Do‘kondan olma sotib olmoqchisiz, u tabiiymi, uning mazasi qanaqa, unda qancha kaloriya borligi va pulingizga achinib qolmasligingiz haqida hech o‘ylaganmisiz? U holda SciO gadjeti sizga yordam beradi.
Loyiha Isroilda boshlangan bo‘lib, cho‘ntak shaklidagi ovqat molekulalarini tekshiruvchi qurilma Consumer Physics’ga tegishli. Ovqat kaloriyasini bilish uchun qurilma sensorini ovqatga yaqinlashtirasiz va tugmachani bosasiz. Ikki soniya ichida ovqat haqidagi ma’lumotlar smartfoningizga yuboriladi.
SciO loyihasi 200 ming dollar pul yig‘ish va ishni boshlash maqsadida Kickstarter’ga qo‘yildi. Lekin 11 mingdan ortiq kishining ishonchi va 2,5 million dollarga yaqin pul yig‘ildi. Endi SciO’ni faqatgina ishlab chiqarish qoldi, deyiladi Mashablenashrida. Manbaga ko‘ra ilk haridorlar dekabr oyida o‘z buyumlarini olishlari mumkin bo‘ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев