
)
Ba’zan xotiralar qalbni
tirnaydi... Goho shunday
bo‘ladiki, topgan¬laringdan
yo‘qotganlaring ko‘pga
o‘xshab ketadi. O‘ksik bir
hayajon bilan bosib o‘tgan
yo‘lingga nazar tashlab olasan.
Otasi vafotidan keyin poytaxtda o‘qishini
davom ettirayotgan Husan uch-to‘rt oyda bir
qishloqqa kelib, ayasidan xabar olar, har
kelganda ayasini bir yumush ustida
uchratardi.
Bu safar borganida ayasi eshik supirayotgan
ekan. Ishga berilganidan uning qadam sasini
ham eshitmadi.
– Aya, men keldim...
Ayasi qaddini ko‘tardi, ko‘ksiga tuflagan
bo‘ldi: «Kapalagimni uchirib yubording,
bolam», – dedi. Keyin bir zum, atigi bir zum
u tarafga nazar tash¬lab turdi-da, qo‘lidagi
supurgisini uloqtirib, uni bag‘riga oldi.
– Nega hayallab ketding, bolam, onang
emasman-da, onang bo‘lganimda bunchalik
yo‘qolib ketmasding, – deya gina qildi.
Ayasi uni quchgancha turar, yelkalari
silkinayotganidan unsiz yig‘layotgani
sezilardi. Husan ayasining oqarib ko‘kimtir
tus olgan sochlarini siladi, yuziga sidirilib
tushgan ro‘molini peshonasiga tortdi.
– Nega unday deysiz, men sizni onamdan
yaxshi ko‘raman. Ish, o‘qish bilan vaqtim
bo‘lmadi.
– Otang o‘lmaganida kunduzi o‘qirding.
Ayasi undan avvalroq borib yog‘och
karavotga yozig‘lik ko‘rpacha ustiga
yangisini soldi.
– Nima qilyapsiz, aya?
– Mehmonday kelib, mehmonday ketasan,
ko‘rpacha solayapman.
Dasturxonni yangilagani ayasi ichkariga
kirib ketdi.
– O‘tirsangiz-chi, aya, sog‘indim deysiz-u,
kelsam oldimda tinch o‘tirmaysiz.
Ayasi qant-qursga qo‘shib toza oq nafis
dokaga o‘ralgan go‘sht to‘rg‘amlarini olib
chiqdi.
– Sensiz tomog‘imdan o‘tarmidi, bolam,
go‘sht pishirganimda nasibangni olib
qo‘yganman.
Husan bo‘g‘ziga nimadir tiqilib yutindi.
U harbiyda yurgan kezlari ayasi har osh
damlaganda nasiba deb bir kaft guruchni
xaltaga solib qo‘ygan, kelgan kuni o‘shani
o‘ziga osh qilib yedirgan edi.
– Ola qol, bolam, – qistadi ayasi, – oftobda
qotirib, keyin muzdek joy¬¬da asraganman.
Ayasi go‘sht bo‘laklarini taqsimchaga
maydaladi.
– Endi ikkimiz baham ko‘ramiz.
Husan taqsimchani o‘rtaga qo‘ydi.
– Hali ham achchiq choy ichasanmi? Sen
ichadigan qilib damladim.
Ona – bola choyxo‘rlikka o‘tirishdi.
– Charchab qolyapsiz, aya, sizga qiyin
bo‘ldi.
– Meni qiynalmasin desang, uylan. Kelin
oldimda bo‘ladi.
Husan pishitib kelgan fikrini o‘rtaga
tashladi:
– Avval ukamni uylantiramiz.
– San jinni bo‘libsan, – ayasining tusi
o‘zgardi. Xalq kuladi, o‘gayligiga bordi,
o‘zinikini avval uylantirdi deydi.
– Xalq bizni boshimizni silab katta
qilganingizni biladi. Ukamni qarz-qavolasiz
uylantirsak, bas. Eru xotin ishlasa, men
uylanguncha o‘zlarini tiklab oladi.
– Og‘ang kelsin-chi, – ayasi
bo‘shashganday bo‘ldi.
Tamaddidan so‘ng, dasturxon yig‘ishtirildi.
– Uch-to‘rt kun turarsan?
– Uch kunga ruxsat olib keldim.
– Agar charchamagan bo‘lsang, shaharga
tushib xolangni ko‘rib kelsang bo‘lardi.
– Qaytishimda kirib o‘taman.
– Xola ham onaday gap.
– Yo‘l-yo‘lakay kirsang, xafa bo‘ladi, erinma
bolam.
Aya Husanni ko‘chaga qadar kuzatib chiqdi.
– Xolangni so‘rab qo‘y, keyin boyagi gap
uchini chiqar-chi, nima derkin?
* * *
Sukut ingan ko‘chalar Husanga bolalik
chog‘larini eslatdi. U bolalikdan odamovi
o‘sgan, ko‘pchilikka qo‘shilmas,
o‘yinqaroqlik ham qilmas, ayasidan
ajramasdi.
Katta qishloqda uni tanimagan odam yo‘q
edi. To‘y-to‘ychiq, biron ma’rakadan
kelayotgan ayollar hamisha uni o‘rab
olishar, Norbining o‘g‘li deb suyushar,
cho‘ntaklaridagi bor narsalarini qo‘liga
tutqazib ketishardi. Husan Norbining emas,
ayasining o‘g‘li bo‘lishni istar, yig‘lamsirab
uyiga qaytardi.
– Aya, xotinlar meni Norbining o‘g‘li
deyishyapti.
– Xotinlar bekor aytibdi. Sen mening
o‘g‘limsan, seni daladan, yantoqning
tagidan, quyonlarning yonidan topib
olganman.
Uyga kirib ketgan ayasi kaftini qant-qurs
bilan to‘ldirib chiqib, do‘ppisiga solardi.
– Men senga ularnikidan yaxshirog‘ini
beraman.
Kun issiq edi. Ko‘cha oxiriga borgan Husan
bir to‘p ayolga duch keldi. Salom berdi.
Ayollarning ulug‘i oldinga chiqdi.
– Norbining o‘g‘limisan?
– Obdagulni.
– Obdagulniki hali yosh, Norbinikiga
o‘xshayapsan, qosh- ko‘zlaring aytib turibdi,
– ayol yonidagilariga o‘girildi. – Buni onasi
«pinski dom»da tuqqan. Norbi rahmatli ikki
beshikni ikki yoniga qo‘yvolib o‘rikni
soyasida alla aytardi. Biz Qo‘shtepaning
yonida chopiq qilamiz. Uning allasini eshitib
yig‘lamagan odam ham yig‘lardi. Umri qisqa
ekan-da, mana bolasi bo‘y yetib
uylanadigan bo‘lib turibdi.
– Soch deganini ayting, – qo‘shildi ikkinchi
ayol. – Obdagul ham tuzuk, o‘gayligini ham
bildirmadi.
– Yetimlarning boshini silaganini xudoyim
ham bildi, bitta bo‘lsa ham o‘g‘il berdi, –
davom etdi gap boshlagan ayol.
– Uyga kirib o‘tiringlar, – taklif qildi Husan
ular bilan xayrlasharkan.
– Xudo hohlasa, to‘yingda savat qilib
beramiz, – chuvullashdi ayollar.
* * *davomi bor...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 24
ukasining to‘yiga keldi.
– Xafamasmisan? – so‘radi ayasi. – Qizim
yo‘q, qiz bo‘lar deb singlimni qizi¬ni kelin
qildim.
– Sizga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldi.
Amakilar to‘yboshi, amma-xolalar xizmatda
bo‘lishdi. Otasining o‘rnini bilintirishmadi.
Husan to‘ydan keyin ko‘rmanasini ko‘tarib
kelinni ko‘rgani kirdi-yu, quruq qaytib
chiqdi.
– Shoshmang, – yangasi uni ostonada
to‘xtatib ichkariga bosh suqdi. – Hoy,
ovsinjon, qaynog‘angiz qaytarkan, to‘qigan
ro‘molchalaringizdan bermaysizmi?
Yangasi ichkaridan uzatilgan ro‘molchani
yorug‘ga solib ko‘rdi, rangi o‘zgardi, biroq
buni yonidagilarga sezdirmadi.
– Mana inim, keliningiz bergan ro‘molcha.
Olib borib do‘ppingizni ustiga tashlab
qo‘ying. Uylanganingizda xotiningizga
berasiz, shundayligicha egasiga qaytaradi.
– Xafa bo‘lmay ketgin, o‘g‘lim, – ayasi uni
naq bekatga qadar kuzatib bordi.
– Qiziqmisiz, aya.
– Endi tez-tez kelib tur, nafaqamni yig‘ib
turaman.
Ayasi bilan xayrlashib avtobusg...ЕщёKeyin oradan uch oylar o‘tib Husan
ukasining to‘yiga keldi.
– Xafamasmisan? – so‘radi ayasi. – Qizim
yo‘q, qiz bo‘lar deb singlimni qizi¬ni kelin
qildim.
– Sizga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldi.
Amakilar to‘yboshi, amma-xolalar xizmatda
bo‘lishdi. Otasining o‘rnini bilintirishmadi.
Husan to‘ydan keyin ko‘rmanasini ko‘tarib
kelinni ko‘rgani kirdi-yu, quruq qaytib
chiqdi.
– Shoshmang, – yangasi uni ostonada
to‘xtatib ichkariga bosh suqdi. – Hoy,
ovsinjon, qaynog‘angiz qaytarkan, to‘qigan
ro‘molchalaringizdan bermaysizmi?
Yangasi ichkaridan uzatilgan ro‘molchani
yorug‘ga solib ko‘rdi, rangi o‘zgardi, biroq
buni yonidagilarga sezdirmadi.
– Mana inim, keliningiz bergan ro‘molcha.
Olib borib do‘ppingizni ustiga tashlab
qo‘ying. Uylanganingizda xotiningizga
berasiz, shundayligicha egasiga qaytaradi.
– Xafa bo‘lmay ketgin, o‘g‘lim, – ayasi uni
naq bekatga qadar kuzatib bordi.
– Qiziqmisiz, aya.
– Endi tez-tez kelib tur, nafaqamni yig‘ib
turaman.
Ayasi bilan xayrlashib avtobusga chiqqan
Husan boyadan beri kaftida qisib kelayotgan
ro‘molchani avtobus derazasidan uloqtirib
yengil tortdi.
Sentyabr oxirlarida paxtaga ketishdan oldin
ayasidan xabar olgani kelgan Husan uni
g‘oyat xomush holda ko‘rdi.
– Biron gap o‘tdimi?
– Tanlab-tanlab tozisiga uchradim shekilli,
bolam, kelin bir oy turmay ketib qoldi.
– Nimaga?
– Uyimiz eskiymish. Yangisini solib
bermagunimizcha kelmasmish.
– Arqonni uzunroq tashlab qo‘yavering-chi,
– maslahat berdi u.
* * *
ko‘rishmadi.
– Xotiningni do‘xtirlarga ko‘rsatgin, –
maslahat berdi ayasi.
– Ko‘rsatdim, aya, yo bola asrab olinglar, yo
ajrashinglar deyishyapti.
– Xotining biladimi?
– Yo‘q.
– Bildirmay yaxshi qipsan. O‘sha
do‘xtirlaring bekorlarni aytibdi. Xotining
bolali bo‘ladi. Tushimda Xo‘jayidod bobo
mozorini supirib yuribdi. Sen tilaklik
bo‘lmasang ham tilaklidan yaxshiroqsan.
Bolaligingda seni u yerga olib borib qozon
qaynatib kelardik. Endi yana boramiz.
Juma kuni sahar yo‘lga tushdilar. Bir tarafi
quyuq daraxtzor, bir tarafi ulkan tepalik
bo‘lgan mozordagi ko‘hna imorat ayvonida
o‘tirgan qariya ularni olisdan tanidi.
– Obdagulmisan? – deb so‘radi. – Bolalari
katta bo‘lib oyog‘ini tiyib oldi deb kecha
dilimdan o‘tkazgandim. Qizingmi, keliningmi,
shayxning mozorini tozalab yuribdi.
– Birga borib shayx mozori tepasiga
tizilishdi. Bobo duoga qo‘l ochdi. Boshqalar
qo‘shilishdi.
– Buni oldingizga ko‘p olib kelganman,
buvasi, – ga...ЕщёHusan uylandi. Uch yil o‘tsa ham farzand
ko‘rishmadi.
– Xotiningni do‘xtirlarga ko‘rsatgin, –
maslahat berdi ayasi.
– Ko‘rsatdim, aya, yo bola asrab olinglar, yo
ajrashinglar deyishyapti.
– Xotining biladimi?
– Yo‘q.
– Bildirmay yaxshi qipsan. O‘sha
do‘xtirlaring bekorlarni aytibdi. Xotining
bolali bo‘ladi. Tushimda Xo‘jayidod bobo
mozorini supirib yuribdi. Sen tilaklik
bo‘lmasang ham tilaklidan yaxshiroqsan.
Bolaligingda seni u yerga olib borib qozon
qaynatib kelardik. Endi yana boramiz.
Juma kuni sahar yo‘lga tushdilar. Bir tarafi
quyuq daraxtzor, bir tarafi ulkan tepalik
bo‘lgan mozordagi ko‘hna imorat ayvonida
o‘tirgan qariya ularni olisdan tanidi.
– Obdagulmisan? – deb so‘radi. – Bolalari
katta bo‘lib oyog‘ini tiyib oldi deb kecha
dilimdan o‘tkazgandim. Qizingmi, keliningmi,
shayxning mozorini tozalab yuribdi.
– Birga borib shayx mozori tepasiga
tizilishdi. Bobo duoga qo‘l ochdi. Boshqalar
qo‘shilishdi.
– Buni oldingizga ko‘p olib kelganman,
buvasi, – gap boshladi ayasi. – Duo qiling,
ota, shunga xudoyim qizmi, o‘g‘ilmi bir
farzand bersin, o‘ynoq¬latib oldingizga olib
kelaylik.
– Bobo tilovat boshladi. Ovozi mayin,
yoqimli edi. Husanning vujudi jimirlab ketdi.
Duodan so‘ng bobo kampirini yoniga
chaqirdi.
– Bor bisotingni ko‘r, bu qizingga atagan
narsa chiqib qolar.
– Ichkariga kirib ketgan kampir qo‘lida
ro‘mol va qiz bolaning ko‘ylakchasi bilan
chiqdi. Ro‘molni Saodatning boshiga soldi,
ko‘ylakchani qo‘liga tutqazdi.
– Qizim, bobongni tilaklari beiz ketmaydi.
Sandiqqa qo‘limni tiqsam, ilingani shu
bo‘ldi. Xudo xohlasa, farzandli bo‘lasan,
boshi qiz bo‘ladi-yov, qo‘limga ilinganidan
bildim.
* * *
Bir yil o‘tib xotini qiz ko‘rdi. Ayasi umri bino
bo‘lib kasalxona yuzini ko‘rmagan, dori
xidiga toqat qilolmasdi.
– Yuring, nabirangizni ko‘rsatib kelaman, –
dedi Husan.
– Ovsinlari yumma talar.
– Sezdirmaymiz, sekin taksida olib borib
kelaman.
Shunday qilishdi. Ayasi kelini ko‘tarib
chiqqan qizaloqni qo‘liga oldi, suydi, so‘ng
chaqaloqni Hasanning qo‘liga tutqazdi.
taniydi.
Kipriklari uzun, qoshlari qop-qora
qizaloqning nafas olgani sezilmasdi. Husan
cho‘ginqirab, andak entikish bilan qizini
qo‘liga oldi.
– Qarang, – kuldi Saodat. – Qosh-ko‘zlari
xuddi sizniki.
Qizaloq sergak tortdi, sizmi mening otam
deganday unga termuldi, so‘ng ohista
ko‘zlarini yumdi. Saodat mehr bilan eriga
qaradi-yu, shivirlaguday qaynonasidan
so‘radi:
– Ismini nima qo‘yamiz, oyi? O‘zingiz tanlab
bering.
Ayasi duoga qo‘l ochdi.
– Qiz bergan Xudo o‘g‘ilni ham beradi.
Farzandning boshi qiz bo‘lsa, davlat bo‘ladi.
Iloyo umri bilan bergan bo‘lsin. Keyingisi
o‘g‘il bo‘lsin. Yo‘q demasanglar, O‘g‘iloy
bo‘lsin!
Ayasini uyga kuzatgan Husan ishxonasida
qoldi. Oqshom uyga sarxush qaytdi. Ayasi
o‘choq boshida kuymalanar, negadir
Husanga ro‘baro‘ kelishdan qochardi.
O‘choq tomon borgan Husan ajabtovur
holning ustidan chiqdi. Ayasining yuzi
timdalangan, chuqur botgan tirnoq o‘rnida
qon qotib qolgandi.
– Qaysi biri?!...Ещё– Ol, ko‘r, qiz bola otasini bir ko‘rishda
taniydi.
Kipriklari uzun, qoshlari qop-qora
qizaloqning nafas olgani sezilmasdi. Husan
cho‘ginqirab, andak entikish bilan qizini
qo‘liga oldi.
– Qarang, – kuldi Saodat. – Qosh-ko‘zlari
xuddi sizniki.
Qizaloq sergak tortdi, sizmi mening otam
deganday unga termuldi, so‘ng ohista
ko‘zlarini yumdi. Saodat mehr bilan eriga
qaradi-yu, shivirlaguday qaynonasidan
so‘radi:
– Ismini nima qo‘yamiz, oyi? O‘zingiz tanlab
bering.
Ayasi duoga qo‘l ochdi.
– Qiz bergan Xudo o‘g‘ilni ham beradi.
Farzandning boshi qiz bo‘lsa, davlat bo‘ladi.
Iloyo umri bilan bergan bo‘lsin. Keyingisi
o‘g‘il bo‘lsin. Yo‘q demasanglar, O‘g‘iloy
bo‘lsin!
Ayasini uyga kuzatgan Husan ishxonasida
qoldi. Oqshom uyga sarxush qaytdi. Ayasi
o‘choq boshida kuymalanar, negadir
Husanga ro‘baro‘ kelishdan qochardi.
O‘choq tomon borgan Husan ajabtovur
holning ustidan chiqdi. Ayasining yuzi
timdalangan, chuqur botgan tirnoq o‘rnida
qon qotib qolgandi.
– Qaysi biri?! – qahr bilan so‘radi u.
– O‘tir, o‘g‘lim, mening o‘g‘lim bo‘lsang, jim
o‘tir, – yig‘lamsiradi ayasi.
Ayasining gapi tugamasdan ostonada
ukasining qorasi ko‘rindi. Daladan endi
qaytgan, hali etigini yechmagan ukasining
fe’li aynigani yuzidan bilinib turardi.
– Akamning xotinini ko‘rgani boribsiz-ku,
ona, o‘lib-po‘lib qolma¬dingizmi? – dedi u
olayib. – Nima qilardingiz borib, xotinga
meni tilimni qisib?
– Tilingni tiysang bo‘lardi, – Husan uni
murosaga boshladi.
– Siz aralashmang, men o‘zimni tuqqan
onam bilan gaplashayapman.
– Qizing eshigimda tug‘ilganida o‘la-o‘la
borardim, tug‘ilganini bilmasam, daragini
eshitmasam, nima deb boraman? – ayasi
o‘zini oqlashga tushdi.
– Ko‘ru karmidingiz?
– Yo‘qol! Bu yerdan qorangni o‘chir!
Husan g‘azab bilan o‘rnidan turdi-yu,
ukasiga qaramay ko‘ksini ushlagancha
kesilgan daraxtday yiqilayotgan ayasi tomon
chopdi. Ayasining gap-so‘zlarini yaxshi
anglab bo‘lmas, oyoq-qo‘li izmiga
bo‘ysunmas edi.
– Qimirlatmanglar, – maslahat berdi Husan
olib kelgan doktor. – Bu yog‘i endi
Xudodan.
Hafta o‘tmay ayasi og‘irlashdi.
– Ukangni chaqir, buyurdi akasi Husanga.
U o‘rnidan turgan edi, ayasi etagidan tutib
yoniga o‘tkizdi.
O‘g‘ilu kelinlar ko‘z urishtirib oldilar.
– Tuzalib olay, o‘zim bilaman, – dedi bazo‘r
ayasi, – tuzalmasam, rozi bo‘linglar.
U yana nimadir demoqchi edi, ulgurmadi,
so‘nggi so‘zi bo‘g‘zida qoldi.
Afsuski davomi yo'q.
nas'alulloha ta'ala an yujiba dua'ana.