-Men kecha doktorga borgandim.
Uchinchi farzandimiz ham o'g'il
ekan. Ikki farzandimiz og'il bo'ldi.
Uchinchisini abord qildiramizmi
dadasi?
-Nima? Bu nima deganing? Aqldan
ozganmisan?
-Yo'q. Siz xam tushuning axir.
Oilamizni sharoitini bilasiz. Ertaga
ularni o'qitish, ulantirish kerak.
Sizga qiyin bo'lmasin deyapman.
-Uyga sen pul topib kelib
o'tiribsanmi? Yo men oilani bir ikki
marta toriqtirib qo'ydimmi?
Xamma qatori yashayapsan
shukur qil. Bola qorningga og'irlik
qilgan bo'lsa ayt. Farzandni
bergan xudo risqiniyam qo'shib
beradi. Odamlar farzandga zor
bo'lib yuribdi. Omin choyniyam
zaxar qilding. Yana bir marta shu
mavzu haqida og'iz ochsang
mendan yaxshilik kutma-deb
o'rnidan turib ishiga yo'l oldi.
Xotininining hayolidan esa o'sha
uchinchi farzandini,uchinchi
o'g'lini abord qildirish niyati
ketmasdi. U juda o'zgarib
qolgandi. Farzandlariga jaxl
qilib,ularni urardi. Bolalarini
tinchiga qo'ymasdi. Unga
dugonalarining aytgan gaplari
xech tinchlik bermasdi. Ertaga
ering qiynalib qolsa senlarni
tashlab ketadi. O'g'illaringni bir
o'zing tarbiya qilasan. Bunaqalarni
ko'pini ko'rganman deya uning
yuragiga g'ovg'a solgandilar. Bir
kuni eri tongda ishga ketdi. Xotin
esa uchinchi og'lini abort qilish
uchun doktorga borishga xozirlik
ko'rdi. 5 yashar og'lisi "oyijon
qayoqqa" deya so'radi. Xotin esa
-Xozir do'konga borib kelaman.
Men kelganimcha ukangga qarab
o'tir. Men darrov kelaman-dedi.
Kichkina 2 yashar o'g'li izidan
yig'lab qolishiga xam qaramay
uyidan chiqib ketdi.
Oradan ancha vaqt o'tdi. Xotin
xaliyam kelmadi. Kichkina o'gli
baqirib dod solib yig'layverdi.
Keyin katta og'li ukasini
ovutish,o'ynatish uchun kir
kuvadigan mashinaning eshigini
ochib, ichiga o'tirgizdi. Uyoq
buyoqlarini titkilab turganida qo'li
birganiga mashinani yoqadigan
knopkasiga tegib ketdi. Mashina
katta tezlikda aylanardi. Undan
otilib chiqqan "qon" esa bolaning
yuziga,ustlariga sachrardi. Bola
ukasining qonga burkanib
yotganini ko'rib dodlab baqirib
yig'lab yubordi. Eshikka qarab
yugurdi,eshik qulflangan. Oynani
ochishga urindi,qo'li yetmiydi.
Nima qilishni kimdan yordam
so'rashni bilmasdi. Keyin esa kir
yuvadigan mashinadan ukasini
tortib olish uchun qo'lini
cho'zdi . . .
Xotin farzandini abord qilganidan
xursand. Bolalariga hayotida olib
kelmagan shirinliklarni bugun
birinchi bora olib keldi. Eshikni
yoniga kelganida bolalarni xech
qanday ovozi chiqmasdi. Ular
uxlayotgan bo'lsalar kerak deb
eshikni sekin ochdi. Ichkariga ilk
qadamini beparvolik bilan qonning
ustiga qo'ydi. Keyin esa qo'lidan
sumkasi tushib ichidagi narsalar
sochilib ketdi. Qarasa kichik
bolasining tanasi deyarli yo'q,
katta o'g'li esa bir qo'lsiz ko'zi
ochilgan xolatda yotardi.
Qornidagi begunox farzandni esa
o'z ixtiyori bilan olloxga qayta
topshirgandi. Xotin na
yig'lashini,na uyerga qarab
borishini bilmasdi. Faqat shu
yerda qotib qolaverdi. Shu payt
uning telefoni jiringladi, qo'lini
cho'ntagiga solib telefonini oldiyu
kimligiga qaramay ham "yashil"
knopkani zo'rdan bosib qulog'iga
tutdi va xech nima demadi. Keyin
esa g'alati oxangda "OYIJON SIZNI
OSMONLARDA KUTAMIZ" degan jajji
ovozlar aks sado bo'lib eshitildi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5