bering!
–Xo‘p bo‘ladi-da ota o‘g‘il, mana olaqoling.
–Dada, zo‘r mashina sotayotgan ekan mana
buuunday, olib bering!
–Xa mayli-da, sazangiz o‘lmasin o‘g‘lim, mana
borib olaqoling.
–Dada bugun ko‘proq bering, o‘rtoqlarim bilan
aylanmoqchi edik.
–Xo‘p o‘g‘lim, mana…
–Dada o‘qituvchimiz hammadan pul yig‘yapti,
bering.
–Dadayangi tufliga pul bering, bunisi eskirib
ketdi.
–Dada bugun do‘stimning tug‘ilgan kuni,
sovg‘aga pul bering.
–Dada, bitiruv oqshomiga pul yig‘yapmiz,
shunga…
–Dada repetitorga pul bering.
–Dada yo‘lkiraga pul bering.
–Dada shartnoma pulini ertaga to‘lash kerak
ekan.
–Dada bozorga tushib kiyinib chiqsammi
degandim, hamma o‘rtoqlarim yaxshi kiyinib
yurishadi, shunga ozroq…
–Dada sessiyaga anchagina xarajat bo‘ladi, pul
yuboring.
–Dada pul…
–Dada pul…
Oradan yillar o‘tdi…
–O‘g‘lim, uyning tomidan sal suv o‘tyapti-da,
shuni qishgacha to‘g‘irlab qo‘ysak degandim.
Agar imkoning bo‘lsa…
–Dada, hozir emas. O‘zi ishlar yurishmay
turibdi, buni ustiga erta-indin nabirangizni
sunnat to‘yini qilish kerak.
–O‘g‘lim, un-moyning tagi ko‘rinib qolibdi, bir
yo‘ling tushsa…
–Dada, yaqinda ro‘zg‘or qilib bergandim-ku! Bir
amallab turinglar, hamma pulni “oborot”ga tikib
yubordim.
–O‘g‘lim, onangni nok yegisi kelayotgan ekan.
Bilasan, anchadan buyon tobi yo‘q, men
ko‘chaga chiqolmayman, o‘zing topib kelsang…
–Dada! Qishda nok qancha turishini bilasizmi?
O‘zi uchma-uch yetkazib turgan bo‘lsam…
–O‘g‘lim, doktor dorilarni ro‘yxatini yozib ketdi.
Davolanmasam bo‘lmas ekan…
–Dada! Nima mendan boshqa bolalaringiz
yo‘qmi? Ana, akamga, opamga ayting!
–O‘g‘lim, bir kelib ketsang bo‘lardi…
–Nega dada? Tinchlikmi? Yo yana pul kerakmi?
Telefon uzilib qoldi. Borsa hamma bel bog‘lab
qo‘lida dastro‘molcha bilan turishardi!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 15
тариф берилган угиллани боридан юг'и яхши..!!!!