Sog‘liqni saqlash san’ati odam
gavdasini uning munosib va
yoqadigan narsalarini saqlash
orqali o‘sha tabiiy ajal deb
ataladigan yoshga yetkazishdan
iborat.
Abu Ali ibn Sino Bizning fikrimizcha, mazkur
risolada semizlikning qarama-
qarshi holati, ya’ni ozib ketish
holatini ham aytib o‘tishi lozim.
Ko‘pincha ozg‘in bolani
qarindosh-urug‘lari ko‘rib qolsa, "yaxshi ovqat yemabsan,
qara qovirg‘alaring chiqib
ketibdi" yoki "ota-onang ovqat
bermayapdimi", degan hazil
aralash savol berishadi. Bizning
o’zbek oilalarida, oila a’zolari ichida 1 yoki 2 ta farzand bo‘yi
past va ozg‘in rivojlanadi.
Ba’zi hollarda oilada 2 ta
farzand ichida eng kichkinasining
vazni juda kam, yetishmaslik
holatiga ega bo‘ladi. Bunday hollarda oilaning asosiy harakati,
intilishi ushbu bolani semirtirishga
qaratiladi, ushbu natijaga
erishish uchun haqiqiy kurash
boshlanadi. Har kuni tovuq
sho'rva, 10 talab tuxum yutish, qo‘y dumbadan tayyorlangan
taomlar, yuqori kaloriya ga ega
mahsulotlar — bularning hammasi
to‘xtovsiz beriladi, lekin natija
yo‘q. Ularning ko‘pchiligi
bolasini boshqa tengdoshlariga — yon qo‘shni, oddiy turmush
kechirayotgan "o‘rta hol"
oilaning baquvvat o‘g‘li-qizi
bilan solishtirishadi. 3-4 yildan
beri yaxshi boqishadi, ukollar,
vitaminlar oladi, qani endi semirsa — bir gramm ham
qo‘shilmagan. Yosh bola
ozg‘inligicha rivojlanaveradi,
sababi nima, ota-onalar
hayron.Insonning keskin ozib
ketishi sabablari ko‘p, bunga organizmda uzoq vaqt davomida
parazit bo‘lib yashayotgan
gijjalar, har xil travmalar, sil,
buqoqning bir turi, bosh miya
shikastlanishi, o‘smalar va
hokazolar sabab bo‘ladi. Bulardan tashqari insonning
ruhiy holati — har xil dipressiya,
nevrozlar, uzoq davom
etayotgan notinchliklar ham
tana vaznining kamayishiga,
keskin ozishga olib keladi. Shuningdek, keskin, kam vaqt
orasida ozib ketish saraton
kasalligining asosiy belgilaridan
biridir.
Bir xil hollarda noto‘g‘ri, katta
miqdorda dori-darmonlarni qabul qilish, uning dozasini bilmasdan
kup iste’mol qilish keskin ozish
holatini paydo qiladi.
QIZIQARLI MA’LUMOT: Afrika, Amerika qit’alarida
joylashgan kichik mamlakatlarda
ocharchilik hukm surmoqda,
million-million odamlar qorni och,
bir burda nonga zor. Bunga
Afrika mamlakatlardagi Nigeriya, Somali, Keniya, Xitoy
respublikasining uzok,
qishloqlarida yashayotgan
odamlar va AQShdagi tropik
o‘rmonlarda yashayotgan
minglab indeyets qabilalarini misal qilib olsak bo‘ladi.
Shulardan biri Simmonds xastaligi
yoki gipotalamo-gipofizar
kaxeksiyadir. Bu kasallik oddiy,
somatik kasalliklarga qaraganda
kam uchraydi, shunga qaramay
bilib qo‘ygan yaxshi. Bu kasallik asosida gipofizar oblastining
shikastlanishi kuzatilib, u
adenogipofiz faoliyatining
to‘xtab qolishi va periferii
chetda joylashgan endokrin
bezlarning yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi.Bunda keskin ozib
ketish (kaxeksiya), vaqtdan
oldin qarib ketish modda
almashuvining buzilishi kuzatiladi.
Ko‘pincha ushbu xastalik
ayollarda 30-40 yoshlarda uchraydi.Bosh miyaning muhim
hisoblangan gipofizar oblastining
shikastlanishi har xil infeksiyalar,
travma, qon quyilishi, xavfli
o‘smalar protsessi sababli
vujudga keladi. Bu kasallik yurtimizning aksariyat aholisiga
ma’lum emas. Biz terapiya
bo‘limida ishlayotgan 100 ta
hamshiraga shunday savol bilan
murojaat qildik:— Simmonds
kasalligi nima? Bu savolga 92 ta hamshira birinchi eshitishimiz,
bilmaymiz; 8 tasi esa bilamiz deb
javob berdi. Mazkur natijalar bu
kasallikni hatto o‘rta
ma’lumotga ega tibbiyot
xodimlari ham kam bilishini ko‘rsatadi. Oddiy aholi
to‘g‘risida gapirmasa ham
bo‘ladi.
Uning belgilari — umumiy xolsizlik,
quvvatsizlik, dinamiya, keskin
ozib ketish, ishtahaning umuman yo‘qligi, qo‘l-oyoqlarning sovuq
qotishi, jinsiy faoliyatining yo‘q
bo‘lishi, atrof-muhitga befarqlik
qabilalarda namoyon bo‘ladi.
Obyektiv holda keskin ravishda
tananing teri osti kletchatkasining ingichka bo‘lib
qolishi, mushaklar atrofiyasi (ki
chik hajmga ega bo‘lish),
vaqtdan oldin qarib ketish,
bemor terisiga ajin tushishi, yer
rangida, uning burishib ketishi ko‘zga tashlanadi. Shu bilan
birga soch va qo‘ltiq tagidagi
tuklarning sinuvchanligi va
to‘kilishi, bir xil hollarda qosh,
mo‘ylov va soqol tushib ketadi.
Bemorlar organizmidagi ichki a’zolar faoliyati keskin
o‘zgarib gepofunksiya va
atrofiyaga uchraydi. Ushbu
kasallikda yuqorida aytib
o‘tilganidek hamma chetda
joylashgan endokrin bezlarining faoliyati ishdan chiqadi.
Kattalarda ikkilamchi jinsiy
belgilar orqaga qaytadi,
ayollarda sut bezlari va
bachadon atrofiyaga uchraydi.
Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi gipotireoz ko‘rinishga
olib keladi. Shu qatori buyrak
usti bezi gipofunksiyasi belgilari
sifatida kuchli holsizlik, qon
bosimining tushib ketishi, qondagi
qand miqdorining pasayib og‘ir ahvolga tushishi kuzatilishi
mumkin.Kasallikni kechishi. Bir xil
hollarda kasallik juda asta
kuchayadi. Shunday shakllardan
biri borki, ko‘p yillar mobaynida
tana vazni sekin kamayadi, shu bilan birga holsizlik, kam
harakatlik, gipotenziya, jismoniy
faoliyatning kamayishi, gipotireoz
belgilari kuzatiladi. Kasallikning
ko‘pchilik hollarida xastalik bir
necha oy ichida progressiv holatda bemorni nogironlikka olib
keladi. Bizning kuzatishlarimizda
bemorlar har oy 3-5 kg ozishar
edi. Juda kam hollarda kasallik
kuchli kechishiga, rivojlanishga
ega bo‘lib 2-3 oy ichida bemor teri bilan qoplangan skeletni
eslatadi. Tashxis xarakterli
shikoyatlar va progressiv ozib
ketish asosida quyiladi. Eng
yetakchi simptomlardan biri bu,
albatta, bemorning keskin ozib ketishidir, bu holat kasalning
ovqatlanish usuli va hajmiga
bog‘liq emas. Gormonal
tekshirishlar gipofizning trop
gormonlari pasayishiga va
buyrak usti, qalqonsimon hamda jismoniy bezlarning
yetishmovchiligiga bog‘liq.
Bunday bemorlar, albatta,
dokrinologik dispanserlarida
mutaxassis shifokorlar
nazoratida davolanishlari lozim. Shu bilan birga insonning ozib
ketishi saraton kasalligida ko‘p
kuzatiladi va bu klinik belgi
bemorni shifokorga murojaat
qilishiga sabab bo‘ladi. Somatik kaxeksiya, nevrogen
kaxeksiya ham keskin ozib
ketishning asosiy sabablaridan
biri hisoblanadi. Agarda biz
nevrogen kaxeksiyani chuqur
tekshirsak, unda bu kasallik o‘z nomi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli
nerv siqilishi, ruhiy ezilish, ish
faoliyatida 1-2 yillik uzoq
muddatli stress holatlar sababli
yuzaga kelishi isbotlanadi. Bir xil
hollarda bemorlar, ayniqsa qizlar orasida "moda" bo‘lgan ozish
turlari, har xil parhezlar
(fransuzcha, xitoycha, hindcha,
amerikancha, ukraincha,
italyancha, nemischa va hokazo)
yillab tutiladi va bemorning keskin ozishiga olib keladi.
QIZIQARLI MA’LUMOT: Erkaklar asosan beli ingichka
bo‘lgan ayollarni yoqtiradilar. Bu
o‘rganilgan va isbotlangan
dalildir. Shu o‘rinda bugunga
qadar yozilgan badiiy asarlarga
ham e’tibor qaratilgan. Sabab hozirgi zamon erkaklari bilan
avvalgilarining didlarini
solishtirishdir. Birorta hikoya,
roma yo‘qki, unda ayol ishtirok
etmasin va uning go‘zalligiga
alohida tavsif berib o‘tilmagan bo‘lsin. Ana shunday asarlarda
insoniyatning go‘zal bir bo‘lagi
bo‘lmish ayollar muallif
tomonidan turlicha ta’riflangan.
Qaysidir asarda go‘zal ko‘zlar,
boshqasida uning oy kabi nurli yuzi, siynasi va jismidagi boshsh
bir qism e’tibor bilan tilga
olinadi. Ammo romanlarda ayol
go‘zalligini ta’riflovchi qismlar
o‘rganib chiqilganda ham shu
narsa aniqlandiki, ko‘pgina yozuvchilar asardagi go‘zal
xislatni tavsiflayotganda
aksariyat hollarda uning ingichka
beliga alohida urg‘u berib
o‘tishgan.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53324409733227&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7539
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1