kambag‘allik bilan zo‘rg‘a kun o‘tkazadigan odamlar ham borligini
ko‘rsatish maqsadida uni bir bechorahol kishinikiga tunashga olib
boribdi.
U yerda bir kechani o‘tkazib qaytgandan so‘ng padari buz-rukvori
o‘g‘lidan taassurotlarini so‘rabdi.
"Ota, men juda ko‘p narsani ko‘rdim. Bizning birgina itimiz bor,
ularda esa to‘rtta ekan. Hovlimizda cho‘milish uchun hovuz bor,
ularda esa keng daryo. Bizning chiroyli yaltiroq tomimiz bor, ularda
esa oy va yulduzga to‘la osmon. Bizning katta hovlimiz va bu yerda
bog‘imiz bor, ularda esa butun boshli o‘rmon.”
Farzandi hayajon bilan o‘z fikrlarini ifodalar ekan, otasi aql-hushini
butunlay yo‘qotib qo‘ygan edi.
"Bizning qanchalik kambag‘al ekanligimizni ko‘rsatib berganingiz
uchun sizga katta rahmat”, - debdi o‘g‘li
Hayotda nimalarimiz bor ekanligining o‘lchovi dunyoqarashimizdan
kelib chiqadi.
Agar bizda muhabbat, do‘stlik, sog‘liq, tabassumga moyillik va ijobiy
fikrlash mavjud bo‘lsa, hamma narsaga egamiz.
Aksiga, dunyoqarashimiz juda ham tor bo‘lsa, unda bizga dunyo
zulmat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев