TUSHKUNLIK... Yolg`izlikdan ko`p siqilaman, Siqilaman yolg`izligimdan, Kelishingni orzu qilaman, Ezilaman sensizligimdan. Bir boshimga son mingta sinov, Yuragimda shubha-yu so`rov, Holing ne deb so`ramas birov, Qiynalaman ojizligimdan. Dardni bergan davo ham berar, Balki bir kun baxtim ham kular, O`lsam menga ayt kim kuyunar?, Tun yig`laydi ma`yusligimdan. Yomon tushlar ta`biri ne`dir, Menga hayot kitobin keltir, Yashash og`ir, yuragim og`rir, Jim yig`layman holsizligimdan. Dilimda dard qoziqday go`yo, G`am daraxti o`siqday go`yo, To`rt tomonim to`siqday go`yo, Nur izlayman nursizligimdan. Tan olaman gunohlarim ko`p, Agar o`lsam meni kechir xo`p, Yuragimda hasrtim to`p-to`p, Sendan juda olisligimdan. Ko`zlaringga qarayolmayman, Gulbag`rimda asrayolmayman, Senga dardim ayta olmayman, Borolmayman yuzsizligimdan. Dunyo, Hayot beshigin tebrat, Sendan aslo xafamas Ahad, Sendan bitta o`tinchim faqat, Ayirmagin azizligimdan. Yolg`izlikdan ko`p siqilaman, Siqilaman yolg`izligimdan, Kelishingni orzu qilaman, Ezilaman sensizligimdan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев