Предыдущая публикация
Ha, faqat bir hovuch, ortig`i uvol...
Siz meni aldamang yolg`on so`z bilan,
Menga suvdek zarur, zarra e`tibor...
Menga mehringizdan bering bir hovuch,
Mayli tilanchiga yo`ying, o`zimni,
Istasangiz agar, shu mehr uchun,
O`yib, olib beray bitta ko`zimni...
Menga mehringizdan bering bir hovuch,
Toki, tushib olsin hayotim izga.
Bo`ynimga osilgan shu qarzni bir kun,
Million hovuch qilib qaytaray sizga...
Menga mehringizdan bering bir hovuch,
Shu iltijo chiqar, qalbimni o`ysam,
Siz meni qanrg`amang, axir "aybim" ne?
Mehrga zor bo`lib yashagan bo`lsam...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев