Tojmahal
Nafaqat Hindistondagi, balki dunyodagi eng go‘zal obidalardan biri “Tojmahal” insoniyat tomonidan yaratilgan mo‘’jizalardan biridir. Ushbu go‘zal inshoot boburiylar sulolasi bo‘lgan hukmdor Shohjahon tomonidan qurdirilgan.
Uning rafiqasi Mumtozmahal 1631 yilda 39 yoshida farzandini dunyoga keltirayotib hayotdan ko‘z yumgan. Shohjahon sevimli rafiqasiga atab, maqbara bunyod ettirgan. Buning uchun uning ko‘rsatmasi bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston va Italiya davlatlaridan me’morlar, ustalar, sangtaroshlar, rassomlar yig‘ilib, bo‘lajak maqbara loyihasini muhokama qilganlar. Shohjahonga Usta Muhammad Isoxon afandi taqdim etgan loyiha ma’qul bo‘lgan. Samarqan