Dunyo dunyoligin arzonga sotdi.
Ko'nglimga ko'nglingni og'iri botdi,
Sen hamon handalar otib yuribsan...
Nigohing yurganda ko'zma ko'z daydib,
Bir rahmim keladi, bir vahmim qaytib.
O'ylamay deymanu, gulga gap aytib,
O'zingni o'zinga sotib yuribsan...
Men sarxush yurganda vasling ko'yida,
Sen g'olib yurarding taqdir o'ynida.
Bugun vatan istab birov qo'ynida,
Hamon ijaraga yotib yuribsan...
Eng og'ir gunohga botib yuribsan...

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8