Bu qurtlarning uzunligi 3-5
sm.dan oshmaydi. Boshida
to‘rtta so‘rg‘ichi va 24-30 ta
ilmoqchasi bor. Balog‘atga
yetgan qurtlar odamning
ingichka ichagida yashaydi. Ularning oraliq va oxirgi
xo‘jayini odam hisoblanadi. Bu
yopishqoq qurtning tuxumi
me’da-ingichka ichak yo‘liga
tashqaridan kirib qolsa, po‘stini
tashlaydi, undan hosil bo‘lgan lichinkalar ichak tuklariga kirib,
sistitserkoidlarni paydo qilib,
rivojlanishida davom etadi. Bu
"yosh" mitti qurtlar tuklarga
tazyiq qiladi, ular nekrotlashadi.
So‘ngra qurtlar ichak devoriga yopishib oladi, 21-23 kun
o‘tgach, balog‘atga yetadi.
Ular tuxum qo‘yadi, tuxumda
odamlarni kasallantiradigan
lichinkalar bo‘ladi. Shu holatda
bemor organizmida rivojlanib, axlat bilan tashqariga chiqadi,
qolgan tuxumlar esa sog‘lom
odamlarga yuqishi mumkin.
Bemorning me’da-ichak faoliyati
buziladi, ishtahasi yomonlashadi,
mehnat qobiliyati pasayadi. Bu kasallik, ayniqsa, bolalar orasida
keng tarqalgan. Bu kasallik
qo‘lga qurt tuxumlarining tushib
qolishi natijasida yuqadi.
Gimenolepidoz O‘zbekistonning
barcha viloyatlarida, asosan, bolalar orasida ko‘plab
uchraydi. V.Lemelev,
V.Serebryakovlarniig
ma’lumotiga qaraganda,
bemorlarning 95 foizini 3
yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Shunday
qilib, mitti qurt kasalligining
tarqalishida shaxsiy gigiyenaning
roli muhimligi ko‘rinib turibdi.
Kichik yoshdagi bolalarda shaxsiy
gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilmaslik tufayli ular darhol
kasallikka chalinadilar.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53324409733227&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7539
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2