nomidan: QAYNONALARGA
Muxabbat xudo bergan buyuk ne'mat, senga shu
muxabbatni tarannum etaman men, senga shu
qalbimni sovg'a qilamanki, anashu muxabbatim
haqqi sendek GO'ZAL qizni yaratgan xudoga ming shukurlar! Seni tug'ib katta qilgan onanga ming
raxmat! Bir kun kelib boshimiz uzra ko'taramiz bu
ona degan zotni, bir kun kelib raxmat aytamiz,
bizga baxt bergan, baxt so'rab bergan bu oliy
zotni.
Agar joiz bo'lsa raxmat sizga go'zallarni dunyoga keltirgan onalar. Raxmat sizga farosat bobida ulug'
qilib tarbiyalagan onalar. Raxmat sizga sevishni
ham o'rgatgan onalar, raxmat sizga qizini ko'z
qorachig'idek asragan volidalar.
Sizni qizingizdan avval sizni baxtli qilsak ham kam,
sizni boshimizga qo'ysak ham kam, sizni onajon deya bir kun kelib ko'ksingizga boshimiz qo'ysak
ham kam, sizga asli bir so'z topilmas, topilganda
ham bu so'z asli soxta bo'lur, lek avvalo sizni
qadrlamoq kerak keyin esa HAYOTIMIZGA
BAYROQ QILIB TIKKAN QIZINGIZNI SEVMOQLIK
KERAK. Qalbimdasiz, qalbimdasiz! Siz duo qilsangiz bas
uzoq yillar hali ko'p baxtli kunlar guvohi bo'lasiz.
Agar bo'lgan bo'lsa o'tmishda achchiq damlar
ularni barchasi unut bo'ladi mana ko'rasiz. Qizingiz
sizdan ko'ra baxtliroq, sizdan ko'ra taxtliroq, MEN
BAXTLIMAN deyishga sizdan ko'ra ko'proq vaqti bo'ladi. Siz ko'rmagan baxtni ko'radi, qizingizning
muxabbati mening yuragimni har doim egasi
bo'ladi, gar ketsa u hayotda meni tashlab qalbimni
bir umr yara etib ketadi. Raxmat sizga shundek
GO'ZALLARNI tuqqan onalar!
28.12.2013

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16
Nega bunaqa deyotganimni birozdan keyin yangi mavzuyimda yozaman