Döstlari köp emas. Doim g'amgin yuradi. U har kuni maktabga ketishda yöl chetidagi butik peshoynasi qarshisida bir daqiqa töxtaydi. Uning bitta orzusi bor: shu butikda sotiladigan butsani kiyib, futbol öynashni istaydi. Lekin buning uchun imkoniyati yöq. U jimgina yölda davom etadi. Lekin, har kuni butik yonida bir daqiqaga töxtayveradi. Odamlar bölsa, butik yonida qöltiqtayoqqa tayanib turgan bir oyog'i yöq bolaning bir daqiqalik orzusi nima ekanligini bilishmaydi va undan yölni böshatishni sörashadi...

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев