
Uning
iymoniga va taqvosiga ko'p musulmonlar
havas qilishardi. U yigit juda aqlli bo'lib,
diniy ilmlar bilan dunyoviy bilimlarni ham
teng olib ketishga harakat qilardi. Vaqtlar
kelib yigitni onasi uni uylantirmoqchi bo'ldi
va o'g'li orzu qilgan qizlarni
qidira boshladi. Nomzodlar topildi ham lekin
ular onaizorga rad javobini berishardi.
Sabab:
--- Sizni o'g'lingizni juda yaxshi bilamiz va
havas qilamiz. Lekin dunyoviy sabablar
chiqib qoldi.
--- Ayting hammasini qo'ldan kelgancha
bajaramiz.
--- Bilasizmi... haligi....
Ularni ko'rsatayotgan sabablarida jon bor
edi.
Yigit otasiz o'sgan, yolg'iz onasi unga
parvona edi.
--- Bizni qizimiz keng hovlilarda o'sgan qiz,
"dom" da siqilib qoladi, agar hovli
olsangizlar
albatta qizimizni beramiz deyishdi hamma
sabablarni bitta qilishib.
Bu gaplardan yigit va onasini ko'ngli
og'rirdi lekin na iloj.
Yana bir soliha, oilasi ham islomiy (huddi
yigit orzu qilganday) qiz topildi.
Ular xursand bo'lib sovchilikka otlanishdi,
qalblarida bir dunyo orzu havaslar.
Lekin bir ma'lumot ularni yana o'ylantirib,
joylarida tek qotib qoldilar.
Bu qiz ham avvalgilardan ham keng
hovlilarda katta bo'lgan va badavlatroq katta
oilani farzandi edi.
Yigitni oilasi buni aksi bo'lib ko'pchilik shu
sababdan qizlarini bergisi kelmayotgan edi.
Sovchilar avvaliga rosa ikkilanishdi:
--- Borsakmikin yoki bormay qo'ya
qolsakmikin. Tavakkal qilamiz inshaAlloh.
Borishdi, qiz ham otasiz o'sgan edi. Onasi
juda oqila ayol edi. Sovchilarga yigit bilan
ko'rishib gaplashmoqchiligini aytdi. Yigit
bo'lg'usi qaynona bilan suxbatlashish uchun
tashrif buyurdi.
Savol-javob boshlandi, uzoq va mazmunli
suxbat qurildi.
Ertasiga sovchilar natijani bilish uchun yana
kelishdi:
--- O'g'limizni ko'rdingizmi, sizlarga
yoqdimi?
--- Ha albatta, agar sizlarga ham meni qizim
yoqqan bo'lsa men to'yga roziman.
--- Haligi... eshitgan bo'lsangiz kerak
o'g'limni otasiz katta qilganman...
--- Ha eshitdim, meni ham qizim otasiz
katta bo'lgan, inshaAlloh ularga ikkalamiz
ham ota ham ona bo'lamiz.
--- Keyin biz dom da yashaymiz, buni ham
avvaldan aytganmiz.
--- Eh qudajon, buni menga hecham qizig'i
yo'q, agarda o'g'lingiz kapada (palatkada)
yashaydigan bo'lganda ham men qizimni
albatta bergan bo'lardim. Dunyo mollari
o'tkinchi, hali inshaAlloh kattakon hovlilarda
yashaysizlar.
To'y kuni belgilandi. Qizni onasi shunday
kuyov nasib qilganiga judayam xursand edi.
Tinmay farzandlari uchun solih va soliha
juftlar so'rab qilgan duolari ijobat bo'lganiga
Robbisiga bexisob shukronalar aytardi.
Kuyov taraf ham bundan juda mamnun
edilar.
---- Onajon, nega shuncha sovchilarga
rozilik bermasdan bu yigitga birdan rozilik
berib yubordiz- dedi qiz tortinibgina
onasiga.
---- Qizim, o'zimni nuridiydam, avvalo
sendan ruxsat so'ramaganim uchun uzr
so'rayman lekin iymonim komilki
bu yigit huddi sen orzu qilganingdek. Ya'ni
seni Robbisini jannati tomon etaklaydigan
yigit. Men u bilan suxbat qurganimda bunga
guvox bo'ldim va o'sha kuni kechasi tush
ko'ribman. Tushimda sen, men va o'sha yigit
juda go'zal va yorug' bo'lgan yo'lda
gaplashib birga ketayotgan emishmiz. Bu
inshaAlloh yaxshilik alomati.
Qiz onasiga to'liq ishonardi va shuning
uchun to'liq ixtiyorini topshirib qo'ygandi.
--- Onajon, men sizni yaxshi ko'raman, siz
meni va akalarimni yolg'iz katta qildiz. Siz
hech qachon bizga yomonlik ravo
ko'rmaysiz. Agar siz bu nikoxga rozi
bo'lsangiz men ham roziman.
Nikox o'qilyapti, ikkala tarafdan guvoxlar va
kelin bilan kuyov. Nikohni bir olim kishi
o'qimoqda.
Maxr so'raladigan fursat kelganida kelin past
ovozda:
--- Men Zavjim bo'lmishni ilmlarini va
hamisha meni ham o'zini ham to'g'ri yo'ldan
adashmasdan olib ketishini maxr sifatida
so'rayman.
--- InshaAllohu Robbil A'lamiyn!!! bu
kuyovni javobi edi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3