28
“Har qanday isbot qilib bõlmaydigan haqiqat- haqiqat hisoblanmaydi…”
(«Põrtaxol murabbosi» serialidan)
Mening oilam Shohovlar xonadoni. Otam . onam . amakim , kenayim , amakivachcham va mendan iborat – kichikkina oila.
Ular qadimda Dovon shaharchasining asoschisi bõlgan 4 oilalardan birining avlodlari hisoblanashida, butun shaharchaliklar bizlarga chuqur hurmat va ehtirom kõrsatadilar.
U vaqtlar shaharcha u qadar daxshatli hodisalarga tõla xavfli hudud hisoblanmagan edi. Mana endi odamlar tun chõkishi bilan kõchaga chiqmay qõydilar.
Hamma yerda kammendant nazorati joriy qilindi, soat 21-00dan sõng kõchaga chiqish qatiiy ta’qiq etilgan.
Shunga qaramay men Shohovlar xonadonini tunda tark etishga majbur bõldim. Sababi – meni Zumrad õrmonga aynan tunda borishim taqazzo etilayotgan edi.
Zumrad õrmonda bir tosh bor- buni siz aziz õquvchilarim esdan chiqarib yubormagan bõlsangiz kerak? Sangipadar – “Otalar toshi” bu toshga õsha qadim zamondagi 4 ajdodlar siḡingan edilar.
Mana endi “kõzga kõrinmas” dõst – sirli habarchi shaharchadan ketishimni toshga iltijo qilib xayrlashish kerakligini aytayabdi.
Men buni xatto Faxrizga ham aytmadim,
Uni bu ishga aralashtirib nima qildim.
Usha kuni Imroyil Jovidonovning kõzlaridagi sõnggi gapni endi tushundim.
U yolḡiz farzandi – Faxrizni ehtiyot qilishimni mendan sõragan ekan.
Shu sabab bu ovloq va unutilgan makonga õzim keldim.
Atrof jim jit. Tunggi yonar qurtlar atrofda nur sochib turar, oqshomgacha yoqqan yomḡir tõsatdan tinib kõk yozi ochilgan, tungi yulduzli osmon tõsatdan yerga õz aksini tushirgandek tõq yashil tusli õrmonda yaltiroq shul’alar huddi uchib yurgan yulduzlarga õxshaydi.
Jilva qilayotgan narsa oqish harsang tosh ustida ekrani kumushdek porlayotgan mening noutbugim edi!
Uning sahifasi ochiq… Katta qilib unda “UMIDIM…” deb yozib qõyilgan … ammo undan boshqa yozuv yõq edi…
Shunda…
Tosh yonida yolḡiz õzim emasligimni bildim.
Menga orqa õgirib turgan kimsani men tanigandek bõldim.
Juda tanish kimsa… Juda tanish…
Men u kishini atigi ikki marta kõrganman xolos, õshanda ham yuzini aniq shaklini ilḡab olmaganman, Beyoz amakim uni “shaharchaning yangi hokimi…
Kalonov … Arslonning otasi…
─ Ha, Inju . huddi õsha menman. Seni bu yoqqa aldan chaqirib olganim yõq, mendan qõrqma..
Menga õgirildi hokim janoblari – Vo xudo? ! U aynan farzandi marhum Arslonning huddi õzi edi. Yosharib ketgan bu qiyofasini ayni damda amakim kõrsa nima bõlgan bõlardi?
─ Siz doim qop qora plash kiyib yurardingiz, yuzingizni deyarli yashirib ... eslashga urindim.
─ Ha farzandi arjumandim Yashil hovuzga chõkib õlgan kuni men uchun butunlay hayot tugagandek edi. Shu sabab yuzimni butkul yashirishga qaror qildim.
Quyosh nuri meni borgan sari harob qilayotgan edi.
Ammo ???
Qanday qilib hokim bola turib shaharcha aholisidan yashirinib yashash mumkin?
─ MAna shu tosh .. U qadimiy hususiyatga ega! U insonni nafaqat tuzatish hususiyatiga ega balki, uni yoshartirishi kerak bõlsa yoshini ham olib qõyishi mumkin,,, Buni men bobom aytib bergan ertaklardan eshitgan edim, Shu sabab bu shaharchaga kelishni kõpdan orzu qilardim.
─ Meni nima keragim bor unda? Menga shaharchadan ket , deb maktub yozgan siz ekansiz…da? – qõrqib ketdim.
─ Bu yer la’natlangan yer. Sen va sening oilang azaldan bu tuproqni xor qilib kelgan. Shaharcha ahliga õzini donishmand qiyofada kõrsatib mening õrnimdan ish yuritishiga q6yib ergan amaking… õzini chindan ham shaharcha hokimidek his qila boshlamadimi? Men kelishim uchun uni ishdan bõshatish kerak bõlardi… mening baxtimga unga mahluq hujum qildi,
Va hech kimga keraksiz matohdek chiqitga chiqdi,
─ Siz bularni bevaqt õlgan õḡlingiz uchun qilayabsiz … shundaymi?
Shaharchani bu qadar yomon kõrarkansiz… Nega hanuz shaharchadasiz? Nega hokimlikdan bõshamayabsiz?
Hokim janoblari xoxolab kuldi.
─ Eh sodda qiz. Sen shu qadar tentaksan ki, yarim kecha kap katta erkak bilan ovloq yerda bemalol shaharcha taqdiri haqida jon kuyitib tortishib õtiribsanki, yoki sen õta ketgan jasursan yoki haddan tashqari tentaksan…
Men sen bilan qilgan ishlarim haqida senga shunchaki s6zlab berish uchun bu yerda õtiribmanmi? Yõq… Yõq,
Menga sening bir paytlar õzingda bõlgan kuch qudrating kerak.. bu tosh ustida sen tuḡilgansan…
─ Aaa?/- hayratga tushdim “Tezroq qochish kerak..”
─ Hech qayoqqa qocha olmaysan.. sen kelishingdan avval hamma yerga tuzoq tayyorlab qõyganman… - quvonchdan hihilab kuldi Kalonov
─ Qopqon? – xayolimga qanaqadir shubhalar keldi,
─ Ha, aqlli qizcha,,,, Qopqon… õsha qopqonlarni ovsar amakivachchang va õzidan ham ovsar dõsti tili chuchik Sunnatga men olib bergnman, Ularni atrofga yoyib chiqib yõliga tõḡanoq la’nati hayvonlarni ovlashni men aytganman,
Ammo …
─ Arslon,,, õḡlingiz.. – men uning zaif nuqtasini kovlashga shu bilan bu xatarli hududdan eson omon chiqib ketishga taraddud kõrdim.
─ Arslon.. U “omadsiz “ tajribam qurboni bõldi.
Uni õldirish rejada yõq edi. Uning õrniga Imroyilning yolḡiz farzandi hõrak edi, ammo baxtga qarshi men tayyorlagan hovuzdagi tuzoqqa U emas… usha kuni tungi sayrga chiqqan farzandim tushib qoldi.
─ Bundan chiqdi,,- xayollarim va nihoyat savollarga javob topilayotganiga sevinib kõzlarim yaraqlab ochilib ketdi.
─ Dilora … Bechora qiz…
─ U ham “baxtsiz “ tasodif qurboni bõldi.. Faxriz uchun tayyorlagan “siniq” kõprikdan yana boshqa aybsiz odam qadam qõydi va halok bõldi…
─ Siz Faxrizni daryodagi eski kõprik orqali õtishini bilardingiz???
Ammo..
─ U yerdan yolḡiz Faxriz emas boshqalar ham õtishini siz esdan chiqarib q6ydingiz…
Hokim Kalonov asabiy tõnḡiladi.
─ Toki sening eski kuchingni tortib olmas ekanman, bu toshning hamma qudratiga tõliq ega bõla olmayman..
─ Siz nega meni birinchi kundanoq õldirib yubora olmadingiz??- yiḡlagim keldi, atrofga umidsiz qaradim.
─ Sendan qanaqadir kõhna afsun bor. Uni kimdir senga muhrlab qõygan… Men senga ilk marta Kõhna ibodatxonada q6l tekkizganimda his qilgandim..
<<Mukram… >> U qanaqasiga hokim bõlishi mumkin? Ahir uning qiyofasi…
─ Bu yerda Jodugarning 4 shogirdi haqidagi kõhna afsona yurishini eshiitgansan? Tõḡrimi? Ammo snega uni boshqacha talqinda sõzlab berishganidan xabaring yõqqa õxshaydi…- shodon qarsak chaldi Kalonov
─ Bu yer shu qadar jirkanch va ibliszodalarga tõlib toshganki bechora Yahyo Shohov qizim deb asrab olgan chaqaloq aynan bir paytlar õzi jonidan ortiq sevgan sevgilisining aynan õzi ekanini ikki uxlab tushiga ham keltirmagan !!
─ Yoḡdu…. – shivirladim men
─ Ha – ha !!! – iriladi Kalonov – Yoḡdu … U mening izmimga kirmagan yagona inson edi… U menga bõysunmadim… Menga qarshi kurashish uchun tõrt kõngillini topdi… Va menga qarshi urush e’lon qildi…
─ Tõrt kõngilli? – kõz oldimga Shahin amakim bergan eski surat kõrindi… Yoḡdu va uning tõrt dõsti.
─ Tõrt shogirdi.. aniqlik kiritdi Kalonov
─ Yoḡdu Iblisning malayi edi, õzini la’natdan qutqarib qolish uchun bilgan barcha ilmlarini tõrt yosh yalangga õrgatdi… Ular esa kelajakda shaharga Yoḡduni izlab kelishi mumkin bõlgan Iblisdan himoya devori hizmatini õtardilar.
Ammo ularning ham õz hudbinligi bor edi..
Imroyil va Yahyo Yoḡduni birdek sevib qolishadi va õrtada kurash paydo bõladi.
Shahin va Vafo esa ularning tarafini olishadi.
Vafo Imroyil tarafga SHahin esa Yahyo tarafini oladi,
Yoḡduning rejasi chippakka chiqadi. Uning ustiga kutilmagan xatar ham “AHIYRI” yetib keladi..
─ Mendan nima istaysiz? – men negadir õlim haqida aslo õylamasdim…
─ Menga hammasini qaytarishingni .. Va barchasini barham topishini istayman…- dedi Kalonov..
Men eski xazon bosgan yerga õtirib qoldim.
Men “KIM” man õzi?
Otam nega menga hech narsani aytmagan???
─ Otamning maktublari… - shivirladim…
─ Ha … dedi iqror bõlib Kalonov. ─ Sen otangning maktublarini vaqtida õqimading… Yengil yelpi sayru tomoshaga berilib eng birinchi navbatda ogohlantirishlarini kõzdan qochirding…
─ Endi nima bõladi?- men noutbugimni kim õḡirlaganini sezib turardim. u mening qarshimda..
─ Õz taqdiring hikoyasini õzing yozasan…- dedi Kalonov va tosh ustida boyadan beri yoniq turgan noutbugimni yerga tashladi,
─ Qalam kuchi juda qudratli narsa,.. Inju.. – seni Yoḡdu deb chaqirishni istamayman. U katta xato qildi va menga hiyonat qildi, “Yashin urgan qiz” haqida otang balkim senga aytib bermagandir, ammo õlishi muqarrarligini bilgan Yoḡdu õzining tanasini vaqt oqimiga qarshi burib ortga qaytganini faqat men bilardim.
Õshanda Faxrizning otasi Imroyil amakim…tosh ustida chaqaloqni kõradi…
Zulmat esa to chaqaloq qayta unib ulḡayishigacha vaqt poylaydi..
─ Mana endi ertakning hamma tugunlari ochildi…- chapak chaldi Kalonov/
─ Sizchi? – savol berdim men…
─ Men? – qiziqsindi Kalonov
─ Bundan sizga nima naf?
─ Men õzimga qaytishi kerak bõlgan Yakka hokimligimni qaytib olish uchun kurashdim…
Inson zoti hiyonatkor mavjudot.. Unda qalb bor ammo u hiyonat va qurbonlikdan boshqasiga yaramaydi…
Tangri õzi suvratidaqa qilib insonni yaratdi va unga hamma narsani hadiya qildi ammo inson evaziga nima qildi? Unga hiyonat qildi? Uning bor ishonchini tuproqqa qordi.
U sevib qoldi,. Muhabbat insonning kõzini kõr qildi..
Ayol makriga uchib Odam Tangriga hiyonat qildi. Jannatdan quvildi…
Va bariga men Iblisni “aybdor’ deya tuhmat qildi.
Ana shundan beri men yer yuzida izḡiyman… Va inson zotining aslida qalbida hiyonat va razolat mavjudligini menga buni aslo aloqasi yõq deya Tangri bilan baxslashaman..
Senlar taḡin xatoga yõl qõydingiz..
─ Yõq… - dedim dadil u kishiga tikildim. ─ Inson buyuk hilqat,uning qalbida nopoklik uya qura olishiga MUhabbaT tõsiq bõladi,,, U shunchaki sevib qolgan xolos…
─ Sen yana ularning gapini takrorlayabsan ojiz mavjudot..
─ Qalam qudrati bilan Tangrim “YOZ…” deb buyurganda Qalam hammaning taqdirini allaqachon yozib q6ygan edi,, qayerdan bilasiz? Men uchun Yoḡdu qadriag yermagan “Ikkinchi Imkoniyat” berilgandir?
─ Huddi Yer kurrasiga badarḡa qilingan Havvo kabi mi?- pichirladi Kalonov.
─ Momo Havvoning qalbidagi muhabbat ikkinchi imkoniyatni hadiya qildi. Ular yana va yana uchrashaverdilar,… - dedim men .
Bu safar Kalonov indamadi,
(davomi bor)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев