Предыдущая публикация
To'rt tomonga dor osib g'amlarimni ilaman.
Bilib qo'ying ertaga ketishim bor uzoqqa,
Ayriliqdan qo'rqmayman, sog'inganda kelaman...
Tosh yurakka MUHABBAT rasmin chizib ketyapman,
Siz achinmang, men har kun BAXT yonidan o'tyapman.
Ko'zlarimdan dumalab UMID, ILINJ to'kildi,
Suvga tashna sahrodek alamlarni yutyapman...
Endi ishonch gullari bog'larimda gullamas,
Umrimda kuz hukmron, qaytib bahor yo'qlamas.
Balki ko'zga ko'rinmas BAXT qadriga yetmadim,
Lek ko'ksimda ishq o'ti yonib sira tugamas...

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 34