DAVRLARIDAGI ALINING
TUTGAN MAVQELARI
Hazrati Alining Umar bilan
aloqalari eng go‘zal
soflikda va eng yetuk hamkorlikda davom etdi.
Bunday holat to Islomning
eng iste'dodli xalifasi va
eng adolatli hokimini
xoinona o‘ldirmoq uchun
yahud va forslar tuzgan suiqasd kengashining
ta'siri tufayli Mug‘iraning
qo‘li bo‘lgan Abu Luluani
qo‘lida shahid
topgunlariga qadar
davom etib keldi. Umar ibni Hattob nobakor din
dushmanlari tuzgan
maxfiy fitna orqali shahid
bo‘lgan paytlarida
sahobalar: «Yo Umar,
o‘zingizdan keyin kim xalifa bo‘lishligini vasiyat
etib keting», dedilar. Bu
so‘zni eshitib Umar: «Agar
buni o‘zingizga havola
etib qoldirsam, mendan
avval qoldirgan mendan yaxshiroq zotga, ya'ni
Rasulullohga ergashgan
bo‘laman. Mabodo, vasiyat
etsam, unda ham mendan
avvalroq vasiyat
qoldirgan zotga, ya'ni Abu Bakrga ittibo ko‘rgizgan
bo‘laman», dedilar.
Oxirida ish Rasululloh rozi
bo‘lgan hollarida vafot
etgan olti kishini xalifalik
masalasida vakil qilib qoldirdilar. Bular Usmon
ibni Affon, Ali, Talxa,
Zubayr, Abdurahmon ibni
Avf va Sa'd ibni Abu
Vaqqoslardan iborat
edilar. Mazkur olti janobdan Usmon ibni
Affon tanlanib xalifalik
mansabiga qo‘yildi.
Shundan keyin ham Ali
avvaldagi kabi dinlarini
o‘rganmoqchi bo‘lib murojaat etadiganlarga
din o‘rgatuvchi kishi
bo‘lib qolaverdilar. Ayrim
musulmonlar yangi
saylangan xalifaning
ko‘ngli yumshoq, saxiy ekanliklarini oz vaqt
o‘tmay sezib qolishib,
fursatni g‘animat
bildilarda, Umar joriy
etgan qattiq qo‘lliklardan
qutulishganiga suyunib dunyo matolariga
berilishga havas qila
ketdilar. Oqibatda hatto
xalifadan sovg‘alar tama'
eta boshladilar.
Odamlarning ishtahalari juda ochilib ketganidan
Usmon ularning
barchalarini barobar
xursand etishga
yarolmay qoldilar. Diddagi
istagan sovg‘asini ololmagan odamlar esa u
janobga qarshi har xil
ig‘volarni tarqatdilar.
Xalifaning qarindosh-
urug‘lariga ko‘proq narsa
berayotganlarini ko‘rganlarida achchiqlari
chiqadigan bo‘ldi. Natijada
odamlar Usmon xaqlarida
har xil gaplar tarqatib
masxara qilishni ham
boshladilar. Hazrati Ali u janobning Islomga qilgan
xizmatlarini va hamda
o‘zlarining Islomda
barqarorliklarini juda
yuksak qadrlar edilar. Shu
bilan birga yuz berayotgan xato ishlarga
ham befarq emas edilar,
xususan hazrati Ali
xalifaning qarindoshlari
bo‘lgan bani Umayya
qabilasi odamlarining mehribonliklari va
nuqsonlarni suistemol
qilib yuksaklikni
istayotgan
musulmonlarning
g‘azablariga ham parvo etmay davlat ishlarida
nafs bandalariga aylanib
qolayotganlarini ko‘rgan
paytlarida Usmonning
oldilariga borardilar. U
kishiga qarindoshlari to‘g‘risida odamlardan
eshitgan shikoyatlarini
yetkazdilar. O'zaro
suhbatlashib turib goho
ittifoq bo‘lishadi, gohida
esa tortishib ham qolishadi.
Ish qiziganidan qizib, oxiri
tarix eshitmagan buyuk
fitna yuz beradi. Ya'ni
jinoyatchilar eshitsa
badanlari titraydigan jinoyatni sodir etib, u
zotning hovlilariga
xoinona bostirib kirib
ablahona tarzda
o‘ldirishlari sodir bo‘ladi.
Buning tafsilan bayoni Usmon Zinnurayn xalifalik
davrlari haqida so‘z
yuritgan qissada aytib
o‘tilgandur.. Manba. Quran.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев