Yomon asab buzildi,
Ko'zing kimga suzildi.
Xiyonatga burkanib -
Rishtalar ham uzildi.
Faqatgina sen o'sha,
Xiyonatga yaraysan.
Ayt endi qanday qilib,
Ko'zlarimga qaraysan.
Azaldan sen yomonsan,
Bevafolar tomonsan.
Lekin seni sevganman,
Yuragimni berganman.
Endi afsuslardaman,
Nursiz bir ko'zlardaman.
Men seni tark etaman,
Olislarga ketaman.
Keyin topa olmaysan,
Ko'ngil ocha olmaysan.
Qalbimda mangu so'nding,
Endi yona olmaysan.
Ket qadrimni izlama,
Sevishimni ko'zlama.
,,U meni sevardi" deb,
Yig'lab-yig'lab bo'zlama.
Yulduzlarga tikilib,
Sirlaringni so'zlagin.
Gar u to'g'ri kelmasa -
Boshqa sirdosh izlagin.
Mening sof tuyg'ularim,
Bilmam qanday tuyildi.
Sen boshlagan ertakka,
Bugun nuqta qo'yildi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5