
bilan tog` yonbag`rida hayot kechirishar,
qariya esa har kuni tongda barvaqt turib,
bomdod namozidan so’ng oshxonada
Qur’oni karim o`qish bilan mashg`ul
bo`lar edi.
Uning nabirasi unga o`xshashga harakat
qilar, har bir ishda unga taqlid qilar edi.
Bir kuni nabira bobosidan:
– Bobo, men ham sizga o`xshab Qur’on
o`qishga harakat qilaman, lekin uning
ma’nolariga yaxshi tushunolmayapman.
Quro’ndan nimani-ki o’rgansam mushafni
yopishim bilan unutaman. O`zi Quro’n
oqishlikda qanday yaxshilik bor?! – deya
qiziqib so`radi.
Bobo ko`mirni o`choqqa tashlab bir
tabassum qildida, so`ng o`z nabirasiga
yuzlanib: – Mana bu ko`mir solinadigan
savatchani olginda daryodan menga suv
olib keltir, – dedi. Nabira bobosi
aytganidek qildi. Ammo yo`lda suvning
hammasi savatchaning teshiklaridan
toma–toma suvsiz uyga qaytdi. Bobosi uni
ko`rib jilmayib:
– Endi sen tezroq harakat qilishing kerak,
deb uni qayta daryoga suv olib kelish
uchun yubordi.
Bu safar nabira tez harakat qildi,
yugurdi-yeldi, lekin yana uyga bo`sh
idish bilan qaytdi.
Bobosini ko`rishi bilan:
– Bobojon, bu savatchada suv tashib
bo’lmaydi, – deya ko`mir idishi o`rniga
chelak olmoqchi bo`ldi. Shunda Bobosi:
– Menga suv chelakda emas, balki,
savatchada kerak! Bolajonim, bu
harakating hali ham kam, yanada
ko`proq, bor kuching bilan harakat
qilishing darkor, dedi va tashqariga
nabirasi ortidan uni kuzatish uchun
chiqdi.
Bolakay bu galgi urinish ham foydasiz
ekanligini bilar, biroq bobosiga qancha
tez harakat qilmasin bu ish besamar
ekanligini, qaytib kelgunicha suv oqib
ketishini ko`rsatmoqchi bo`ldi. U
daryoga savatchani tiqib suvga to`ldirdi
va bor kuchi bilan yeldek yugurdi. Yana
Bobosining oldiga yetib borganda
savatcha suvsiz qolgan edi.
U bobosining oldiga yetib kelishi bilan:
«Ko`rdingizmi bobojon, bu ishdan foyda
yoq!» –deya hayajonlanib aytdi.
Bobo:
– «Nima sen qilingan bu ishni befiyda deb
o`ylayapsanmi?! Savatchaga bir boq!» –
dedi.
Bolakay savatchaga qarashi bilanoq
koziga savatcha boshqacha bo`lib
ko`rindi. U oldingi savatcha emas edi.
Savatchaning usti va ichida ko`mirning
qorasidan asar ham qolmagan, boshqa bir
top–toza savatga ozgarib qolgan edi.
Shunda, bobo nabirasiga: «Bolam, sen
Quro’n o`qiganingda nima bo`lishini
tushundingmi?! Balki sen Quro`n
o`qiganingda uni tushunmasdursan yoki
hamma narsani eslab qola olmassan ham,
lekin har o`qiganinda sening qalbing
(axloqing) va zohiring (tashqi
korinishing, nurga tolib, Vallohu alam–
tarjimon)o`zgarib boradi .Bu ish
Allohning bizning hayotimizdagi go`zal
bir hikmatidir!»
O`rganishning eng yaxshi yo`li bu
o`rgangan narsangni boshqalarga ham
ko’rgatishlik, va shuningdek uni
hayotingda qo`llay bilishingdir!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 26
(فَإِنَّ الْجَنَّةَ هِيَ الْمَأْوَىٰ)