Shistozomalar issiq
mamlakatlarda keng tarqalgan
bo‘lib, odam va hayvonlarda
uchraydigan kasallikdir. Jahon
sog‘likni saqlash tashkilotining
ma’lumotiga qaraganda, 200 milliondan ziyod kishi shistozoma
turidagi qon so‘ruvchilardan
azob chekar ekan. So‘ruvchilar
odam va hayvonlarning qorip
ichi, ichak, jigar va qovuq qon
tomirlarid^ tekinxo‘rlik qiladi. Qurt qo‘ygan tuxumlar bu
organlarga og‘ir shikayet
yetkazadi. Tuxumlarning bir qismi
ichak, qonuk, devorlari orqali
o‘tib, axlat bilan birga
tashqariga chiqadi. Agar ular suvga tushib qolsa, tuxumlardan
lichinkalar, ya’ni ingichka
o‘simtalar bilan qurollangan
miratsidiylar chiqadi. Deyarli
ko‘zga ko‘rinmas bu lichinkalar
sharoitni chamalab ko‘rib, qurbon topish maqsadida izlana
boshlaydi. Qorinoyoqli
molyuskalarni uchratib, ularning
tanasiga darrov kirib olib,
jigarga o‘tadi va serkariylik
davrigacha o‘sha joyda rivojlanadi. Serkariylar
molyuskalar tanasidan chiqib,
suvda yashay boshlaydi.
Odam cho‘milayotgan yoki
suvda ishlayotgan paytida unga
serkariy yuqadi. Suzib yurgan lichinka bosh bezlari bilan
qurollanib oladi va suvdagi
odamning terisiga uning
"sezgichi" yopishibg terisininig
ichiga kiradi va qon aylanish
sistemasiga o‘tadi. Lichinkalar qon tomirlari, jigar, ichak va
qovuqqa o‘tgach, yetuk qurtga
aylanadi. Shistozomalarning
uzunligi salkam 1-2. sm bo‘lib,
ikkita so‘ruvchi - yopishib
turuvchi organ bilan qurollangan bo‘ladi.
Bu so‘ruvchilar bilan og‘rigan
odamlarni davolash juda qiyin.
Gelmintlar uzoq vaqt
tekinxo‘rlik qilishi mumkin.
So‘ruvchilarning ba’zi bemo'rlar tanasida besh-o‘n yil
tekinxo‘rlik qilgan hollari
ma’lum. Shistozomoz bilan
og‘rigan odamning mehnat
faoliyati keskin pasayadi. VOZ
ekspertlari fikricha, shistozomoz odamni hattoki o‘limga olib
kelishi mumkin. Bu dard
natijasida zaiflashgan odam
boshqa kasalliklarga qarshilik
ko‘rsata olmaydi.
Shistozomoz katta zarar keltiradi. Masalan, shistozomoz
bilan kasallanish tufayli mehnat
qobiliyati pasaygan odamlarning
o‘zi har yili Afrikada qariyb 445
mln. 866 ming dollar, Mavrikiy
orolida 775 ming dollar, janubi- g‘arbiy Osiyoda 165 mln. 272
ming dollar, janubi-sharqiy
Osiyoda 118 mln. 143 ming
dollar, Amerika mamlakatlarida
604 mln. 967 ming dollar zarar
keltirmoqda. Jahon bo‘yicha ko‘rilgan zarar har yili 641 mln.
790 ming dollarni tashkil qiladi.
Odam markaziy asab
sistemasining shistozoma
tuxumlari bilan shikastlanish
hollari tobora ko‘p uchramoqda. Ko‘pgina bemorlarda tutqanoq,
falaj kasalligi kuchayib, hatto
ko‘r bo‘lish hollari ham
kuzatilmoqda.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53324409733227&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7539
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев