U sevgini o'ldiradi. Eng go'zal hissiyotlarni
ham yo'q qiladi... Sevgan odam xiyonat qilishi
mumkinmi? Ko 'pchilik "Yo'q" deb javob beradi.
Ammo hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Sevgan odam o'zi istamagan holda xiyonat
ko'chasiga qadam qo'yishi yangilik emas. Xiyonat yuz berdi... Natijada, ko'ngillarda yashab
kelayotgan, hayotni bo'stonga aylantirgan
muhabbat so'la boshladi... Bu xatoni tuzatib
bo'lmaydi. Xiyonat dog'i ming urinsangiz ham,
yurakdan o'chmaydi. Esga tushaveradi. Xiyonatdan
hamma azob chekadi. Xiyonat qilgan odamning o 'zi hammadan ko'proq azoblanadi. Chunki u
gunohga botgan. Xiyonatga undaydigan tuyg 'u
muhabbat bo'lishi ham mumkinmi? Muhabbatdan
ko'ra ehtiros deb atash to'g'riroq bo'ladi. Ko'pincha
oniy ehtiros ta'sirida xiyonatga yo'l qo'yiladi. Bir-
birini chin yurakdan sevgan odamlar ehtirosga berilib, oilasini buzmaydi. Chunki ular uchun eng
muhimi - oila. Biroz asabiylashishadi, xayollari
buziladi, lekin ehtirosga berilishmaydi. Va bu tuyg
'u o'tib ketadi. Albatta o'tib ketadi. Lekin "Bu
hissiyot mendan ustun. Qo'limdan hech narsa
kelmayapti", deb o'ylash yaramaydi. Xiyonat ko'chasini chetlab o'tgan odam o'zini shunday
xotirjam va tetik sezadiki, ta'riflash qiyin. Er-
xotinlar o'rtasidagi muhabbat yanada kuchayadi.
Sinovlarga bardosh berib, o 'ziga sodiq qolgan
muhabbat tozaradi. Bundan tashqari, odam o 'zini
hurmat qila boshlaydi. O'zni hurmat qilish - manmanlik emas. Balki jasorat va qat'iyatga ega
bo'lishdir. Chunki bu sinovga bardosh bergan
odam o 'zining nimagadir arzishini anglaydi. O'zini
yaxshi ko'ra boshlaydi. O'zini chindan ham yaxshi
ko'rgan odam bunday gunohga yo'l qo'ymaydi. U
bunday iflos ishni o'ziga ham, sevgan odamiga ham ravo ko 'rmaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев