qidirib, Nafisa
bir necha marta bozor aylandi. U
har gal
lov lov yonib, ko’zlarini
qamashtirgan
moviy ko’ylak yonida
to’xtayverardi.
Libosga mahliyo bo’lib qolgan
qizni ko’rgan
sotuvchi qo’yarda-qo’ymay, uni
ko’ylakni
kiyishga undadi. Xuddi ataylab u
uchun
tikilganday, libos qizning chiroyini
yanada
ochdi. Nafisa ko’ylakni jon deb
olgisi kelar,
lekin, uning bahosi maqul
kelmayotgandi.
Sotuvchidan narxini tushirishni
iltimos
qildi, ammo buning iloji bo’lmadi.
Olay desa
puli kamroq, ammo ko’ngliga
shundan
boshqasi o’tirmayapti.
- Keling yetmaganiga men qo’shib
yuboraman. Qiz notanish kishinig
ovozidan
cho’chib, orqasiga tisarildi. Ortida
bir
begona yigit jilmayib turardi. Qiz
xayron
bo’lib u yoq-bu yog’iga qaradi.
O’zidan
boshqa xech kimni ko’rmagach,
"Menga
gapiryapsizmi?” deya yigitdan
so’radi.
- Ha, sizga aytyapman. Bu ko’ylak
sizga
juda yarasharkan.
Yigit samimiy jilmaydi. Biroq uning
bu
iltifoti, Nafisaga yoqmadi. Duch
kelganga
gap otadigan yigitga o’xshab
ko’rindi.
- Kimsiz o’zi, menga yordam
berasiz? Sizni
tanimayman. Ko’ylak xecham
yoqqani yo’q.
Uni olmoqchi emasman.
Nafisa jaxli chiqqanidan xo’mrayib,
ildam
yurib ketdi.
- Nimaga hafa bo’lasiz? Ko’ylak
yoqqanini
bilaman. Sizga xolis yordam
bermoqchi
edim – dedi Nafisaning izidan
yugirib
kelgan xaligi yigit.
- Meni duch kelganga ko’ylak
oldiradigan
qiz deb o’yladingizmi?
- Yo’q, unaqa o’ylamadim. Aqlli
qizligingiz
ko’rinib turibdi. Sizga yordam
bermoqchi
bo’lsam, buning nimasi yomon?
Qiz indamay shaxdam qadam
qadam
tashlashda davom etdi. Yigit
sezdirmasdan
uning orqasidan ergashib keldi.
Nafisa
uyiga yugurib kirib ketgachgina,
yigit
ortiga qaytdi.
Shu kecha Nafisaning ko’ziga
uyqu
ilinmadi. Xayolidan notanish
yigitning
kulimsiragan chexrasi ketmasdi.
Garchi
o’sha paytda unga xo’mrayib,
qo’pol
gapirgan bo’lsa-da, ammo yana
ko’rgisi
kelayotgandi. Endi uning bir lahza
uchrashgan quvnoq nigohlari
qizning
oromini o’g’rlagandi.
Ertasiga Nafisaning darslari
ko’payib,
universitet binosidan chiqqanida
qosh
qorayib qolgandi. Uzun yo’lakdan
erinibgina
qadam tashlarkan, qarshisida
tanish yigit
to’xtadi. Bu kutilmaganda sodir
bo’lganidan
qiz shoshib qoldi, biroq gullarni
ko’rib,
yuziga tabassum yugurdi.
- salom, Nafisa, yaxshimisiz?.. –
dedi yigit
hayajonlanib.
Nafisa uni ko’rib sevinib ketti-yu,
lekin
buni sezdirmadi. Yana jiddiy
qiyofaga kirdi:
- Sizmisiz? Meni shu yergacha
izlab
keldingizmi?
Yigit Nafisaning pisanda gaplariga
e’tibor
bermay, xazilga o’tdi:
- Izlab-izlab Makkani
topishganida, sizni
toppish nima bo’libdi?
Endi Nafisa o’zini bosib turolmadi.
Shaqillab
kulib yubordi:
- Juda g’alati ekansiz-ku, men bu
gaplaringizni nima deb tushunay?
- Meni ahmoq deb o’ylayapsizmi?
Noo’rin gapirib qo’yganini bilib,
Nafisaning
yuzlari qizardi:
- Men unday demadim,
shunchaki,
institutimgacha kelganingizga…
- Yaxshiyam kelibman, bo’lmasa,
qorong’ida
bir o’zingiz qanday ketardingiz?..
Yigitning xazilidan ikkisi ham
berilib
kulishdi.
- Qo’riqchilarim ko’payaversa, har
kuni
kech chiqishga o’rganib qolaman.
- Unda o’qishni tashlab
qo’riqchilikka ishga
kirarkanman-da…
Ular xazil-xuzul bilan manzilga
yetib
kelishganini sezmay qolishdi.
- Kuzatib qo’yganingiz uchun
sizga raxmat,
- deya muloyim jilmaydi qiz.
- Akrom, otim Akrom.
- Qarang-a, shuncha
gaplashibman-u,
ismingizni so’ramabman.
- Hechqisi yo’q, mayli, yaxshi dam
oling. Ha
aytgancha, - deya darvozadan
kirib
ketayotgan qizni to’xtatdi Akrom.
– Sizdan
bir narsani so’ramoqchi edim.
Ertagayam
oldingizga borsam maylimi? Faqat
yo’q
demang…
Nafisa uyalinqirab yerga qaradi va
xech
narsa demay, darvozani yopdi.
Akrom uning chexrasidan rozilik
alomatini
anglab, quvondi. Nafisa bo’lsa,
uyga
kirgach: "Ishqilib roziligimmi
tushungan
bo’lsin-da”, deya xayolidan
o’tkazdi.
Shu zaylda kunlar bir-birini
quvlab o’tar,
Akrom xar kuni Nafisani
universitet
darvozasi yonida kutib turardi.
Agar yigit
kechikkuday bo’lsa ham, qiz doim
uchrashadigan joylaridan
ketmasdi. Akrom
kelganidan so’ng, soxta araz,
pichinglar…
Lekin ular bor yo’g’i bir necha
daqiqagina
davom etardi.
Bugun Nafisaning tug’ilgan kuni.
Yo’lak
boshida Akrom uni kutib turardi.
Qizning
ko’ngli o’zi ham tushunmaydigan
allaqanday tuyg’ularga limmo-lim.
Salomlashgach, Akrom uning
qo’liga bir
dasta gul va yaltiroq qog’ozga o’ralgan quticha tutqazdi.
- Tug’ilgan kuningiz bilan, Nafisa. Doim kulib yuring. Sizni yaxshi ko’raman. Akromdan bu gaplarni eshitib,
qizning yuzlari lovullab ketdi va uyalib
yerga qaradi:
- Men ham…
Nafisa Akromni uyiga – kechqurungi
bazmga taklif qilishga ota-
onasidan istihola qildi. Shuning uchun universitetdayoq xayrlashishdi.
Uyiga keliboq, u yigitning sovg’asini ochib ko’rdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki,
qutining ichida Nafisaning xavasini keltirgan ko’ylak turardi. Qiz ich-ichidan quvonar, ammo atrofdagilarga sezdirmaslik uchun kulmasdi. Bu uning hayotidagi eng yaxshi tug’ilgan kuni edi. Ertasiga Nafisa minnatdorchilik bildirish uchun
Akromni kutdi. Lekin yigitdan darak
bo’lmadi."Ishi
chiqib qolgandir-da”, deb hayol qilib, uyiga qaytdi. Ammo undan keyingi kunlari ham shunday bo’ldi. Nafisa ko’zlariga
yosh olib,
kechgacha darvoza yonida
turardi. Oradan
o’n kun o’tsa hamki, Akrom
kelmadi. Qiz nega birdan bunday bo’lganiga tushunmas, uni javobsiz savollar qiynardi. Yigit uni aldagani aniq. Nafisa o’zini
shunga ishontirishga urinib, Akromdan nafratlanishga harakat qilardi.
Biroq uning
shirin gaplari qulog’idan, samimiy nigohi esa ko’z oldidan ketmasdi. Bu orada qizga
sovchilar kela boshladi. Ammo, Nafisaning ko’ngli Akromdan boshqasini demasdi. Oxiri
uning o’zi yigitni qidirib topishga qaror qildi. Avval u o’qiydigan universitetga bordi. U yerdan tayinli gap ololmagach,
ishxonasiga bordi. Hamkasblari bir oydan buyon ishga chiqmayotgani, og’ir kasalligini aytishdi. Akromning manzilini aniqlagach,
to’g’ri unikiga ketdi. Yo’l bo’yi uning
miyasida turli
o’ylar g’ijg’on o’ynardi: "Akrom
kasal bo’lsa,
nega menga bir og’iz aytmadi?..”
Akromlarning darvozasini yoshi
kattaroq ayol ochdi. Onasi bo’lsa kerak,
deb o’ylab,
Nafisa u bilan quyuq so’rashdi.
Nega kelgani aytolmay, biroz qiynaldi. Xijolat bo’lganidan so’zlay olmayotgan qizga xaligi ayolning o’zi yordam berdi:
- Nafisa siz bo’lasizmi, qizim?
- Ha…
- O’zim o’rgilay sizdan, o’g’lim har alaxsiraganda, faqat sizning
ismingizni aytadi. Uyg’onganida kim deb so’rasam,
indamaydi… Ayol gapini tugatolmay,
xo’ngrab yig’lab yubordi.
- Yig’lamang, Xudo shifo berib, tuzalib ketadi o’g’lingiz.
Nafisa unga tasalli bergach,
Akromning xonasiga kirishdi. Katta xonada dori hidi
anqir, burchakdagi karavotda esa,
Akrom yotardi. Uning ko’zlari kirtayib
qolgan, yonoq suyaklari esa bo’rtib chiqqandi. U
Nafisani ko’rib, o’rnidan turmoqchi bo’ldi.
Lekin uddalay olmadi. Qiz yugurib
kelib, karavot yoniga cho’kkaladi va yig’lab yubordi.
- Nimaga indamay ketdingiz? Yo menga ishonmaysizmi? Siz uchun hech
kim emasmanmi?
- Unday dema, Nafisa. Shunchaki, seni qiynagim kelmadi.
- Menga aytmasangiz, battar qiynalishimni
o’ylamadingizmi?
Qiz o’kirib yig’lagisi kelar, lekin Akromning onasi yonida bo’lgani uchun
bunday qilolmasdi. Ularni xoli qoldirib,
Zumrad opa tashqariga chiqib ketdi.
- Sizni har kuni darvoza yonida
kutardim.
- Bekor qilibsan, kutmasliging
kerak edi. Chunki, endi u yerga bormayman. Nafisa Akromning dardga tez taslim bo’layotganini ko’rib, baland
ovozda gapirib
yubordi:
- Bekor aytibsiz!.. Siz hali tuzalib ketasiz.
- Do’xtirlar tuzalishing qiyin,
deyapti.
- Qiyin debti, lekin tuzalmaysan
demabdi-ku. Faqat siz taslim bo’lmasligingiz
kerak. Men o’zim yordam beraman. Akrom mahzun gap boshladi:
- Nafisa, menga birovning rahmi
kelishini istamayman. Kim ham kasal odam
bilan yashashni xoxlaydi?..
- Siz tuzalasiz.
- Iltimos, gapimni bo’lma. Sen yaxshisi ket. Biror yaxshi yigitga turmushga chiqib, baxtli bo’l. Sen baxtli bo’lsang,
men ham baxtliman.
- Lekin, men sizsiz baxtli bo’lolmayman.
Xozir esa qo’rqoqlik qilyapsiz. Tuzalib ketishingizga o’zingiz ishonmayapsiz.
- Men tuzalaman, ammo bunga
uzoq vaqt kerak. Tushun, seni ota onang
uzoq kutishga rozi bo’lmaydi. Agar
baxtsiz bo’lib
qolsang, men chidolmayman.
- Ularga hammasini o’zim
tushuntiraman.
Ko’rasiz, ular tushunishadi… Nafisa so’zida turdi. Ular muhabbatlari uchun juda qattiq kurashardi. Qiz Akromning muolajalariga doimo birga borar, yigitga har jixatdan dalda berardi. U kelgan sovchilarning hammasini qaytarib yubordi.
Xatto, onasining dashnomlari ham unga ta'sir qilmadi. Shuncha urinish va Xudoga iltijolar zoye ketmadi. Sekin asta Akrom tuzala boshladi va bir oz vaqtdan keyin to'y kunini ham belgilashdi. Ikki yoshni uchrashuvgalaridan birida Akrom Nafisaga kel seni qulog'inga bir gap aytaman dedi. Nafisa ham asta qulog'ini tutdi. Akrom paytni poylab Nafisani yuzidan bo'sa oldi. Nafisa esa uyalganidan ko'zini yumoldi. Akrom Nafisani bag'riga bosib jinnivoy bir xaftadan keyin to'yimiz bo'ladiyu nimaga uyalasan desa Nafisa kulib sizdaqa shilqim yigitga tegmayman dediyu turib ketdi. Ularni hali Baxtli kunlari hali oldinda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13