SADOQAT
N_6
Hayot gʻalati sovgʻalarga boy.....
Kutganimgda vaqt sekin oʻtadi deganlari rost ekan. Bazida shuvvilab ketadigan vaqt bugunga kelib meni sabrimni sinayapti...
Xonamga kelib bugungi rejalar bilan tanishganimda hech qanday mihim uchrashuvim yoʻqligini koʻrdim. Demak kelmasam ham boʻlar ekan. Oʻzimni qochoqdek his qildim. Guliraʼnodan qochdimmi.......
Telefonimni oldimu unga sms xabar yozishga qaror qildim. Kecha unga shaxsiy telefon sovgʻa qilganman. Faqat bitta oʻylantiradigan muammo uygʻindimikan. Oʻqishga ham bormasa kerak. Borganida allaqachon haydovchi menga uni oʻqishiga tashlab qoʻygani qaytishida uygq olib kelgani haqida xabar bergan boʻlardi. Bugun bunday xabar kelmadi.
Ilk xabarni yozib joʻnatdim oʻqilmadi...ortidan ikkimchisini va keyingilarini......
Xabarim oʻqilmadi kecha men unga telefon qilganimni eslay olarmikan. Yoki hali ham kecha turgan joyida qolib ketdimi.....
Xabar yozishga kirishib ketibman. Oldimga kim keldi kim ketdi sezmadim ham. Bu zavqli mashgʻulot ikkinchi tomondan ham javob qaytganda bundanda yaxshi boʻlardi.....
Xabarlarim javobsiz qolgach telefon qilmoqchi boʻldim. Lekin shu payt kotibam kirib bankdan kelishibdi sizni kutishayapti degani uchun tezda ular oldiga shoshildim. Shu masalani hal qilib olsam katta yukdan xalos boʻlardim...
Uzoq choʻzilgan suhbatdan soʻng muvaffaqiyatga erishdim.. xushxabar edi........
Qaytib kelib Guliraʼnoga telefon qilish fikrimdan qaytib uyga borishni reja qildim. Ishda oʻylaganimdan koʻp qolib ketdim. Oʻzgacha kunligini hisobga olib oʻzgartirish kiritmoqchi boʻldim. Tanish gul doʻkoniga telefon qilib chiroyli guldasta tayyorlab qoʻyishini tayinladim. Ketayotib olib oʻtishim uchun.......
Barcha kerakli buyumlarimni oldimda mashinaga oʻtirdim........
Mashina turargohidan chiqdim hamki bir mashina bexosdan yoʻlimni toʻsib qoldi. Yoʻl berishini kutdim bu bir jahlimni chiqqrsa bir etiborimni tortdi.
Mashhura binodan chiqib shu mashinaga oʻtirdi xursand edi. Yoʻl ochilganda ham biroz turib qoldim...... keyin men ham mashinani yurgizdim. Buyurtma qilgan gulimni doʻkondan oldimu uy tomon yoʻlga tushdim.
Uy ish va Mashhuranikiga borish bazida koʻp vaqt olardi. Shuninh uchun men unga ishxonadan uncha uzoq boʻlgan joydan uy olib bergandim. Aynan oʻsha yerga yetganda ularga koʻzim tushdi. Befarq oʻtib keta olmasdim. Oʻz oʻzidan jahlim chiqdi jim qarab oʻtira olmas ekanman oʻtib ham keta olmayman. Shartda mshinadan tushdimu ular tomon oshiqdim. Menga orqa qarab turgan yigitni kiyimidan ushladimu Mashhuradan uzoqlashtirdim uloqtirdim desam ham boʻladi....
_Bu yerda nimalar boʻlayapti
Qattiq jahlim chiqqani rost
_Mashhura bu yigit kim
Yelkasidan mahkam siqdim yuzi ogʻriqdan burushsa ham toʻxtamadim. Faqat hali yigit meni undan ajratdi
_Aqlingni yedingmi oʻldirib qoʻyasanku joni ogʻriyapti
Ishimga aralashganlarni jinim suymaydi. Oʻrtaga tushgani uchun mushtlar bilan siyladim
_Agar atrofda oʻralashib yurganingni koʻrsam oʻldirib koʻmib kelaman. Tushundingmi....
Men koʻp vaqt meyordan oʻtib ketaman. Har sohada shu hol....mendaka telba bilan tortishish yaxshilikga olib kelmasligini tushunib ortiga qaramay ketdi....
_Xoʻsh endi tushuntirib berchi
_Nimani tushuntirishim kerak
_Oʻzingni goʻllikga solib jahlimni chiqarma. Bu yigit kim edi nima atrofingda yuribdi....
_Nima yiqmadimi qalay boʻlar ekan. Endi yodingizga tushdimmi
_Gapni boshqa tomonga burmasdan haqiqatni ayt
_Jahlingiz chiqdimi meni ham bugun jahlim chiqdi etiborsizligingizdan. Yoningizga necha marotaba kirganimni bilasizmi lekin bir bora etibor bermadingiz. Nima indamay ketaveradi deb oʻylaganmidingiz. Hech qachon bunday boʻlmaydi. Osongina foydalanib tashlab ketadigan buyuminguz emasman.
Jiming gapirmang meni tashkab keta olmaysiz yoʻl qoʻymayman. Sizni ham oilangizni ham tinch qoʻymayman. Mendan qutula olmaysiz
Yoqamdan ushlab tortayotgani asabimni buzdi. Qoʻlini ushlab siltab tashladim.
_Bas qil jim boʻl...
_Nega jim boʻlishim kerak. Aybim nima bir birimizni sevar edikku. Nima oʻzgardi ayting...endi sevmay qoʻydingmi....uylanganingizga ham chidadimku....hech qachon oʻzgarmayman seni tashlab ketmayman degandingizku...
Peshonasini koʻksimga tiragancha orada qoʻli bilan urib qoʻyib yigʻladi...
_Yigʻlashni bas qil...
_Meni tashlab ketmang...eng yaqin insonimsiz sizsiz nima qilaman. Nima desangiz roziman faqat ketmang siz ham ketmang
Boshiga qoʻlimni qoʻydim
_Senga yigʻlama dedim
_Sizni sevaman...
_Unda bu yigit bilan nima qilayapsan
_Buni bari sizni rashkingizni keltirishish uchun edi
_Uyinggacha olib keldingmi...
_Ortimdan kelayotganingizni koʻrdim. Meni ossongina tashkab keta olmasligingizni koʻrsatmoqchi boʻldim. Koʻrdingizmi rashk qildingiz men har kuni xotiningizdan rashk qilganim kabi...meni sevar ekansiz ketmang...boshqa uzoqlashmaylik....odamlar koʻzida men sizga hech kim emasman. Iltimos siz uchun ham bunday boʻlib qolmay..
_Kechir...
Yosh toʻla koʻzi bilan qaraganda beixtiyor pichirladim. U meni yengilgina oʻpdi....bu vaqtda men doim javob qaytarardim u shuni kutayapti.....
_Vada beraman...umrbod yoningdaman...seni sevaman...
Bunday yurish oʻzimni ham jonimga tekgandi yana Mashhuraning soʻzlari. Bir zumga u rostdan ham endk meni tinch qoʻymasligi haqida ham oʻylab koʻrdim. Bu har tomonlama toʻgʻri qaror edi. Mashhurani ham shunchaki tashlab keta olmayman. Uylanishimdan oldin u hayotimdagi yagona meni tushunadigan ayol edi. Yangisini topib eskisini unuta olmayman. Bu toʻgʻri emas.
Va men Mashhura bilan oʻrtamizda nikoh boʻlishini istadim. U ham bunga qarshilik qilmadi. Oʻrtada nikoh oʻqildi. Ana endi hech qanday aybdor boʻlmaydi.
_Bugungi tong juda goʻzal shunday emasmi
Shunchaki koʻzlarimni yumib yotganimda Mashhura yonimda sochlarimga teginib shirali ovozda soʻzladi
_Endi buyogʻiga hammasi boshqacha boʻladi shundaymi...
_Ha
Koʻzlarimni ochmasdan tasdiqladim
_Men juda baxtliman buni uziq kutgandim. Nihoyat men xotiningiz boʻldi. Nechinchi boʻlish muhim emasdek koʻrinayapti. Sizda haqqim bor begona boʻlmaymiz....sizni juda ham sevaman.....sizchi
Yelkamdan turtavergancha men ham deb javob berdim...
_Jonim biror joyga sayohatga bormaymizmi
_Buni iloji yoʻqligini aytgandim shu mavzuda yana sen bilan tirtishishni istamayman...
_Xoʻp uzr boshqa bu mavzuni ochmayman.....lekin bir kecha kungachi
_Yoʻq....
Qatiyan rad etdim...ikkisini ham olib ketishimga toʻgʻri keladi bunday qila olmayman....
_Yaxshisi sen boshqa nimadir soʻra
_Yaxshi nima soʻrasam ekan...........
Balki shahar chekasidan katta uy olib berarsiz. Bu yerlar shovqin birgalikda tinch joylarda yashaymiz hech kim bezovta qilmaydi nima deysiz
_Xohishing
_Unda men uy tanlayman eng chiroylisini. Ishonchim komil sizga ham yoqadi....
_Mayli faqat bitta shartim bor
_Yana qanaqa shart
_Oʻrtada nikohimiz borligini sen bilan yaqin ekanligimizni hech kim bilmasligi kerak. Ayniqsa oilamdagilar. Hatto ular yoninga kelib sendan sprashsa ham aytmasliging kerak. Men uchun shunga rozi boʻlasanmi
Bu safar jiddiy koʻzlariga qarab gapirdim.....
_Doim yonimda boʻlsanguz menl unutmasangiz hech qachon bu haqida aytmayman....lekknqachongacha bu hol
_Oʻzim vaqti kelib tushuntirib uuimdagilarga aytman ungacga hech kimga churq etma...kelishdikmi....
_Ha....
_Azizim ishga ketushdan oldin dorixonaga kirib oʻtaylik
_Nima boʻldi
_Shamollabman shekilli dori olaylik
_Hozir emas ishga kechga qolamiz yigʻilishim bor...
_Mayli unda tushlik vaqti olamiz. Birga tushlik qilamiz......bpla qoling tezroq vaqt oʻtushini kutayapman...
🍃Guliraʼno🍃
Hech javob topa olmayapman qayerda xato qildim. Nega taqdirim bunday boʻlib ketdi.
Xayollarim shunchalik quyuqki atrofni sezmay qolayapman. Qanday oʻqishga borganimni bilmayman. Jismim darsda oʻtiribdi ruhim qayerda bilmayman. Tuni bilan yuragim bezovta boʻlavergandi shunchaki hayajonga yoʻygandim. Ammo bu ogʻriqli edi.....
Yonim boʻshligi uchun kelib olgan Diyora ham tinmay savollar beraverdi. Qani edi bularga javib berishga xohishim boʻlsa yuragimga hech narsa sigʻmayapti hozir. Kecha nega kelmaganim koʻchada erim degan yigit bilan nima qildingiz deb savollar berib tashladi. Buni qandaydir kulgili joyi bormidi bilmadim u hiringlab kuldi. Javob bermasam tinch qoʻymasligini bora bora amin boʻla boshladim. Qutilish uchun eng oxirgi qatorga oʻtib ketdim......
Stolimga muqovasi qalin kitob kuch bilan tushdi. Qoʻrqqanim rost qarasam koʻziga faqat men koʻrinamanmi bilmayman qattiq qoʻl ustozim norozi qarab turibdi. Toʻlib turgan odamga chivin chaqishi ham bahona boʻladi deganlaridek bu odamni soʻzlari meni yigʻlatdi. Oʻqishni istamasam bekorga kelavermasligimni koʻchalarda har kim bilan quchoqlashib yuraverishim mumkinligini aytdi. Shuncha oʻquvchi bizni kuzatib oʻtiribdi. Yigʻlagancha xonadan tezda chiqib ketdim. Amalga oshgan eng katta orzuim ham negadir endi tatimayapti balki oldida undan ham katta muammolarim borligi uchundir......
Uyimga ketgim kelayapti.....
Mashinalar turargohidan oʻtayotgandim har doim haydovchim ertaroq kelsa shu yerda kutib turardi nima boʻlsa ham bugun uyimga ketaman deb xayol qilgandim.
Men koʻrmay qoldim bir mashina turargohdan chiqayotgan ekan. Orqachalab chiqayotgani uchun u ham koʻrmadimi turtib yubordi. Zarbani sezib mashina toʻxtdi men yiqildim. Toki mashina egasi tushib meni turgʻizmaguncha qimir eta olmadim balki qoʻrquvdandir
_Ahvolingiz yaxshimi menga qarang
Bir zum hech nimani eshitmay qoldim. Atrofga qarayman faqat qarshimda bir yigit koʻrinadi nima deganini anglamadim...
Labi qimirlashidan nima deganini tushungandek boʻldim. Biroz oʻzimga keldim qarasam bir qoʻli bilan qoʻlimdan boshqasini yuzimga qoʻyib olibdi(balki yuzimga urgandir..)
_Yaxshiman..
Qoʻllaridan xalos boʻldim
_Oyogʻingiz qonayapti
Rostdan qon ogʻriqni endi his qila boshladim.
_Menga suyaning kasalxonaga olib boraman
_Yoʻq kerakmas
Menga yaqinlashishini boshqacha tushundim.
_Keling yordam beraman bu holda tashkab keta olmayman. Jarohatingiz jiddiyga oʻxshaydi
_Teginmang menga
Ogʻriq zoʻrlik qilsa ham bu odamga ishona olmasdim. Yana tinmay koʻtarmoqchidek harakat qilishini meni qoʻrqitdi........gapga ham tushunmas ekan
Yaxshiyam qayerdandir haydovchim kelib qoldi. Mashinasini toʻxtatib yonimga keldi. Haligi gʻalati yigitdan qutqardi. Begonadan koʻra haydovchi amakiga suyanganim yaxshi.
Chindan kasalxonaga bormasam boʻlmas ekan. Oyogʻimni qoʻlimni bogʻlashdi peshonam va kaftimga dori surtishdi. Ogʻriqlar kamaygani bilan qoʻrquv oʻtib ketmadi. Kichginaligimda ham shunday baxtsiz tasodif boʻlgani uchunmi qoʻrquv koʻproq edi.....
Shifokor yozib bergan doilarni olish uchun dorixonada toʻxtab oʻtdik. Amakim kirib ketdi men mashinada kutib oʻtirdim. Koʻzlarim bilan atrofni kuzatdim chalgʻish uchun....lekin bur nuqtaga qarab qoldim....
Uuga kelib qachon koʻzim ilinib uxlab qolganimni bilmay qolibman. Faqat eshigim taqillashidan uygʻonib ketdim
_Kim
_Men
Turib koʻzlarimni ishqalab tursam Muxlisa opa kugancha eshikdan bishimi kirgizib kuldilar...
_Kirsam maylimi
_Ha keling opa
Toʻzgʻigan sochlarimni qoʻllarim bilan toʻgʻirlagan boʻldim. Kiyimim bilan yotib uxlab qolibman. Biroz xijolat boʻldim. Oʻzimga qaraydigan holda emasdim.
_Uxlayotganmidingiz bezovta qilibmanda
_Yoʻgʻeee bemalol
_Yaxshimisiz
_Yaxshi
_Guli yigʻladinggizmi
_Yigʻlaganim yoʻq
Koʻzlarimni qayta artdim.
_Koʻp uxlaganimga koʻzlarim qizargandirda
Jilmaydim.......soʻzlarimga ishonganga oʻxshamadi.
_Bugin kichik baxtsiz tasodif boʻlib qoldi shunga
Bugun boʻlgan ishni aytib berdim. Ishontirish uchun shunday boʻldi ham.....oyogʻim ogʻrishini bahona qildim...
_Unda sizni bezovta qilibmanda koʻproq dam olishingiz kerak...
_Nega kirgandingiz oʻzi
_Bilasizmi bir haftalardan beri oʻzimni yomon his qilaman. Qaytib kelishimizning asosiy sababi ham shu. Menimcha bizsa yangilik bor...
Biroz tushunmay turdimu keyin yetib bordi. Qoʻli bilan qornini silab qoʻyganda....
_Rostdanmi
Birdan xursand boʻlib ketdim. Men ham qoʻlimni uzatdim
_Menimcha shunday lekin hali amin emasman...oʻzimda bazi oʻzgarishlarni sezayapman....
_Siz uchun xursandman
_Rahmat....maylimi ertaga siz bilan shifokorga borib kelsak vaqtinguz bormi....
_Albatta bajonidil birga boraman...faqat ertaga oʻqishdan keyin birsak boʻladimi....
_Xoʻp unda tushdan keyin borib kelamiz....
Guliraʼno bilasizmi yoningiz yana bir maqsadda kirgandim
_Aytavering qoʻlimdan kelsa
_Keladi keladi...shu qozonkabob yegim kelayapti. Dadajonimizga qoʻngʻiroq qilsak yigʻilishdaman deb yozib yubordilar. Oʻzimiz qilmaymizmi...
Biroz oʻylanib rozi boʻldim. Yuzimni yuvib tushishimni aytdimu chiqarib yubordim.
Tayyor boʻlib zoʻrgʻa pastga tushsam tayyorgarlik koʻrib oʻturgan boʻlsa kerak deb oʻylagan insonim olma yegancha telefonda nimadirlar koʻrib oʻtirgan ekan.
_Keldingizmi nimadan boshlashni bilmay turgandim
Nimani kutganimni ham bilmayman....oʻzimga sabr tilab ishga kirishdim. Qiynalayotganimni koʻrib Muxlisa opam meni oʻtqazib qoʻyib oʻzlari yordam berdilar. Men oʻrgatib turdim.....
_Bu telefon kimniki
Yuqoridan ziravorlar olayotganda menga qandaydir tanish telefonni koʻrsatdilar. Yodimdan koʻtarilibdi bu axir menikiku...
_Meniki edi....esimdan chiqib qolib ketibdi...
_Siznikkmi bir koʻraylik nimalar bor ekan...
Qoʻlimga endi berayotgan edi yana olib qoʻydi....
_Oʻqilmagan xabarlar buncha koʻp.....sevgilingiz sizni sogʻinib qolibdiku Guliraʼnoxon.....
_Oʻzimga bering
Shartda oʻrnimdan turib qoʻliga yopishdimu tortib oldim. Chunki u voy buni...deb kulib nimalarnidir oʻzi oʻqiyverdi. Sabrim chidamadi yoki oʻqiganlari meni ham qiziqtirdi.
_Men ham oʻqiy zoʻr narsalar bor ekan bering
Telefonimni olmoqchi boʻldilar bermadim...
_Mayli oʻziz oʻqing keyin menga ham aytib berasiz....toʻgʻrisini aytsam Gulixon qaynim bilan munosabatingiz yaxshimas deb oʻylagandim ammo unaqaga oʻxshamaydi... voy bir juft kabutarchalar.....
Muxlisa opam kulgancha chiqib ketdilar...
Sms xabarlar kechagi va bugungilar..
Bilol akam meni eslamadi deb oʻylagan ekanman. Ammo mana xatto bugun ham yozibdi....Boshqa holat boʻlganda bular meni xursand qilardi..........nima qilishga ham boshim qotdi........
Kech tushdi barcha dasturxona atrofida doimgidek faqat u yoʻq. Nimagaligini bilmaymanmu lekin uni kelishini kutayapman. Bazan koʻzlarim bilan eshikga qarayman bazan esa quloqlarim bilan ovozlarni yaxshilan tinglayman. Balki bugun ham kelmas bu negadir koʻnglimni juda ham ogʻritayapti.....bu uyda faqat Bilol akamgina kechikib yuradi.
Barcha birin ketin tarqaganda ovsinim bilan qoldik. Bugun u saxiy jarohatlarim sabab yordam bermoqchimi....
Bugun uni yarim tungacha kutmaslikga qaror qildim. Tez tez boʻlib xonamga qamalib olaman. Shu xayol bilan idishlarni artardim......
_Kimlarni koʻrayapman keling akasi....sizni ham koʻradigan kunlar ham bor ekanku.
Ovsinimni shoʻx ovozini eshitib ham ham ortimga qaradim. U kelibdi......quyosh boshqa tomondan botgan koʻrinadi sal erta kelib qoʻyibdi. Kiyimlarini koʻrib tik turaverdim. Aynan shu kiyim bu aniq u edi
_Sizni kutaverib koʻzlarimiz toʻrt boʻldiku ovsinim ham eshik poylab oʻtirdilar.....
Gap soʻzlariga etibor bermay ogʻirilib oldim. Adashdim degan kichgina umidim bor edi. Xatto xabarlarni oʻqib koʻnglimdagi gumonlarni haydayotgandim.
_Gulixon ataylab siz yaxshi koʻrgan taomni qildilar.
Eringiz keldi unga qarang men chiqib turaman
Oxirgi soʻzlarni yonimga kelib pichirlab aytib ketdilar...
U kelib oʻtirsa ham qaramadim. Soʻnggi idishni qayta qayta artayapman. Undan uzoqda joyda paydo boʻlib qolgim kelayapti....
_Yaxshi keldim......charchamadim....va bugun ochman........menga ovqat berasanmi yoki hammasini oʻzing yeb qoʻydingmi......
Haziliga faqat oʻzi kulganini koʻrdim. Yoniga taomini qoʻydimu ishimga qaytdim.
_Oʻzging ovqatlanib boʻldingmi......kel yonimda oʻtir birga ovqatlanamiz...
Qarab ham qoʻymadim. Qoʻlimdan tutib oʻziga tortganda idish tushib ketdi. Hozir sinadi deb oʻylaganimda boshqa qoʻli bilan tezda tutib qoldi.....
_Toza boʻlib ketibdi. Qarasang aksing koʻrinadiya.....
Idishni joyiga qoʻyib meni ham yoniga deyarli majburlab oʻtqazib qoʻydi. Turib ketmoqchi boʻlganimda yelkamdan bosib turma dedi....
Ol birga ovqatlanamiz deyavergach sanchiqini botirib qayta ovqatlandim. Katta kartoshka yoki goʻsht boʻlagi ogʻzimni toʻldirib chaynamay yutaverdim.
_Sekinroq ye tiqilib qolasan hozir. Bunchalik och ekanligingni bilmagandim. Sen bilan gaplashib oʻtiramiz deb oʻylagandim...
Tatib ham koʻrmadi koʻrinishidan kayfiyati yaxshi. Qachon bunchalik yaxshi boʻlib qoldi....
_Nima haqida gaplashmoqchisiz
Bu safar ilk bor tilga kirdim...
_Senichi menga âytadigan gaping bormi
Nimani bilmoqchi bilmadim telefonini koʻrsatib yoniga qoʻyib qoʻydi......
_Bor gapim
_Yaxshi gapir qulogʻim senda
_Kim bilan edingiz...yoningizda qoʻl ushlashib yurgan ayol kim edi.....
Yolgʻon gapirishni uncha eplay olmayman ammo yolgʻonni payqashim oson. Lekin negadir uni rost yoki yolgʻon gapirganini ajrata olmayman.
Savolimdan soʻng uni yuzi oʻzgardi ammo bir zumga keyin darrov jiddiylashdi
_Tushunmadim nima haqida gapirayapsan
_Men sizni koʻrdim bu siz edingiz aniq bilaman siz edingiz
Qoʻllarimni ushlab turgani uchun tortib oldim...
_Meni qayerda koʻrding kim bilan
_Tush payti siz sochlari sariq ayol bilan doʻkondan chiqib ketayotgandingiz...u siz edingiz toʻgʻrimi....
_Yanglishib koʻrgansan
Bu safar Bilol akam ham boshqa tomonga qarab oldilar....stakanga suv qoʻyib ichdi....
_Siz menga xiyonat qilayapsizmi
_Bu boʻlmagʻur xayolni qayerdan oʻylab topding. Men ishda edim. Ishlarim koʻpayib ketgandi uyga kelishga ham vaqtim boʻlmagandi seni oʻylab topganingni qara.....
_Aldayapsiz meni sodda deb istaganingizni qilmoqchisiz.....hammasiga sabr qilib chidashim mumkin ammo xiyonatga emas....sabrim mukofotiga xiyonat bilan javob qaytarmang....
_Bemani gapni yigʻishtir qanaqa xiyonat.......men unday ish qilmadim
_Agar hayotingizda avvaldan boshqasi bor boʻlgan boʻlsa rostini ayting sizlarga halaqit bermayman...
_Bir kun uyga kelmaganimga xayolingga har xil oʻylar kelib koʻzingga boshqasi bilan koʻrinishga ham ulgurdimmi
Uni jahli chiqayapti bu bir tomondan yaxshi ham balki rostdan u boshqasi bilan yurmagandir men adashgandirman. Ammo ichimda bir ovoz bunchalik sodda boʻlma deyayapti.
_Siz hech qachon egri yoʻldan yurmagansiz toʻgʻrimi men adashdim va sizni gaplaringizni barchasi rost toʻgʻrimi
U tomonga yon bisgim keldi. Aks holda bu tortishuvimiz qancha davom etishi mumkin.....
Bilol akam soʻzlarimdan soʻng men tomon oʻgirildi. Yuzida asabiylik ketdi
_Men siz bilan gaplashish uchun ham uyga qaytdim. Oʻzingiz aytishingizni kutdim
_Xoʻp sen meni koʻrding unda nega oldimga bormading chetdan kuzatib turaverdimgmi
_Siz tezda mashinaga oʻtirib ketib qoldingiz ulgurmadim....
_Oʻzimni mashinamdamidim
_Yoʻq boshqa mashina edi...
_Unda menligimni qayerdan bilding. Oʻzimniki turganda boshqanikini minarmidim. Kimgadir oʻxshatgansan. Qayoqdagi tasodifni deb shuncha koʻngilsizlik boʻlayaptimi endi....
_Men sizni koʻrdimku
_Yana shu gapmi....aytdimku men ishda edim deb koʻchaga chiqmadim deb
Men unga juda juda ishingim kelayapti.... lekin gumon yomon narsa ekan ichingni kemirar ekan.
_Menga qara
Ikkilanayotganimni sezayapti....yuzimdan ushlab oʻziga qaratdi.
_Qaysi biriga ishonish bu sening xohishing...ista meni xiyonatda ayblab koʻz yosh toʻk......yoki istasang menga ishon barini boshidan boshlaymiz...ikkimiz
_Bilmayman
Labimni tishlagancha yuzimni yomon tomonga burib oldim. Xayollarim u sendan yana foydalanmoqchi deydi.
_Nega mendan qochayapsan
Yana oʻziga qaratib oldi
_Mwnga vaqt kerak
U mendan nimani xohlayotğanini juda yaxshi tushundim. Hech nima boʻlmagandek yana u bilan birga boʻlib keta olmayman......
U mendan biror natija boʻlmasligini bilgacha yolgʻiz qoldirib chiqib ketdi.
Xayolimdagi biror gapni oʻzligicha ayta olmadim. Janjal qilmoqchi edim ammo kelgach ovozim ham chiqmay qoldi......
Tongda yana tortishib qoldik. Asli mayda gapdan kattalashib ketdi. Oxiri Bilol akam menga ishonmasang uyingga ketaver toʻxtatmayman dedi........
Aytganidek ketmoqchi boʻldim oʻqishdan soʻng. Axir oʻzi oʻz ogʻzi bilan ket dediku.....
Oʻqishdan chiqsam Muxlisa opa kutib turgan ekan. Shifokorga yolgʻiz borgim kelmadi deb yoniga olib oldilar. Birga bordik kichkintoyimiz toʻliq bir oylikga oʻtibdi ekan. Ular uchun quvonchim cheksiz edi. Bu moʻjizani oʻziku.....
Faqat Muxlisa opa siz ham koʻrikdan oʻting sizda ham yangilik bordir deb oʻz holimga qoʻymadilar. Yoʻq desam ham hech koʻnmadilar. Zoʻrgʻa chalgʻitdim uch toʻrt kunda yangilik boʻlishi mumkin emasku......
Ular bilan uyga borishimga toʻgʻri keldi. Barcha birday quvondi ayniqsa ota boʻlishini eshitgan Bobur aka.....
Ularga yana bir bor havasim ketdi. Men ham sevimli rafiqa va ona boʻlgim keldi...Bilol akam kelsa gaplashib olmoqchiman.......
Orzu qilishga ham qoʻrqib qoldim...balki u yana uyga kelmasligini bilganimda ortiqcha kutmay uyimga ketib qolgan boʻlardim
Menga faqat yomon oʻylar yopishib olganmi bilmayman miyyam shular bilan toʻla. Yana bularning bari unga tegishli.....nimani koʻp oʻylab shubhalanaversang shu bilan yuzlashasan degan naqlni bilganim uchun ham yomonliklarni oʻzimdan quvayapman. Koʻp oʻylasam xayolan qoʻrquvlarimni tan olgan boʻlaman. Axir Bilol akam xiyonat qilmadim dediku. Men bu soʻzlarda ishongim keldi va ishondim.....
Yana tuni bilan uxlay olmadim. Onamni endi tushunayapman. Dadam bazida ishda koʻp ushlanib qolsalar uxlamasdan kutib oʻtirardilar. Uyqusi kelmasmikan dadam keladi ku baribir deb oʻylardim. Mana oʻz bishimga ham tushdi. Faqat vaziyatimiz boshqacha onam dadamni eson omon uyga yetub kelsin deb kutgan boʻlsa men.......
Ertalab nonushta tayyorladim. Ovsinim va eri kecha dala hovliga ketishdi bayramni shu yoqda yolgʻiz oʻtqazishmoqchi. Aslida Muxlisa opam bu yangilikni turmush oʻrtogʻiga biror restaranda aytmiqchi edi. Men bunday qilmang dedim. Bu koʻproq erkaklarga yarashadigan uslub. Ularga esa chiroyli bezatilgan xona yarashadi. Shunaqa gaplar....
Barcha nonushtaga yigʻildi jimlik hukumron. Dadajon tezda nonushtalarini qilib boʻlib achchiq qahva tayyirlab berishimni aytdilar. Menimcha ular ancha charchaganlar. Dadajonga qoʻshib oʻzimga ham tayyorladim uyqu boʻlmasa ham charchoq bor....
_Qizim eringiz qani nega shu paytgacha tushmadi
Qahvasi detarli tugay deb qolganda dadajon savol berdi...shu bilan qolganlarni ham menga javob istab qarashdi. Nima deyishga hayron qoldim. Dadajon savollari beparvolarcha qolib ketishini yoqtirmaydilar. Yolgʻonni esa eplay olmasligim aniq yoki oʻzim gaporishni istamayman...
_Ular kecha uyga kelmadilar
Aybdorona bosh egdim lekin koʻz qirim bilan qaynotamga qarab qoʻyardim nima qilar ekan deb
_Nega kelmaydi qayerda yuribdi shu paytgacha
_Bilmayman
_Nega bilmaysiz xotini boʻla turib eringiz qayerda ekanligini bilmaysizmi
Dadajondan keyin oyijon ham biroz jahl bilan savol berdilar. Xuddi men uyga kelma deb keltirmagandek.
_Men qayoqdan bilay oyijon. Menga hisobot bermaydilar keyin bu birinchi uyga kelmay qoʻyishi emas....oʻzi doim ishdan tun yarmida kelardilar endi kelmay ham qoʻyayapti....
_Bu oʻgʻling qayerlarda yuribdi indamaganga xaddidan oshib ketayapti men uni ogohlantirgandim
_Qoʻying dadasi asabiylashmang balki zarur ishi chiqib qolgandir
_Kechasi uyga kelmaydigan qanaqa ishi boʻlishi mumkin. Qoʻy indama deganimizga haddidan oshib ketmadimi bu bola
_Dadasi asabiylashmang kelsa gaplashib sababini bilib olamiz
_Hozoroq topib hisobini soʻrayman
Dadajon qahvasini ham lxirigacha ichmay turib ketdilar. Menimcha ular meni soʻlgʻin turishlarimga chiday olmagan. Axir shu bu uyga kelganimdan beri faqat soʻlib borayapman. Nursiz qolib ketgan gulga oʻxshab.
_Kelin shu gapni ertalabdan qaynotangizga aytishingiz shartmi jahllarini chiqarib
Oyijon ham menga jahl qildi. Men yomon ish qilmadimku
_Nima qildim oyijon ularni savoliga javob berdim xolos...
_Shuni ertaroq ishga ketgandi deb aytsanguz boʻlmasmidi. Keyin menga kelib aytsangiz oʻzim gaolashardim.
_Lekin qachongacha
Negadir mardligim tutdi koʻzlariga tik qarab gapirdim.
_Ishdan kech keladilar indamayman oʻzgarar deb kutdim foyda yoʻq. Etibor bermaydilar bunga ham koʻndim endi nima kechasi kelmasligiga ham koʻnib ketaverishim kerakmi. Meni aybim nima axir
Soʻzlari alam qilgandan qattiq qattiq gapirib tashladim...
_Agar oʻgʻlimni koʻnglini ola olganingizda bunday boʻlmasdi. Siz boʻlsa shuncha paytdan beri bitta eringizni eplay olmaysiz. Yana aybsizliginguzni roʻkach qilayapsiz. Mana hozir ham ota oʻgʻilni oʻrushtirib qoʻyayapsiz.....
_Unda Bilol akamni majurlab uylantirmasligingiz kerak edi. Shunda ikkimiz ham qiynalib yurmasdik
Gap qaytardimu namlangan koʻzlarimni yashirib yuqoriga tezda chiqib ketdim...
Xonaga qanday jahl bilan chiqqan boʻlsam shunday narsalarimni yigʻishtira boshladim. Ortiq bu uyda bir daqiqa ham qolmayman. Hech kimga keragim yoʻq oʻzimni sigʻindidek his qilayapman.
Faqat kitob daftarlarimni yigʻdim xolos bulardan menga hech nima kerak emas. Ularsiz ham yaxshi yashab oʻqiy olaman.
Ketayoyganimni hech kim koʻrgani ham yoʻq. Kimga ham qiziq oʻz erim qiziqmagandan keyin.
Taksi toʻxtatib uyinga ketdim. Hozirda oʻqish ham koʻnglimga sigʻmay qolgan.
Svetoforning toʻxtash chirogʻida toʻxtadik. Xayollarimda hali ham qaynonamning soʻzlari aylanayotgandi. Baribir oʻz onang boʻla olmas ekan tushunmas ekan. Qiziga ham shunday qilgan boʻlarmidi.......
Xayollarimni birdan ortda koʻtarilgan shovqin tarqatib yubordi. Boshimni chiqarib qaradim. Haydovchi ham tushib bormoqchi boʻlgandi men tezroq haydashini aytdim. Yuradigan vaqt boʻldi u boʻlsa tushib ketmoqchi. Avtohalokat boʻlgan boʻlsa barcha yigʻilib olishi shartmi.....
Uyimga keldim ota onamni sogʻingan ekanman. Ular ham shunday birga vaqt oʻtkazdik. Dadam ayam ikkimizni aylantirib ham keldi. Ikki kun oʻqishga ham bormadim.
Opam kelib oilamiz yanada toʻkis boʻldi...
Kechgi payt opam ikkimiz doʻkondan qaytayotgandik. Ular yaqinda yana bir farzandli boʻlishadi shu sabab ishtahalari daxshat. Ikkimiz shirinlik ilinjida kechgi sayrga chiqqandik. Uyimiz oldida toʻxtab turgan mashinani koʻrdik. Avvaliga bu shunchaki toʻxtab turgan mashina deb oʻylagandim. Ammo yaqinlashgan sarim bu tanish koʻrinaverdi. Yetib kelganimizda tahmin qilishdan adashmagan ekanman. Bu u edi.... kulib kelayotgan yuzim oʻzgardi. Uni koʻrgim ham eshitgim ham kelmadi. Opam esa ular bilan quyuq soʻrashdilar. Uyga kiring deb meni turtib qoʻydi.
_Nega bu yerlarda yuribsiz nega keldingiz
Oxiri opam menga gap tasir qilmasligini indamasa koʻrmaganlikga olib uyga kirib ketishimni tushundimi ikkimiz yolgʻiz qoldirib kirib ketdilar.
_Oʻzingdan soʻrasak bu tomonlarda nimalar qilib yuribsan....
_Uyimdaman
_Kimdan soʻrab kelding
_Kimdandir soʻrashga majbur emasman....
_Men kimman eringmanmi. Nega oʻz boshimchalik bir oliz aytmay ketib qolding .
_Soʻraydigan odamim yoʻq.
Ham araz ham bepisandlik bilan
_Boʻldi yetarli sen bilan gap talashish niyatim yoʻq. Oldimga tush uyga ketamiz.
_Yoʻq hech qayoqqa ketmayman.
_Guliraʼno jahlimni chiqarma. Bir ogʻiz ogohlantirmay uydan chiqib ketgansan...
_Kimdan soʻrashin kerak edi. Uyga kelmaydigan beetibor sizdami.....kimnidir meni ketganim bilan ishi boʻldi deb oʻylamayman....
_Baribir barchasiga sen aybdorsan.
_Men yana nima qildim.....men haqimda qiziqqan odam ikki kundan beri qayerda turgandi endi esingizga tushdimmi
_Sen meni jahlimni chiqaraverasan.....kecha kelmaganimga ham sen aybdorsan.....seni deb mashinamni urib oldim....
Yigʻlagim keldi. Bilol akamni biror ayblovini tushuna olmadim. Lekin baqirib meni ayblashi oʻtib tushdi.
Oldidan tezda oʻtib ketdim. Uyga kirib ketmoqchi boʻldimu blagimdan ushlab oʻziga tortgani uchun toʻgʻri unga urildim. Havo sovuq edi lekin qizib keta boshladim..ayniqsa lablarim...
_Bu nima qilganingiz
Uning ishidan jahlim chiqib ham uyalib gapirdim
_Nima qildim...yomon ish qilmadim shekilli
_Uyalmaysizmi kimdir koʻrsachi...
_Nega uyalishim kerak men undaylar toifasidan emasman...uyalsang men bilan uyga yur
_Yoʻq
Erkaklarda uyat boʻlmaydi deb toʻgʻri aytishgan ekan. Bu tuygʻu koʻproq ayollarda(lekin hammasida ham emas) boʻladi......
_Unda mashnaga chiq
_Nega
_Chunki mashina ichi pana oynalari qoraytirilgan keng ham....
_siz...siz xudbinsiz...siz ichi qorasiz jirkanchlisiz
Uni soʻzlaridan xayolida nima borligini tushunib qalbim ogʻridi...unga faqat bir narsa uchun kerakman
_Jim boʻl yaxshi gapirdi degani istagan gaoni gapirishim mumkin degani emas. Haddingdan oshding...
_Sogʻlom odam bunday gaplarni aytmaydi. Qanday qilib menga bularni ayta olasiz
_Yashiriahdan nima foyda. Boʻladigan ishni boʻlishini yomon tomoni yoʻq. Nimadan uyalasan
_Sizga faqat nafsingizni qondirishga kerakmanmi....
Sevilishni sevishni kutgandim xohlagandim. Ammo nima boʻldi...
_Sevgimni kutayapsanmi.....kutma chunki bu yaxshilikga olib kelmaydi. Ogʻriq olib kelishi mumkin. Senga ham meni sev demayman. Shunchaki birga yasha. Istaganingni qil.....men seni barcha istaklaringni qondirishim mumkin. Foydalan nima boʻlsa ham yoningdaman.....boyman pulim koʻp istaganingcha ol. Chiroyda ham qolishmayman kelishganman. ....Faqat uzoqlashma yolgʻiz qoldirma....sen yonimda qol ketma...
Bilol akamni birinchi koʻrganimda koʻzimga boshqacha koʻringandi. Qiziqish uygʻongani rost. Lekin bunday odam deb hech oʻylamaganman. Har soʻzlaganimda koʻzlarimga boshqacha qaragani hayajonlantirgan axir bu birinchi uchrashuvimiz edida.
Hozir qarshimda turgan odam butunlay boshqa. Ehtimol atrofida yigʻilganlar faqat qaysidir maqsad sabab yurgani uchun u shu holga kelgandir. Lekin meni undaylar safiga qoʻshishi......... men unday emasman........ranjidim bir ogʻiz gapirmadi..........Shunchalik ranjiganimdan u qayta yaqinlashib oʻpganida ham hech nima qilmadim. Koʻzimdan oqib tushgan ikki tomchi koʻz yosh uning ham yuziga singidi...
_Ertaga kelib seni olib ketaman. Yaxshi dam ol
Atrofdagilar bizni istagan koʻyiga solishiga aslida oʻzimiz sababchimiz. Qalbimiz yaralanib azob berishiga ham......chunki biz imkon berdik. Biz bilan istagan ishini qilishiga...jim qarab turaverdik yoki tezda kechirdik......
Uni endi sovuqda turma ichkariga kir deb aytgan buyugʻiga soʻzsiz itoat etib darvozadan kirdimu yopib qoʻydim. Suyangancha uni ketushini kutdim. Koʻp oʻtmay mashina eshigi ochilib yopildi soʻngida u ketdi. Yana biroz davozaga suyangancha turdim keyin sovuqdanmi yoki uni soʻngi soʻzidanmi.....uyga kirdim. Kirishim bilan opamga toʻqnash keldim. Meni kutib turgan koʻrinadi....
_Ering darrov ketdimi....
Kulib gapirdilar. Bishim bilan tasdiqlab qoʻydim...
_Nega uyga taklif qilmading. Kech bplganda nega kelibdi tinchlikmi yoki seni olib ketgani kelindimi ketmadingmi.....
Opam bir talay savol berib tashladi. Nazarimda u bizni derazadan kuzatgan koʻrinadi. Kulishidan ham malum.....Lekin uyaltirib gap qilganlari yoʻq. Nazarimda men ulgʻayganman va oilali ayolman. Opam buni tushungan..
_Qayoqqa ketayapsan
_Xonamga dam olmoqchiman
_Hali erta emasmi
_Charchadim opa
_Qiziq doʻkonga borishdan avval charchamagandinku yarim tungacha oʻtirmoqchi edik............
Xoʻp mayli kuyov bola charchatgan koʻrinadi yoki telefon qilaman dedimi
_Opaaa
_Gapirmadim...jiyanchangni ishtahasi ochilib ketsa senga shirinlik qoldirmasligimiz mumkin
Opam endi bilinayotgan qornini silagancha televizor koʻrayotgan ota onam yoniga kirib ketdi. Men ham xonamga kirib yotib oldim.
Bilol akamni gaplari xayolimda aylanardi va dam-badam qoʻlim labimga ketib qolaverardi. Tan olish qiyin lekin bu menga yoqdi. Faqat boshqa holatda boʻlganda edi.....
Ancha vaqtgacha oʻylab uxlay olmadim.
Ertalab turib narsalarimni yigʻishtirdim. Bilol akam ertalab olib ketaman degani uchun koʻp ham gapni koʻpaytirmay tayyirlangandim. Menimcha men kurashishim kerak hech boʻlmasa baxtim uchun harakat qilishim lozim. U bilan baxtli boʻlishni istayman. Uyga qaytib kelaversam ham voz kechishim qiyin koʻz ochib koʻrgan yorim u. Bu nimadirki qoʻl siltab keta olmaydigan....
Tush boʻldi lekin undan darak boʻlmadi. Aldadimikan deb ham oʻylay boshladim. Opam kuyovim nima dedi buncha uzoq qolib ketdingiz deyavergach ertaga olib ketar ekan deb aytgandi. Buni ayamga aytgan ekan........onajonginam ertalabdan beri dasturxon tuzab uni kutadi. Shuncha ishdan soʻng ham uni yoʻl poylab kutishim jinnilik....
Bilol akam kech boʻlgancha keldi endi kelmasa kerak deb oʻylay boshlagandim. Ayam kuyovini shuncha kutib jimgina ketkazib yubora olmadi. Uyga kirgizib obdon mehmon qildi. Keyin biz yoʻlga tushdik. Ayam va dadam kech boʻlganda yoʻlda yurmanglar shu yerda qolinglar dedi. Bir zumga kichik xonamda u bilan qolganimni tasavvur qildim. Bu kulgili edi menga lekin Bilol akam oʻz manmanligini yoʻqotmay rad etdi.
Men ham u ham bir birimizga gapirmadik. Katta kimsasiz yoʻlda tunda ikkimiz yolgʻiz ketardik. U gap boshlashini kutardimu lekin gapirmasdi. Oxiri zerikib mudrab qolibman mashinaning qimirlab qoʻqisdan toʻxtab qolishidan silkinib ketib uygʻonib ketdim. Boshimni ushlab u tomon qaradim...
_Nima boʻldi nega toʻxtadingiz
Ikkimiz ham kim birinchi gapirar ekan deb bir birimizni sabrimizni sinayotgandik. Mana men birinchi gapirib yubordim. Lekin bu hisob emas. Toʻxtaganimizga yetib keldikmi deb atrifga qaradim. Hali ancha yurishimiz kerak edi lekin.....
Yoʻq yetib kelmabmiz atrof zulmat na mashina na uy koʻrinadi.....
_Bilol aka qayerga ketayapsiz
Mashinadan tushib ketayotganini koʻrib qoʻrqdim. Men ham tezda u qatori tushdim....
_Gapirsanguzchi nima boʻldi
_Balo boʻldi koʻrmayapsabmi mashina toʻxtab qoldi....
Biroz jahl qildi. Mashinani tekshirar ekan atrofga yaxshilab qaradim. Qoʻrqinchli kinolardan ham battarroq...
Nima endi shu yerda qolib ketsakaaa.....tunni shu yerda oʻtqazamizmi. Hayolimga eng qoʻrqinchli xayollar kelaverdi.
_Tuzatishni bilmaysizmi
Mashinani uyoq buyogʻini koʻzdan kechirib jim boʻlib qolganiga savol berdim.
_Koʻzingga mashina ustasi boʻlib koʻrinayapmanmi
_Shinchaki soʻragandim
Havo sovuq osmon bulutli va mayda nimadir yogʻayotgandi.
_Endi nima qilamiz
_Men qayoqdan bilay
_Shu yerda qolib ketamizmi deb soʻramoqchi edim. Oʻzi nega siz menga jahl qilayapsiz. Nima yomonlik qildim alamingizni mendan olayapsiz
_Bemani savollar berganingdan keyin nima qilishim kerak
Yana xuddi shu tarzda muomila.....Meni olib ketayotgani uchun jahli chiqayaptimi. Aslida olib ketmoqchi boʻlmagan balki uydagilari shunga majbur qilishgan. Men boʻlsa uni kuni boʻyi kutganman. Axmoqman axmoq.......
Koʻzlarim achishdi nega u bunaqaya endigina kechirgandim
_Nega turibsan mashinaga chiq....
Eshitmagandek qarab turaverdim. Negadir kimdir xafa qilsa aytganini qilmayman
_Nima dedim........sovuqda turmay mashinaga chiq
Men tomonga qarab bu safar ancha bosiq ovozda soʻzladi.
_Guli senga nima dedim nega gapimga kirmayapsan
Turavergach u qarshimga keldi..
_Jahl qilganimga arazladingmi
Bir yuzimdan tutdi (qoʻli sovuq ekan.) jilmayar ekan arazim ham yoʻqoldi. Darrov erib ketadigan holatga kelibman.
_Mashinada oʻtirib tur bir yoʻlini topaman
_Sizchi....nima qilamiz shu yerda qolamizmi
Yumshoq gapirayotgani uchunmi erkalandim
_Nimadir qilaman yoningdamanku xavotir olma. Endi esa mashinaga chiq u yer issiq...
Oxiri aytganini qildim. Jim oʻtirib uni kuzatdim yarim soatlik urinishlaridan soʻng u ham mashinaga chiqdi...
_Nima boʻldi tuzaldimi endi uyga ketamizmi
_Senga bitta yomon bitta yaxshi gapim bor. Qaysi biridan boshlay
_Yomonidan boshlay qoling
_Yomoni shuki mshinani tuzata olmadim va hech kimni yordamga chaqira olmaymiz chunki aloqa yoʻq
_Xudoyim endi nima qilamiz Bilol aka shu yerda qolib ketamizmi.....uyga keta olmaymizmi yoʻqolib qoldik
_Vahima qilmasangchi hammasi yaxshi
Qoʻlimdan ushlab tinchlantirdi
_Yaxshi xabaringiz qanday unda biror charamiz bormi....
Qoʻllaridan mahkam siqdim. Hayajonlanishga qoʻrqishga hojat yoʻq axir yaxshi xabar ham bor dediku
_Yaxshi xabar shundaki biz ertalabgacha bemalol mashinada tunashimiz mumkin....
Bilol akamning bemalol xatto xursand boʻlib aytgan soʻzlaridan esankirab qoldim. Axir bu yerda yaxshi xabarni oʻzi yoʻqku...
_Aslida seni bir joyga olib bormoqchi edim. Afsus mashina buzilishi rejalarimni barbod qildi. Uyga haydayversam boʻlar ekan hech boʻlmaganda shaharga yetib olgqn boʻlar edik
_Biror yoʻlovchi mashina oʻtib qolar bizni olib ketsa tuni boʻyi qola olmaymizku
Bilol akamning yaxshi xabariyu meni tundan qoʻrqishim bir boʻlib yigʻlashimga olib keldi. Meni chalgʻitidh uchun nimalar deb tashlamadi....
_Bu yerlarda mashina yurishi dargumon. Qatnov kam boʻladi aytganimdek seni boshqa jiyga olib ketayotgandim.
_Koinot olib chiqmoqchi boʻlmagandirsiz
_Balki chiqarmiz xayolan...
_Bu nima deganingiz hozir hazil qiladigan vaqtmi
_Shunchqki tinchlan va oʻzingni boʻsh qoʻy....qara men yoningdamanku qoʻrqishingga xojat yoʻq....
_Aytishga oson shu yerda qolib ketamiz deb oʻylasam yuragim orqaga tortayapti
_Unda faqat yaxshi narsalar haqida oʻyla xoʻpmi...
_Bunday qila olmayapman istasam
_Juda ham qoʻrqoq va vahimachi ekansan
_Men ujas qoʻrqinchli kinolarni koʻp koʻrganman. Ularga aynan shunday holatlarda turli maxluqlar hujum qilishgan.
_Meni eshit hayotdan bunday mazluqlar yoʻq. Bu fantastika xolos. Buning ustiga biz mashinadamiz hech qanday xavf yoʻq. Oynalar qoraytirilgan ichida borligimizni hech kim koʻrmaydi tushundingmi va biz yolgʻizmiz....
Nega u tinmay yolgʻizmiz yolgʻizmlz deyaveradi...
_Ayam aytgandilara kechasi yoʻqga chiqmanglar. Shu yerda qolinglar deb siz kalandimogʻ xudbin bizni uyimizda qolishni oʻzingizga teng koʻrmadingiz. Mana oqibati kimsasiz joyda qolib ketdik. Barchasiga siz aybdorsiz tinchgina uyga haydaganinguzda bu yerlarga kelib qolmasdik
Yuragim bezovga urayotgani uchun oʻzimni qoʻlga ola olmadim. Toʻgʻro bazida fantaziyalarim ishlan ketib oshirib ham yuboraman. Yaxshiyam Bilol akam meni toʻxtatdi. Ikki yuzimdan ushlab oʻziga qaratib hammasi yaxshi ekanligini qulogʻimga kuydi. Negadir shunday paytlar erib ketayotgandek his qilaman oʻzimni. Mendagi mehr muhabbat toshib ketayotgandek boʻladi goʻyo...
_Boʻldimi oʻtib ketdimi
Boshim bilan tasdiqlab qoʻydim.
_Oʻzi senga kecha mashinaga oʻtir degandim yoʻq deb turib olganding. Mana baribir oʻtirar ekansanku.
_Yana biror nimaga meni aybdor qilmoqchimisiz
_Yoʻq bunga haddim sigʻarmidi. Aytmoqchimanki oʻz oyogʻing bilan yonimga kelib qoldimgku....
_Hozir shu narsalar haqida oʻylaydigan vaqtmi. Biz kimsasiz joyda qolib ketdik
_Axir bu yaxshiku
U atay meni jahlimni chiqarayapti. Oʻzimni zoʻrgʻa bisib turibman.
Men fantastik qoʻrqinchli kinolar ishqiboziman. Bu menga yoqadi shungami xayolotim(fantaziyam) keng. Shungami vahimaga berilayapman. Tunda oddiy daraxt ham qoʻrqinchli koʻrinishi mumkin.
_Kulmang ustimdan
Qarashidan ustimdan kulayotgandek tuyildi
_Kulganim yoʻq qoʻrqoqqinam
Bu oshib tushdi shartda mashinadan tushdim. Uni yonida oʻtira olmasdim lekin tashqari ham boʻlmasdi. Orqa oʻrindiqqa oʻtirib oldim.
_Menga boshqa bir ogʻiz ham gapirmang
Baribir undan qochib qutila olmasligimni bilganim uchun ham yuzimni boshqa tomonga burib oldim. U zorimiz bor zorimiz yoʻq deydi....
Bir necha marta meni gapirtirishga urinib koʻrdi lekin men tilimga qulf solgandek oʻtiraverdim ataylab tegishsa qimirlamadim.
Oradan necha soat oʻtdi bilmayman u uxlab qoldi. Men boʻlsa hali ham tinch oʻtirganim yoʻq. Atrofga qarayman uyqu yoʻq u boʻlsa mazza qilib.......
Qoʻlidan ushlab oʻtirmoqchi ham boʻldim lekin oldiga bogʻlab olgan....
Bir tomonim oyna qattiq qarash ham yaxshi emas ikkichi tomonimda........xullas qulaylik ham yoʻq.......u mashinaning boshqa tomonida men esa boshqasida.......xayolimga bir narsa keldi.....
Avvaliga uxlayotganiga ishonch hosil qilishim kerak edi. Sekin yaqinlashib yuzini oldida qoʻlimni qimirlatdim hech narsa boʻlmadi. Jindan uxlayotgan ekan. Eng yaxshi qulaylik bu......oyoqlariga boshimni qoʻyib yotib oldim bundan xursand ham edim...
Tongda turganimda u hali ham uxlayotgan edi hech narsa boʻlmagandek turib oʻtirib oldim. Sezmasa kerak....
Tongi sovuq va biroz shamol meni yaxshigan sovuq qotishimga sabab boʻldi. Mashinadagi isitish tizimi ham oʻchgan koʻrinadi(tuni bilan yoniq issiq edida). Aslida kiyimim yupin edi tuni bilan qolib ketishni xayolimni bir chekasiga ham keltirmagandimda. Mashinaga oʻtiraman uygacha yetib olaman degandim. Axvolimno yaxshi tushungan Bilol akam ust kiyimini ham menga kiygizib qoʻydi. Shunda ham issiqlikni his qilmadim Bilol alamni axvoli qanday ekan. Men mashina ichidaman u esa tashqarida telefoniga aloqa qidirib yuribdi.
Taxminan ikki uch soatlardan soʻng bizni olib ketishga kelishdi. Tezda olib ketishga kelgan mashinaga oʻtirib oldim. Jonim kirib qoldi. Hali qor yogʻmagan boʻlsada qishning quruq sovugʻi edi. Kechagi boʻlgan arazlarni ham unutib orqa oʻrindiqda men bilan birga oʻtirgan Bilol akamning quchogʻiga kirib oldim. Birga tezroq isiymiz. Asli ular mendanda koʻp sovuq yebdilar. Qoʻllari sovuq...
Boshimni koʻtarib yuziga qaraganimda tabbasum hadya qildilar. Sochlarimni silab qoʻyishlari tanish tuyildi.
Shaharga yetib borgunimizgacha koʻzlarim ilinibdi(uxlab turishga ulguribman)
Birinchi navbatda kiyim doʻkoniga toʻxtab qalin kiyimlar oldik. Bilol akam uyga yetib olamiz kerakmas deganimga parvo qilmadilar.
_Endi ovqatlanamiz
Kiyim harif qilib chiqishimiz bilan shu soʻzlarni aytdi. Aslida faqat men issiq kiyimlarga burkandim.
_Qaynoq shokoladga nima deysan
Uning kichik tabassumi menda kengaydi
_Jon deyman. Shirinlikni rad etadigan axmoq yoʻq...
Gaplarimga kulgancha meni shinam kafega olib kirdi.
Menyuni ochganimda birinchi shirinliklar boʻlimi ochildi. Meni ye deb turgan bir biridan mazali shirinliklarni shunchaki oʻtkazib yubora olmadim. Ochligimni ham unutib faqat ularni buyurtma qildim.
_Avval ovqatlanib olmading keyin ham yesang boʻlardi bularni
Endigina mevali toʻrtdan shokoladlisiga oʻtgandim
_Qochib ketmasdi
_Qayerdan bilasiz balki tugab qolar keyin nima qilamiz. Ertaroq yesam boʻlar ekan deb yuramanmi
Har qaraganida qoshiqchamdagi toʻrt boʻlagini koʻz koʻz qilib qoʻyardim.
_Ha toʻgʻri agar senga oʻxshagan yana bittasi kirsa aniq tugashi mumkin....
Hozir hech bir kesatigʻi kayfiyatimni buza olmaydi
_Semirib ketmagin deymanda
_Men bundan qoʻrqmayman. Hayotning shunday lazzatli nematlaridan viz kecha olmayman
Ham yeb ham gapirib ogʻzim tinmadi. Bir birimizni kuldirib oʻtirdik....esimga tushib qolganda yarmida qolib ketgan arazimni ham unutmadim...
_Yana xafa boʻldingmi
Bilol akam kecha tundan qanchalik qoʻrqqanimni eslab ustimdan kuldilar. Tun oʻtib tong otgani uchun jasurligim ham qaytib kelgandi hozir...
_Siz meni xafa qilishni yaxshi koʻrasiz xursand boʻlganimni koʻra olmaysiz
_Bu nima deganing kayfiyatingni koʻtarishga harakat qilayapman. Bu xizmatim uchun rahmat aytishing kerak
_Asli bu sizning burchingiz. Shunday ekan burchingizga masulyatliroq boʻling...
_Burchlarim qanaqa edi.....eslatib yubor
_Oʻzingiz oʻylang uyalmaysizmi mendan soʻrashga
_Negadir boʻynim ogʻriyapti
_Oʻtirib(suyanib) uxlash shunaqa boʻladi.....
_Unda nega oyoqlarim ham ogʻriyapti. Tuni bilan ogʻir yuk turgandek
Tomogʻimga nimadir tiqilgandek boʻlib yoʻtalib qoldim. Qilgan ishim yodimga tushdi u sezgani aniq. Sezmaydimi sezadi albatta tuni bilan oyoqlarida kimdir bexavotir mazza qilib uxlagandan keyin.
_Shirinlik koʻp yeb yubordim shekilli wiz ham yeysizmi
Mavzuni oʻzgartirishga harakat qildim. Yoʻqsa uyalib qizarishim aniq.....
Tush paytida uyga kirib bordik. Hech kimga koʻrinmay xonamga kirib ketdim. Bu uydan hech kimga aytmay ketib qolgandim. Nega unday qilding desa nima deb javob beraman axir. Boshqalarga koʻrinmaslik uchun xonamdan chiqmadim.
Tunda bemalol uxlay olmaganim uchun mazza qilib yumshoq keng yotoqda uyquni urdim. Bilol akam qayerga ketgani bilan ishim ham boʻlmadi.
Kechga yaqin uygʻonganimdan soʻng ham pastga tusha olmadim. Nazarimda pastga tushsam(butun oila qarshisida) gap eshitadigandekman.
Bilol akam yur desa ham kechlikga tushmadim uning oʻrniga darslarimni qildim. Necha kundan beri kitob varaqlamay qoʻygandim...
U mayli oʻzing bilasan deb ketgandan soʻng negadir och qolganimni sezdim. Ertalab yaxshilab ovqatlanish kerak edi. Oʻzimga oʻzim battar boʻl deb qargʻab oʻtirdim.
Bilol akam keldi yuziga ham qarahim kelmadi xuddi och qolganimga u aybdordek. Lekin u....
_Ma ol senga mevalar olib keldim. Hech boʻlmaganda shularni yeb ol
Bir xursand boʻlsam bir meva oʻrniga ovqat olib kelsa boʻlmasmidi deb oʻyladim majburlasa yerdimku......
_Rahmat
_Bularni yeb ketin yotib dam ol. Dars qilib oʻzingni charchatma
U meni kuni boʻyi uxlaganimni bilmaydimi mehribonchilik qilishinichi
_Men uxlab turdim endi ancha vaqt uxlay olmasam kerak. Darslarimni qilin oʼtiray.......
Yaxshi deb u ham yonimga jiylashdim Xullas dars qilib mevalarni barchasini yeb qoʻydim. Bilol akam boʻlsa yonimda meni kuzatib oʻtirdilar. Avvaliga bunga etibor bermagandim(balki meva va darslar sabablidir) lekin ular menga yaqin oʻtirgandi yelkasi yelkamga tegib turar....xatto tikilishi ham boshqacha
Bunga ham chidab turgandim lekin sochlarimga teginishi meni oʻngʻaysizlantirib qoʻydi. Nariroq oʻtiring demoqchi edim shu sabab u tomon qaradim lekin koʻziga qarab ayta olmadim. Koʻzlari koʻzlarimdan uzilib pastga tushganida tezda oldimga qarab oldim. Kecha qanchalik qoʻrqqan boʻlsam hozir shunchalik hayajonlanayapman. Mana nega u yonimda jilmay oʻtiribdi.....boshqa men uni rad eta olmasam kerak.
Yozishga qoʻlim bormay kitob varaqlay boshladim. Ammo xayolim butunlay boshqa narsada
_Sen guruhda eng alochisi boʻlsang kerakaa
Xayolimga koʻpincha dangasaligim sabab(uxlab qolaverardim) dars qilmay borishlarim tushdi
_Nega unday oʻylayapsiz
Suhbatlashish yaxshi yoʻldek tuyildi...
_Daqiqasiga ellik varoq oʻqiydigan qiz alochi boʻlishi kerak
U hozirgina ustimdan kuldl. Oʻlay agar kitobda biror soʻzni oʻqib eslab qola olgan boʻlsam. Xayolan varaqlayveribmanda u boʻlsa sanab turgan....menga nima boʻldi.......hatto unga keting deya olmayapman. Bu tinchilik bilan tugamasligi aniq....
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 23