Oylarning sultoni mohi Ramazon Yana kel, biz seni kutarmiz nochor.. Ketting bu davolar chiqmadi tetik Bizni g'olib etdi yuz minglab hadik Afsusda turibmiz har doimgidek Yana kel, biz seni kutarmiz nochor.. Ro'zalar tilgamas dilgadir ta'sir Taroveh ko'ngilga kelganda og'ir Shamoldan tez kelib ketdingku axir Yana kel biz seni kutarmiz nochor Qalbni toqat uchun yana ochmadik O'n bir oy sang'igan dardni yengmadik Onadan tug'ilgan kabi chiqmadik Yana kel, biz seni kutarmiz nochor.. Qachon bu telba dil haqni ham anglar Mog'or bosgan ichdan ketarmi changlar Ortingdan alfiroq sadosi yangrar Yana kel, biz seni kutarmiz nochor.. Faqat Robb taolodan so'rabon najot Bizni manzil sari yo'llar chin qanot O'n bir oy ichida topmasak vafot Yana kel, biz seni kutarmiz nochor.. Men ham saodatga yetarman bir kun Qalbimda emilar ilohiy tugun Shaytonni zanjirband etmoqlik uchun Yana kel, biz seni kutarmiz nochor.. Mo'minlar ayyomin hisoblab bo'lgach Farz debon makkaga qilguvchilar haj Shundan so'ng boshlanar jami kulfat, ranj Yana kel, biz seni kutarmiz nochor.. Ramazon biz seni yaxshi ko'ramiz Yana o'kinch bilan horg'in yuramiz Alloh nasib qilsa kutib turamiz Yana kel, biz seni kutarmiz nochor..

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2