Bugun yo'l boshlaydi ortdagi izim.
Balki porlamaydi bugundan Quyosh
Men sizdan ketyapman, bugun Azizim....
Ortimdan kuzatib yig'lamang yolg'on,
Shahlo ko'zingizda bari nomoyyon,
Sizni baxt kutmoqda, meni-chi? Armon...?
Men sizdan ketyapman bugun Azizim....
Bir emas yo'limiz, taqdirlarimiz,
Bilinmas bizlarga qadrlarimiz,
Yod boshlar yondirar bag'irlarimiz,
Men sizdan ketyapman bugun Azizim....
Qo'lingiz taftini unutmas qo'lim,
Sizdan olislarda yurajak yo'lim,
Egasiz qoldirib qo'ldagi gulim,
Men sizdan ketyapman bugun Azizim...
Nasib emas ekan bizlarga visol,
Barchasi shirin tush, shirin bir hayol,
Tushundim bir sizga borligim malol,
Men sizdan ketyapman bugun Azizim....
Kimgadir suyukli yorligingiz Baxt,
Uning yo'llariga zorligingiz Baxt,
Qayerda bo'lsa ham borligingiz Baxt
Hayr, omon bo'ling mensiz Azizim. . . ! ! !

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3