bitiklar
1. Ota qizi va rafiqasi uchun qizil atirgullar
ko‘tarib keldi. Qizi so‘radi:
— Nimaning sharafiga?
— Bugun, hamkasblarimdan ko‘pchiligi
farzandlari va rafiqalaridan nolishdi. Men esa
ular bilan bir davrada vaqt o‘tkazishni
xohlamadim…
2. Bobomdan qanday qilib sevganim bilan
aloqalarni mustahkamlash haqida maslahat
so‘radim, javobda esa:
— Rostini aytsam, buving bilan tanishgan
paytimizda men ham o‘zimga mos qizni izlab
yurgandim va u kelib menga ilk salom bergan
ondan boshlab kerakli inson bo‘lishga urindim…
3. Bugun, turmush qurishganiga 50 yil bo‘ldi.
Eri xotiniga eski konvertda, xuddi 7-sinfda
yozganidek sevgi maktubini yo‘lladi…
4. Ikki yil avval gipermarket eshigini qari bir
kampirga ochib berdim, u menga
minnatdorchilik bildirdi va “Bir kun o‘zingga
o‘xshagan mehribon qizni uchratsan”, dedi.
Bugun, rafiqam bilan o‘sha gipermarketdan
chiqayotganimizda o‘sha kampir bizga eshikni
ochib berdi va kulib “Men senga aytgandim-ku”,
dedi…
5. Garchi, oyim bilan oramizda minglab
chaqirim masofa bo‘lsa-da, ikalamiz ham bir xil
vaqtda, bir xil filmni tomosha qildik. Shuni
angladimki, ularni juda ham sog‘inibman.
Shunday qaynoq mehr tuydimki, xuddi biz
yonma-yon o‘tirgandek…
6. Besh yil avval kasal hayvonlar saqlanadigan
majmuadan kuchuk bolasini olgandim. Bugun, u
kattarib qadrdon himoyachimga aylandi.
7. Bugun, oxirgi yarim yilda ilk bor eng yaqin
do‘stimga qo‘ng‘iroq qilib “Kechir meni, seni
eng qiyin vaziyatda tashlab ketdim”, deb uzrimni
so‘radim. U esa yig‘lab:
— Qo‘ng‘iroq qilishingni bilardim do‘stim.
Tezroq menikiga kel…
8. Bugun, 14-yoshli singlimda Daun sindromi
(Hammaga tentakdek ko‘rinadigan, lekin aslida
oddiy odamlar kabi va juda mehribon
bo‘lishadi. Misol uchun, “Mening ismim Xon”
filmidagi Xon obrazi) borligini aniqlashdi. Hali
uning do‘stlari ham yo‘q edi.
Sevgan yigitim gul ko‘tarib biznikiga keldi va
“Bu gullar senga emas”, deb ichkari xonaga kirib
singlimga tutqazdi. Uning kayfiyati ko‘tarilldi.
Keyin, uchalamiz kechki ovqatni birgalikda
restoranda yedik, vaqtimiz juda maroqli o‘tdi…
9. Men kambag‘al talabaman, doim mening
pulim bo‘lmaydi va men o‘zimni omadsiz
hisoblayman. Lekin, har safar mendan uzoqda
qolgan otandan elektron pochta orqali meni
yaxshi ko‘rishi va sog‘inayotgani haqida maktub
kelganda o‘zimni Dunyodagi eng baxtli inson deb
his qilaman…
10. Ota-onam giyohvandlar kasalxonasida
bemorlarning davolanishiga yordam berishadi.
Ularning o‘zlari ham 17 yil oldin, onam menga
homilador bo‘lganliklarini bilishguncha
giyohvand bo‘lishgan.
11. Bugun, buvim vafot etdilar. Ular juda ham
yaxshi inson edilar. Juda ko‘p odamlar kelishdi,
buvim haqida juda yaxshi gaplar so‘zlashdi.
Keyin esa buvimni so‘nggi kunlarigacha yolg‘iz
tashlab qo‘ymaganimiz uchun bizga raxmatlar
aytishdi.
12. Ikki yil avval oyim avtohalokatga uchradilar
va yuzlarida chandiqlar qoldi. Shundan keyin biz
akam bilan qayerda va qachon bo‘lmasin har
kuni oyimizga qo‘ng‘iroq qilib, ular biz uchun
eng chiroyli ayol ekanliklarini aytamiz…
13. Bugun, ikkita kuchuk yetaklagan ayolga
duch keldim. Kuchuklardan birining bitta oyog‘i
yo‘q edi, lekin ikkinchisi ham unga o‘xshab
oqsoqlanib yurardi. Qiziqib ular nega bunday
qilishayotganini so‘radim. Ularning egasi
jilmaydi va javob berdi:
— Bittasi ikkinchisini himoya qilaman deb
oyog‘idan jarohatlangandi, ikkinchisi esa unga
hurmat bildirib xuddi birinchisi kabi oqsoqlanib
yuribdi…
14. Bugun, 20 oylik qizim bilan birga o‘ynadik,
men xuddi o‘zimni uxlaganga solib oldim. U
esa, men unga har tunda qiladigan kabi;
ustimga ko‘rpani yopib, yelkamni silab,
yuzimdan o‘pib qo‘ydi…

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9
Ажойиб сузлар