Xayolan...!
Haqiqiy muhabbat jismoniy yaqinlikka ehtiyoj sezmaydiku.
Birgina araz... shu ajratdi bizni. Ikkimiz ham juda yaqin edik aslida... Go'yo yonma-yon xonalarda...
O'rtada esa araz eshigi... Na sen ocha olding uni va na men . Eshikdagi g'urur nomli qulf bo'ldi xayollarimiz...
Ko'zlaringga boqib turib, o'zimni sendanda ojiz his qilaman.
Bu nimasi? Nigohlaring buncha shavqatsiz...?
O'zing qolib yuragimni yulib ketding... yolg'iz qoldim, Sen ustimdan kuliblar ketding.
Endi armon qadrdon do'stim.
Endi sukunat... doim birgamiz...
Jaxl qildik bir-birimizga...
Ketding tashlab, birovga tegib, men xam ketdim uylandim shartta...
Na sen g'olib bo'lding va na men g'olib...
Yetim qoldi, devona sevgi...
Sarson bo'ldi, vayrona yurak....
O'g'lingga ismim qo'yibsan, sog'ingandirda dedim, jilmayib qo'ydim...
O'zim sog'inchimni yenga olmay, qizimga ismingni qo'ydim...
Kel, bir dam unutaylik bir-birimizni, endi haq bizda yo'q tugul, o'ylashga hatto.
Sevgi? Eslolmayman, yuragi yo'q odam qandayin sevsin...?
Kel, qo'y... armonimla yolg'iz qolayin...
Yuragimni olding yetar bas endi...
Biz birgamiz... gulim xayolan...!
Faqat tasavvurda baxtlimiz hamon...
Kel, yaxshisi tuyg'ularni orzularga ko'mib qo'yamiz.
Balki... Nasib bo'lsa, jannatlarda birga bo'lamiz..!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 24