HAZRAT ALI (raziyallohu
anhu) DAVRLARI
HAZRATI ALI
KARRAMALLOHU
VAJXAHU XALIFALIK DAVRLARI TO'G'RISIDA
QISQACHA MA'LUMOT
IKKI SHAHIDNING SHAHID
OTALARI
Birdan og‘riq qattiq tutib
ketganidan madad istagan holda Ka'baning
pardapushlariga osilib
atrofga qarab, erlari Abu
Tolibni istashga
tushadilar. Abu Tolibni
topib o‘zlari tushib qolgan holatdan yordam
olmoqchi bo‘ladilar. Biroq
bexosdan to‘lg‘oq tutib
qoladi. Atrofdagilarning
ko‘zlari tushib qolishidan
uyalib Ka'baning pardapushiga o‘ralib
olgan holda orqasiga o‘tib
bekinib oladilar.
Mana shu holda Ka'ba
pardapushiga o‘ralib
odamlar ko‘zidan bekinib turadilar. Bir necha
daqiqalar o‘tib-o‘tmay
Fotima Ka'ba
pardapushiga o‘ralgan
bolani ko‘tarib zohir
bo‘ladilar. Bu tug‘ilgan bola shunday ulug‘
sharafli makonda,
shunday ulug‘ sharafga
ega bo‘lgan birinchi bola
edi. Bundan avval ham,
bundan keyin ham biror bola bunday yuksak
sharafga noil
bo‘lolmagandur. Olloh
taolo quraysh shayxini
hamda Islom dini zohirga
kelgan paytda ikkinchi ayol bo‘lib dinni qabul
qilgan onasini shunday
ikromga vosil etdi. Onalari
bolaning nomini o‘tgan
bobolarining nomini eslab
turish-lik uchun Haydar deb qo‘ymoqchi bo‘ldilar,
lekin otalari Abu Tolib
bolaning yuksak oliy bir
maqomda tug‘ilish
sharafiga noil bo‘lganligini
ko‘rib nomlarini Ali deb qo‘yganlar.
Mana shunday buyuk bir
sharafli holatda Hasan va
Husaynning otalari ahli
baytning vakili bo‘lgan Ali
ibni Tolib melodning 601 yilida dunyoga keldilar.
Ota-onalarining qo‘ynida
sakkiz yoshga qadar
(ba'zi rivoyatlarda esa
to‘qqiz yoshga qadar)
tarbiya topdilar. To‘qqiz yoshga yetgan paytlarida
Rasululloh hazratlari Ali
ibni Tolibni o‘z
tarbiyalariga oladilar. Ibni
Ishoq bu voqeani
kitoblarida shunday deb rivoyat etadilar:
Quraysh aholisining qattiq
qahatchilik balrsi
yetganligi aslida Ali ibni
Tolibga Ollohning cheksiz
in'omi va unga Olloh, yetkizgan yaxshiliklarni
iroda etganligi bo‘ldi.
Qurayshga ocharchilik
yetgan edi. Abu Tolib
serbola odam edilar. Shu
sababli bir kuni Rasululloh hazratlari amakilari
Abbosga qarab: «(Abbos
qurayshlarningboyrohlaridan
edilar) «Ey amaki,
birodaringiz Abu Tolib
serbola odam, ahvolini ko‘rib turibsiz, hamma
yoqda ocharchilik, yuring,
borib biroz bo‘lsa-da,
bolalaridan yengillataylik.
Men bittasini olay, siz ham
bittasini oling, sal unga yengillatib qo‘yaylik»,
dedilar. Abbos «xo‘p
bo‘lmasa, shunday
qilaylik, yuring», deb
ikkovlon Abu Tolibning
oldilariga kelib, muddaolarini aytdilar.
Abu Tolib ularning
gaplarini tinglab, «mayli
ixtiyor o‘zlaringda», deya
javob berdilar. Shundan
keyin Rasululloh bolalarning ichidan Alini
olib ketdilar. O'z uylarida
to Olloh taolo va taborak
olamga payg‘ambar qilib
yuborgunga qadar birga
saqlab yurdilar. Olloh taolo va taqaddus u zot
insoniyatni baxt-saodat
yo‘llariga yo‘l
ko‘rsatishlik uchun
olamga rahmat
payg‘ambari qilib yuborgan paytida hazrati
Ali Rasulullohga
ergashdilar va imon
keltirdilar, rost deb tasdiq
etdilar. Hazrati Ali yosh
yigitlar ichida yangi porloq dinga birinchi
bo‘lib bo‘ysinganlardan
edilar. Va hamda
qurayshlar ichida butlarga
aslo sajda qilmagan
birinchi kishi ham edilar. Mana shu sababga ko‘ra,
hazrati Alini karamallohu
vajxahu Olloh mukarram
qilgan zot deyiladi. Zsro,
Rasulullohning
xonadonlarida o‘sganliklari tufayli,
Rasululloh. hazratlari
o‘zlari ham payg‘ambarlik
payg‘omi kelmasdan
burun butlarga sajda
qilishlikni karix ko‘rardilar. Nomaqbul ish
deb sanardilar. Mana
shunday bir oilada
ulg‘aygan bola albatta,
o‘sha oilaning muhiti
ta'siridan sezilarli hissa olgan edi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев