Предыдущая публикация
Agar ayol xiyonat
qilsa......
Yongan chiroq unda sham bo'lar,
Yostiqlari tunda nam bo'lar,
Erkak ko'ngli shunda kam bo'lar,
Agar ayol xiyonat qilsa.
Farqi qolmas yozu qishining,
Tayini yo'q qilgan ishining,
Honumoni kuyar kishining,
Agar ayol xiyonat qilsa.
Shivir-shivir gaplar bo'ladi,
Yuragida umid so'ladi,
Sho'rlik erkak tirik o'ladi,
Agar ayol xiyonat qilsa.
Choy o'rnida zaxar ichilar,
Bosh egilib, bellar bukilar,
Qo'ni-qo'shni yovlar achinar,
Agar ayol xiyonat qilsa.
Erta birov tosh otmaydimi,
Erkak axir, yer yutmaydimi,
Dunyolarga o't ketmaydimi,
Agar ayol xiyonat qilsa.
Bu dunyoda mani qolmaydi,
Qodir egam jonni olmaydi,
Yashay desa yashab bo'lmaydi,
Agar ayol xiyonat qilsa..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1