qiynoqlar haqida
gapirmoqda, lekin
savollarga javob
bermaydi
Gulnora Karimova o'z
odamlari azoblanganini
ayti, 4-noyabr kuni
"Twitter" da
xususida
eslatib, Gulnora
Karimovani vijdonan so'zlashga undamoqda. Masalan, deya keltiradi
HRW, 2009-yilda
Britaniya elchixonasida
soqchi bo'lib ishlagan
Qayum Ortiqov soxta
ayblovlar bilan qo'lga olinib, qiynoqqa solingan.
Josuslik qilganman deya
iqror bo'lishga majburlab,
uni azoblashgan; jinsiy
a'zolarini kuydirishgan;
tirnoqlarining ostiga nina tiqishgan. Uni soatlab osib
qo'yishgan. Yalang'och
holda o'ta sovuq
sharoitda saqlashgan. Boshida yordam
berishdan bosh tortgan
Britaniya hukumati ingliz
matbuoti bosimi ostida bu
ishga aralashib, Qayumov
2011-yilda qo'yib yuborilgan. Vaholanki,
sud uni odam savdosida
aybdor deb topib, olti
yilga ozodlikdan mahrum
etgan edi. Soxta ayblar, ularga asoslangan hukm,
qiynoqlar va parda
ortidagi siyosiy o'yinlar.
O'zbekistondagi mavjud
tuzumga xos
xususiyatlar, deya talqin qiladi HRW. Tashkilot Gulnora
Karimovaga
O'zbekistonda majburiy
mehnat ham katta
muammo va bu borada
ham og'iz ochmaslik vijdonsizlik deya
eslatmoqda. Tvitlarda
iddao
qilayotganingizdek, xalq
dardiga befarq
bo'lmasangiz, qani, gapiring bu borada ham,
deydi Stroleyn va
Sverdlov. Ular nazarida Gulnora
Karimova yurtdoshlarim
men tomonda deb
qanchalik
g'ururlanmasin,
ko'pchilikning unga achinishi qiyin. Chunki, deya xulosa
qiladi HRW vakillari,
Karimova huquqni
poymol qilib kelayotgan
davlat namoyandasi,
faqat ayni damda u hokimiyatdagilar bilan o'z
shaxsiy maqsadlari
yo'lida chiqisha olmay
qoldi, xolos. Gulnora Karimova
rasman va norasmiy
ravishda yuritgan
tashkilot va bizneslar
ustidan ketayotgan
tekshir-tekshir nimadan dalolat beradi? O'yinmi?
"Tozalash"
kampaniyasimi? Kim
kimdan qutulmoqchi? Karimovaning o'zi buni
hokimiyat uchun kurash
deb atagan, aybni u Milliy
xavfsizlik xizmati - SNB
rahbari Rustam
Inoyatovga to'nkayapti. Agar prezident qizi haq
bo'lsa, nega uning
"Twitter"dagi faoliyatiga
chidab o'tirishibdi? Milliy
xavfsizlik xizmati
fuqarolarning internetdagi faoliyatini
yaqindan nazorat qiladi
va hozirgacha ham
to'siqlar qo'yib keladi. Ba'zi manbalarga ko'ra,
butun kampaniya
bevosita prezident izni
ostida. Shunday bo'lsa,
nega prezident qizining
"Twitter"dagi tanqidiy diydiyolariga toqat
qilmoqda? Axir, u butun
tuzum nomini
bulg'amoqda. Qolaversa,
o'z chiqishlarida onasi va
singlisidan ham nolimoqda. Ularni dindan
qaytganlikda, oilani
buzganlikda ayblamoqda.
Oqsaroydan biror sado
yo'q. "Fond Forum" va uning
qanoti ostidagi
tashkilotlarga, ularning
rahbarlari va xodimlariga
nima bo'ladi? SNB
kampaniyani davom ettirar ekan, hamma
sukutda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев