Предыдущая публикация
Bugundan ayrildik ayro bo'lamiz.
Unutish chekini qo'limga oldim
Sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Boshqalar sen kabi mehribon ekan,
Qo'rqma ishq bog'ida kirmaydi tikan.
Yurakka azobmas quvonchni soldim
Sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Seni tushda ko'rmadim tong otdi,
Seni o'ylamadm kun botdi.
Yonsam faqat o'zim deya rossa yondim
Sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Yarimta yuragim butlanib qoldi,
Yaqinlar mehr berib qutqarib qoldi.
Bilib qo'y sendan endi men tondim
Sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Baxt sensiz ham yonimga keldi
Sensiz ham borini ayamay berdi,
Yangi do'stlarim mehriga qondim
Sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев