Yuragimga o't yoqqan qiz
Birinchi bor qalbimni chertib
Kulganimda sho'x boqqan qiz
Yoshlik qilib boqishlaringni
Baxt beruvchi muhabbat debman
Eslaganda har dam nomingni
Sevgi yo'li mashaqqat debman
Endi bilsam to'ying bo'larkan
Ruxsat etgin men tabriklayin
Menga nasib qilmagan baxtni
O'sha yigitga senga tilayin
Oylar o'tib yillar o'tganda
Men to'yimga taklif qilayin
Unutmasdan sening nomingni
Qizchamga isming qo'yayin.

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1