Gayrat, teng bo'l sen vafoga moslar bilan, Ko'zing o'ysin mayli achchiq rostlar bilan. Quvonarsan keyin shunday do'stlar bilan, Zero, senga chin do'st kerak, ulfat emas...