RASULULLOHGA JON
FIDOLIKLARI
Rasulullohni doimiy
ravishda o‘z himoyalarida
mushriklar jafosidan saqlab yurgan Abu Tolib
vafot etgach, qurayshlar
Rasulullohga astoydil
izolar boshladilar. Holat bu
darajaga yetganidan
Rasululloh asxoblariga Madinai munavvaraga
hijrat etmoqlariga amr
etdilar. Saxobalar birin-
ketin vatanlarini, mol-
mulklarini tashlab yagona
imonlarini saqlab qolish uchun Madina shahriga
jo‘nab ketdilar. Rasululloh
esa Rabbilarining amriga
muntazir bo‘lib Makkada
bir muncha vaqt yashab
turdilar. Oxiri mushriklar hammalari bir ray' ila
Rasulullohni o‘ldirib
butunlay u kishidan xalos
bo‘lishlikni qat'iy qaror
qilishgach, Rabbilari u
zotga kofirlarning yomonligi va hiylalaridan
qutulishlikni ajab bir
rejasini tuzib berdi.
Rasululloh, hazrati Alini
chaqirib: «Bu tun menga
mushriklar behosdan hujum uyushtirmoqchilar.
Rabbim menga Makkadan
jo‘nab ketishlikka ruxsat
berdi. Shuning uchun siz
mening joyimga yotib
xoinlarning ko‘zini bo‘yashlik uchun
chakmonimga o‘ralib
olasiz»,- dedilar. Ali
Rasulullohning
aytganlarini darhol hech
qanday to‘xtovsiz qabul qildilar va o‘rinlariga yotib
o‘ralib uxladilar. Holbuki,
tashqarida tish-
tirnog‘igacha qurollangan
shafqatsiz kishilar poylab
turganligini va ular hammasi birdan yopirilib
Rasulullohni xuddi bir
kishi o‘ldirgani kabi
o‘ldirishlik uchun
shaylanib turganligini va
hamda ular Alini Rasululloh deb gumon
etib bilmasdan o‘ldirib
qo‘yishlari ham mumkin
ekanligini juda yaxshi
bilardilar. Mana shularni
bilib turib, biroq o‘zlari ixtiyoriy ravishda xo‘p,
deb qabul etdilar. Jonlarini
risolat sohibiga toki
dinlari odam ahliga
yoyilishligi uchun,
Ollohning kalimasi oliy bo‘lishligi uchun fido
etdilar. Jonni fido etishlik
degani, jumardlikning eng
yetuk cho‘qqisidur. Mana
shunday oliy cho‘qqiga
hazrati Ali yeta oldilar. Jonlarini hech ayamay,
achinmay, qo‘rqmay
Ollohning dinini olam uzra
hukmron bo‘lishligi
yo‘lida risolat sohibiga
fido etib yubora oldilar. Ana saxiylik, ana
jumardlik, ana jonfidolik,
tarix bunday jonfidolikni
ilgari ham keyin ham
uchrata olmagan bo‘lmasa
kerak. O'z jonini Islom yo‘lida fido etishlikni hech
narsa fahmlamay bemalol
fido etib yuboraverdilar.
Bunday jonfidoliklar
besamara qolgani yo‘q,
albatta. Dunyoda ham juda ulkan yutuqlarni
qo‘lga kirita oldilar,
oxiratda, albatta Olloh
oldida buyuk, ulkan
mukofotlarga ega
bo‘ladilar. Olloh taolo va taborak
o‘zining Rasulini kofirlar
xiylalaridan saqlab, hadsiz
kuvvati bilan ixota etib
ularning qo‘llaridan
qutqazib yubordi. O'z jonini Olloh yo‘lida qurbon
qilishga tayyor zotni ham
qonxo‘rlar qo‘lidan
qutqazib qoldi. Shundan
keyin Ali bir necha kunlar
Makkada qolib ketdilar. Rasulullohga omonat
qo‘yganlarning
omonatlarini egasiga
yetkazib, topshirib
bo‘lganlaridan so‘ng Ali
otalari Ibrohim qurgan baytullohni vidolashuv
tavofi bilan ziyorat
qildilar. Ziyoratni tugatib,
yayov holda Madina
tomonga yo‘lga tushdilar.
Uzoq va davomli, mashaqqatli yo‘lni piyoda
bosib o‘tguncha juda ko‘p
qiyinchiliklarga duch
keldilar. Hammasiga
bardosh berib mardona
qadamlar ila olg‘a ketaverdilar. Madinaga
uzoq kunlar yurib,
oyoqlari qavarib, shishib
ketgan holda ozib-to‘zib
yetib keldilar. Rasululloh
hazratlari Alini mana shunday majruh bir
suratda ko‘rib rahmdan
yig‘lab yubordilar. Va
qadamlariga muborak
tupuklarini surtib duo
qildilar. Shundan keyin Alini oyoqlari aslo
og‘rigan emas. Madinada
muhojirlar bilan
ansorlarni Rasululloh
o‘zaro birodar bo‘lib
olishdi. Yolg‘iz Ali o‘zlari qoldilar. Rasululloh Aliga
qarab: «Siz mening diniy
birodarimsiz», dedilar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев